Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
253
Gulbadan onasi Mohim begimga savol nazari bilan qaradi. Mohim «ha, ayt!» degandek 
bosh irg‘adi. Shunda Gulbadan qo‘lchalari bilan otasining bo‘ynidan quchdi-da: 
— Otajon! — deb uning yonog‘idan o‘pdi. 
Bobur ko‘pdan beri his qilmagan bolalarcha bir poklik va ma’sumlik borlig‘iga go‘yo nur 
bo‘lib taraldi. 
— Guli, — dedi Mohim begim, — endi hazrat otangga bitta hikoya aytib bergin. 
Gulbadan sekin otasining tizzasidan pastga tushdida, xuddi muallimga javob berayotgan 
talabadek tik turib, toshbaqa va chayon haqidagi mashhur hikoyatni aytib berdi. 
Xususan, toshbaqa chayonga yaxshilik qilib, uni daryodan o‘tkazib qo‘ymoqchi 
bo‘lganda, chayon unga zahar solishga tirishganini, so‘ng bu yomonligi uchun daryoga 
cho‘kib o‘lganini shunday kelishtirib aytdiki, Bobur zavq qilib kuldi-da: 
— Siz so‘zlab berganmidingiz? — deb Mohimdan so‘radi. 
— Yo‘q, o‘zi «To‘tinoma»ni bemalol fahmlab o‘qidi. Besh yoshga yetmay savod chiqargan 
qizchani men birinchi ko‘rishim. 
— Gulbadanga ko‘z tegmasin, zehnu muhofazasi benazir.
— Sa’diyning «Guliston»idan xiyla hikoyatlarni yod bilur. Ash’orga uncha o‘ch emas. 
Ammo nasriy hikoya xotirasiga so‘zma-so‘z naqshlanib qolur. Bog‘da, ko‘chada 
ko‘rganlarini ham kelishtirib hikoya qilur. Men o‘zimcha orzu qilurmenki, Gulbadan 
shoira bo‘lmasa ham hazrat otalarining nasrnavisligini meros olsa ne ajab? 
— O, nasr yozmoq uchun qanchalik ko‘p savdolarni boshdan kechirmoq kerak, Mohim! 
Gulbadan ota-onasining gaplariga yaxshi tushunayotganday sergaklanib quloq solmoqda 
edi. Uning katta-katta shahlo ko‘zlarida qandaydir umid, ayni vaqtda, xavotirlik borga 
o‘xshardi. Go‘yo uning otasidan kutgan umidlari puchga chiqsa ko‘ngli qattiq 
ozorlanishini sezib xavotirlanayotgandek ko‘rinardi. 
— Zukko qizim, hazrat onang sendagi ajib bir qobiliyatni yaxshi payqabdir. Agar Gulining 
nasrga ishqi zo‘r bo‘lsa, — deb Bobur Mohim begimga qarab davom etdi, — «Voqoi’»ning 
osonroq boblaridan beray, xattot qizchamizga bir nusxa ko‘chirib bersin. 
— Men ham sizdan shuni iltimos qilmoqchi edim. Guli turkiy tilni hazrat otalarining 
kitoblaridan o‘rgangani yaxshi. Men, ojizangiz, orzumandmenki, faqat Humoyundek 
o‘g‘illaringiz emas, Gulbadandek qizlaringiz ham tarixda sizga munosib nom qoldirsalar*. 
Bu so‘zlarning samimiyligini butun vujudi bilan sezgan Bobur noxosdan to‘lqinlanib ketdi. 
Mohim begim kundoshi Dildor og‘achaning bir emas, ikki farzandini shunchalik mehr 
bilan tarbiyalashi va ularning kelajagiga shu darajada jon kuydirishi uchun qancha katta 
bardosh, tantilik, bag‘ri kenglik kerak bo‘lganikin? Bobur yoshi qirqdan oshgan sari 
kelajak avlod haqida ko‘p o‘ylar, farzandlar, ayniqsa, shu yoshda odamning hayotida hal 
qiluvchi kuchlardan biriga aylanishini sezardi. Shu sababdan ham Mohim begimning 
birgina Humoyunni emas, mana, Hindol bilan Gulbadanni ham otalariga sadoqatli va 
mehr-oqibatli farzandlar qilib tarbiyalayotgani xotin kishining o‘z eriga qilishi mumkin 
bo‘lgan eng ulug‘ yaxshiligi ekanini hozir butun borlig‘i bilan his qildi. Bobur podshohlik 
udumiga yon berib, Mohim begimning ustiga yana ikki xotin olgan bo‘lsa ham Mohim 
buni bag‘rikenglik bilan kechirgani, yana o‘zini unga shunchalik fido qilayotgani — 
tengsiz bir muhabbat va sadoqatning nishonalari emasmi? 
Bobur tez o‘rnidan turib, ko‘rpachada o‘ltirgan Mohim begimning ustiga engashdi-yu, 
sochidan, peshonasidan, yuzidan o‘pa boshladi. 
— Mohim, siz mening benazir malagimsiz! — deb ehtiros bilan shivirladi: — Men shoh 
bo‘lsam ham ulug‘ qalbingiz o‘trusida qulmen! 
Mohim ham tez o‘rnidan ko‘tarildi. Gulbadan ota-onalariga iymanib qarab turganini 
ko‘rdi-yu, atrofga olazarak bo‘lib ko‘z tashladi. 
Robiya ularni xoli qoldirib ichkariga kirib ketgan. Savdarboshilar ham yo‘q. Bobur Mohim 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin