Kutubxonasi


* * *  Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov  www.ziyouz.com



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə281/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   318
yulduzli tunlar

* * * 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
281
Nevarasi ketgandan keyin malika Bayda xastalik to‘shagini yig‘ishtirdi, ilgarigi fig‘on 
chekishlar va qarg‘ashlarni ham bas qildi. Uning fikru zikri — eng sadoqatli va tadbirkor 
odamlarini ishga solib, Boburni zaharlab o‘ldirishga qaratildi. Malikaning atrofida 
fotihlardan qasos olishga tashna odamlar ko‘p edi. Bobur askarlari bilan to‘qnashuvlarda 
birining akasi, birining inisi o‘lgan, biri ilgarigi makoni va mavqeidan ajralib xonavayron 
bo‘lgan... Malika ana shunday qasoskorlarning eng ishonchlilarini izlay boshladi. Bobur 
ishga olgan to‘rt oshpazdan birining yolg‘iz inisi Panipat jangida halok bo‘lgan edi. Malika 
zimdan surishtirib buni bilganda quvonib ketdi. Biroq o‘zi bu oshpaz bilan bevosita aloqa 
qilishni lozim topmadi. Chunki malikani hamma taniydi. Bobur odamlari sezib qolishlari 
mumkin. 
Ilgari sulton Ibrohimning saroyida bu oshpazlar bilan birga ishlagan va ularga qadrdon 
bo‘lib qolgan eng ishonchli odam — Atovaga ketib qolgan Ahmad choshnagir edi. Malika 
Agradan ancha uzoq bo‘lgan Atovaga maxsus odam yuborib, Ahmad choshnagirni o‘z 
huzuriga taklif qildi. 
Ahmad choshnagir Agradagi hovlisi va molu mulkidan ayrilib fotihlarga qarshi g‘azabga 
to‘lib yurar edi. Malika Bayda uni o‘z parganasiga ishga oldi, uy-joy va maosh berdi, 
so‘ng asta-sekin ko‘nglidagi niyatini aytdi. Ahmad choshnagir avval «uddalay 
olmayman» deb qo‘rqdi. Lekin malika unga dalda berdi, «inisi Panipatda o‘ldirilgan 
oshpaz bilan gaplashib bersang bo‘ldi, qolgan ishni o‘zimiz qilamiz», dedi. Ahmad 
choshnagir saroyga qanday kirishni bilmas edi. Buning yo‘lini ham malika o‘zi topdi. 
Malika Bayda nevarasidan xabar olish uchun saroyga borishi mumkin edi. Malika nafis 
shohi va parchalardan sovg‘alar tayyorlatdi, so‘ng bu sovg‘alarni Ahmad choshnagirga 
ko‘tartirib saroyga bordi... Malika podsho qabuliga kirib chiqquncha Ahmad choshnagir 
eski qadrdoni bo‘lgan o‘sha oshpazni topgan va u bilan ertasi kuni saroydan tashqarida 
uchrashishga kelishgan edi. Oradan bir haftacha o‘tgach, Ahmad choshnagir oshpaz 
bilan til biriktirganini malikaga kelib aytdi. 
— U ham kelgindilarni daf qilishning yo‘lini bilmay yurgan ekan. Podshohlari o‘lsa 
hammasi daf bo‘ladi deb ishontirdim! 
— Agar hamma ish o‘ylaganimizday bo‘lsa, otasining taxtini Bahodirjon oladi. O‘shanda 
sizga katta bir pargana beramiz. Oshpaz ham katta mukofot oladi. 
— Ilohim shu niyatimizga yetaylik! Vatanimiz berahm fotihlardan xalos bo‘lsin! 
— Omin! 
Ahmad choshnagirning saroy oshpazi bilan kelishuviga binoan, Boburning ovqatiga 
solinishi kerak bo‘lgan zaharni malika o‘zining eng ishonchli bir kanizidan berib yuborishi 
kerak edi. Endi ular mana shu nozik ishni qaysi kanizga topshirishni o‘ylay boshladilar... 
2 
Uch oydan beri muttasil ko‘tarilib borayotgan jazirama issiqlar hindcha ashora deb 
ataladigan to‘rtinchi oyga* kelib juda avjiga chiqib ketdi. Yomg‘ir faslining boshlanishiga 
hali salkam bir oy bor. To‘rt oydan beri nam ko‘rmay qurib yotgan yer issiqning zo‘ridan 
tars-tars yorilib ketgan. 
Jamna daryosining chap qirg‘og‘iga — ilgarigi tashlandiq yerlar va chakalakzorlar o‘rniga 
qurilayotgan Zarafshon bog‘ida hali soya joylar kam. Bobur qurilishni otliq aylanib ko‘rar 
ekan, uzangi temirining issig‘i etikdan o‘tib, oyog‘ini jizillatib uzib olayotganini sezadi. 
Oltin qoplangan egarning oftobda yaltirayotgan qoshini ushlaganda cho‘g‘ni ushlaganday 
bo‘lib, qo‘li kuyar edi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin