Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
— Ovoza tarqatishning eng afzal joyi bozor, — dedi.— Mening savdogar mijozlarim bor. 
— Ammo ovoza bizdan chiqqanini hech kim bilmasligi zarur! 
— Xotirjam bo‘lsinlar, janob Ahmadbek. Sir saqlashga qodirmiz... 
_______________ 
* Bu yerda gap o‘zbeklashgan mo‘g‘ullar haqida boradi.
* * * 
Andijon aholisi dushman qo‘shinlari yaqinlashib kelayotganini eshitib, shu kunlarda juda 
xavfsirab yurar edi. Shuning ustiga: «Podshoh jardan yiqilib o‘lganmish, shaharni bugun 
yog‘iy bosar emish, Bobur mirzo qo‘rqib qochganmish», degan ovoza tarqaldi. Andijon 
rastalaridagi va timning tagidagi do‘konlar savdo eng qizib turgan paytda birin-ketin 
yopila boshladi. Haligi ovozaning qayerdan chiqqanini hech kim aniq bilmas edi-yu, lekin 
xaloyiq unga bir-biridan vahimali tafsilotlar qo‘shar edi. Nihoyat, «Axsini ham yog‘iy 
bosganmish, yog‘iy podshoni jardan tashlab o‘ldirganmish», degan gaplar ham paydo 
bo‘ldi. Xaloyiq orasida yuradigan xufiyalar dahshatli mishmishlarni shahar hokimi — 
dorug‘aga yetkazish uchun arkka tomon shoshildilar. 
Bu orada Qosimbek Bobur mirzoning ustozi Xo‘ja Abdullani uyidan qidirib topgan, ular 
ikkovlashib arkdagi beklar oldiga chiqishgan edi. Xo‘ja Abdulla ham, beklar ham 
podshohning o‘limidan mutlaqo bexabar edilar. Bu xabarni Qosimbekdan eshitganlaridan 
keyin, urush xatari ko‘zlariga yanada tahlikali ko‘rindi, yomon o‘zgarishlar bo‘lishini 
sezishib, sarosima bo‘lib qolishdi. Shuning ustiga bozorda dallol bo‘lib yuradigan 
ishonch-li bir xufiya kelib, xunuk ovozalardan hammayoq to‘polon bo‘lib ketganini aytib 
berdi-yu, Uzun Hasan nomli novcha dorug‘a esankirab qoldi. 
— Bizdan omad ketdi, janoblar! — dedi yig‘lamsirab.— Tashqarida g‘anim. Ichkarida 
to‘polon. Bobur mirzo qo‘rg‘onga kirmay ketganlari bejiz emas! 
— Biz ham jon saqlash uchun har qayonga tarqab qochsakmikin? — kinoya bilan so‘radi 
Xo‘ja Abdulla. 
O‘zi ham, soqol-mo‘ylovi ham qop-qora Xo‘ja Abdulla katta olim bo‘lishidan tashqari, 
Andijon beklarining eng nufuzli piri hisoblanar edi. Bobur mirzo ham uni o‘ziga murshid 
sanab qo‘l bergan edi. Shuning uchun Uzun Hasan Xo‘ja Abdullaning kinoyasiga qarshi 
keskin javob bera olmadi. 
— Pirim, Bobur mirzo uzoqlashmasdan qaytarish zarur! — dedi Qosimbek. 
— Bobur mirzoning ko‘ngillari menga ayon, — dedi Xo‘ja Abdulla. — U oliy zot qo‘rqib 
qochgan emaslar. Beklarning sadoqatini bilmoq uchun shunday qilganlar. Bozordagi 
ovoza — fitnaning belgisi. Agar fitna bo‘lmasa, podshohning qazo qilganini bizdan oldin 
bo-zordagilar qanday bilmishlar? 
Uzun Hasan o‘zining aqli yetmagan bu mantiqli fikr-ga tan berdi. Boburning ko‘nglida 
nima borligini Xo‘ja Abdulla shu yerda turib bilganiga qoyil bo‘ldi. Xo‘ja Abdulla uning 
ko‘ziga chinakam avliyo bo‘lib ko‘rindi: 
— Pirimga hammasi ayon bo‘lgan ekan! — dedi u chuqur e’tiqod bilan. — Endi pirim 
nima desalar biz shunga shaymiz! 
— Menga ayon bo‘lgani shuki, — dedi Xo‘ja Abdulla ovozini pasaytirib, — agar bir tan-bir 
jon bo‘lib, Bobur mirzoga xizmat qilsak, hammamiz omon qolurmiz, hech qaysimizning 
bir mo‘yimiz kam bo‘lmag‘ay! 
Xo‘ja Abdullaning komil ishonch bilan aytgan bu so‘zlari Uzun Hasanni bir oz tahlikaga 
soldi. Agar ish Xo‘ja Abdulla aytganday bo‘lib chiqsa-yu, Bobur mirzo podshoh bo‘lsa... 
unda Uzun Hasanning bugungi ikkilanishlari qanday oqibatga olib keladi? Uning raqiblari 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin