Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə290/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
290
Mavlono Fazliddin o‘ylanib turdi-yu: 
— Sizni bunga ishontirolmayman Bayju, — dedi.— Chunki podshohning joniga qasd 
qilgan odamlarni ayovsiz jazolash haqida farmon chiqarilgan. Bobur mirzo shu farmonga 
imzo chekkanlar. O‘zlari sohibdil shoir, ma’rifatlik inson bo‘lsalar ham podshohlik bilan 
fotihlik u kishini murakkab ziddiyatlarga duchor qilgan. O‘shanda La’l Chand uni askarlari 
bilan adashtirib, yo‘q qilib yubormoqchi bo‘lgani esiga tushsa, qahr ustida qatl ettirib 
yuborishi mumkin. 
— Bu rost, — dedi Tohir tog‘asining so‘zini ma’qullab, — Hatto men... endi saroyga 
xizmatga qaytishdan cho‘chiymen. Bobur mirzoni chin dildan yaxshi ko‘rsam ham uning 
shafqatsiz muhitidan uzoqroq yurgim keladi. 
— Undoq bo‘lsa, endi mening akam najotni faqat sizdan kutadi, mavlono Fazliddin! 
— Men unga qo‘limdan kelgan yaxshilikni qilishga tayyormen. Kelgusi juma Dehalpurga 
kelsin. Faqat... o‘zini... Sizning nomingiz bilan atasin. Iloji bo‘lsa qiyofasini sal 
o‘zgartirsin. 
— Akamning o‘zi ham soch-soqol o‘stirib, tanish qiyin bo‘lgan qiyofaga kirgan. 
— Juda soz. Balodan hazar deydilar. Fili bilan qurilishda ishlab o‘zini o‘nglab olsin, 
so‘ngra yana kengashib ko‘rurmiz! 
Tabib Bayju akasi La’l Chandni kelgusi haftada Dehalpurga mavlono Fazliddin oldiga 
yuboradigan bo‘lib ketdi. 
4 
Agrada sershamol yomg‘ir fasli boshlangan saraton kunlarining birida Tohir saroyga — 
Boburning huzuriga keldi. 
Devoni xosning marmar ayvonida o‘tirgan Bobur uni zo‘rg‘a tanidi — Tohirning soch-
soqoli oqarib ketgan. Yuzidagi chandiqdan tashqari, engagi aralash bo‘yniga go‘yo katta 
bir yamoq tushgan. 
— Xayriyat, tuzalib ketibsiz, — deb Bobur uning ko‘nglini ko‘taradigan gap izladi. 
— Ha, mulla tog‘am jonimga ora kirdilar... 
Endi qalay, avvalgi xizmatga qaytmoqchimisiz? 
Tohirning o‘ng qo‘li zaif, bo‘yni ham durust qayrilmaydigan bo‘lib qolgan, yon-veriga 
qaramoqchi bo‘lsa, butun gavdasini burib qarar edi. 
— Men endi qo‘rchilikka yaramasmen. 
— Bo‘lmasa ichki beklar qatorida yuravering. 
— Lekin men beklikni eplolmadim... Panipatda o‘zimdan o‘tdi. 
— Nechun? 
Tohir jang bo‘ladigan kuni azonda qanday sabuhiy qilganini, otdan qanday yiqilganini va 
qadrdon navkarini qanday shafqatsizlarcha urganini bir-bir aytib ber-di. 
— Bek bo‘ldim, deb mag‘rurlanib zolim bo‘lib ketgan ekanmen. O‘lim to‘shagida yotib 
o‘zimni tanidim. Menga beklik... to‘g‘ri kelmas ekan, hazratim. O‘zim ham endi mayib 
odammen. Ijozat bering, mulla tog‘am tarhini chizgan bog‘da suvchimi, gulchimi bo‘lib 
qolay... Bir vaqtlar Quvada kichkina bog‘chamizdagi dov-daraxtlarni sug‘orishni yaxshi 
ko‘rar edim... 
Bobur ayvonning jimjimalik marmar ustunlari ortidan suzib o‘tayotgan yomg‘ir 
bulutlariga tikilib og‘ir xo‘rsindi. U Tohirga yaxshilik qilmoqchi bo‘lib beklik unvonini 
bergani oxir-oqibatda yomonlik bo‘lib chiqqan edi. 
— Siz-ku, beklarning kasofat muhitidan suvchi bo‘lib qutulmoqchisiz. Lekin men qandoq 
qutulgaymen? 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin