Kutubxonasi


SEKRI  QAYTA KO‘Z OCHGAN BULOQ



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə298/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   318
yulduzli tunlar

SEKRI 
QAYTA KO‘Z OCHGAN BULOQ 
1 
Boburning maxsus taklifi bilan Hirotdan Agraga kelayotgan mavlono Xondamir, shoir 
Shihob Muammiy va mudarris Ibrohim Qonuniy uch oyga yaqin yo‘l yurdilar. 
Badvahima Xaybar dovonidan o‘tib, sersuv Sind daryosidan kechib, changalzor 
o‘rmonlarni oralab borar ekanlar, mavlono Xondamir olamning naqadar ulkanligini endi 
birinchi marta astoydil his qildi. Haftalar, oylar davomida otliq safar qilib oxiriga yetib 
bo‘lmaydigan bag‘ri keng o‘lkalar hammasi endi yaxlit bir davlat bo‘lib birlashganligi, 
Balxdan Kobulgacha, undan Laxo‘r va Dehligacha hamma joyda Boburning muhri 
bosilgan farmonini beto‘xtov ado etishlaridan sezilar edi. Bu farmonga muvofiq Xuroson 
va Movarounnahrdan Boburning taklifi bilan kelayotgan ilmu san’at ahlini, 
hunarpeshalarni barcha viloyat hokimlari, barcha qo‘riqchi askarlar va bekat 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
298
nazoratchilari qo‘shni davlat elchilariga ko‘rsatiladigan izzat-ikrom bilan kutib olib, 
kuzatib qo‘yishlari kerak edi. Yo‘llarda hali qaroqchilar tugatilmagan, tartib o‘rnatilmagan 
notinch shahar va qishloqlar bor edi. Xondamir va uning hamrohlarini bunday joylardan 
«badraqa» deb ataladigan ikki yuz-uch yuz kishilik qo‘riqchi askarlar o‘tkazib qo‘yishardi. 
Karvonsaroylarda ham ularni «podshohning xos mehmonlari» deyishib, eng yaxshi 
xonalarga joylashtirishar, qo‘llaridagi qog‘ozlariga binoan kundalik taomlari uchun bepul 
guruch, go‘sht, yog‘ berishar, tag‘in mayda xarajatlari uchun maxsus ulufa ham 
to‘lashardi. Charchagan ot-ulovlarini almashtirishlari kerak bo‘lib qolsa, yomchilar 
boquvdagi ot-ulovlaridan ularga birinchi navbatda berishar edi. Kobuldan Dehligacha 
bo‘lgan minglab chaqirim yo‘l bo‘yidagi karvonsaroylar va yomlar Boburning harakatlari 
bilan shunchalik obod va shunchalik yaxshi ishlab turar edi. 
Xondamir yo‘llarda, bekatlarda Hindistonga borib kelayotgan elchilar, sayyohlar va 
savdogarlarni ko‘p uchratardi. Bultur Agradan ellik chaqirimcha g‘arbdagi Sekri degan 
joyda Bobur Rano Sango bilan urushib, Panipatdagidan ham ulkanroq g‘alabaga 
erishgandan keyin uni astoydil tan olib, elchi yubora boshlagan podshohlar ko‘payib 
qolgan edi. Xondamir Laxo‘rda uchratgan qizilboshlarning elchisi Shoh Taxmasi I* 
nomidan g‘alati sovg‘alar olib bormoqda edilar. Bu sovg‘alar orasida oq tuyaning zar 
uqali kajavasida parvarishlab olib ketilayotgan ikkita go‘zal cherkas qizi ham bor edi. 
Shoh Taxmasi bu qizlarni Boburning haramiga atab yuborgan edi. 
Xondamir Dehlidan shimolroqdagi bir bekatda samarqandlik va toshkentlik elchilarni 
ham uchratdi. Sekridagi g‘alabaning shuhrati atrof mamlakatlarga yoyilganidan keyin 
Bobur Hindistonda tuzgan yangi davlatni uning ashaddiy dushmanlari bo‘lgan 
shayboniyzo-dalar ham tan olgan edilar. Hozir Samarqand taxtida o‘ltirgan 
Ko‘chkinchixonning elchisi Boburga Samarqandning soyaki mayizlaridan, Konibodomning 
subhoni o‘riklaridan, Buxoroning o‘tkir maylaridan, Movarounnahrning boshqa noyob 
ne’matlaridan yetti tuyaga sovg‘a-salom yuklab, yoniga ikki yuzta yaxshi otni ham tortiq 
qilib qo‘shib keltirgan edi. Bobur bu elchini o‘zining Jamna bo‘yida qurdirgan yangi Hasht 
Bihisht bog‘ida xonlar o‘tiradigan oq kigiz ustiga o‘tqazib, kamoli ehtirom bilan qabul 
qilgan edi. Boburning qabulidan va sovg‘a-salomlaridan mamnun bo‘lib qaytayotgan xon 
elchisi Xondamirga maqtandi: 
— E, mavlono, biz Hindistonda ko‘rgan xirmon-xirmon oltinlarni hali hech kim 
ko‘rmagandir. Bobur mirzo quyma oltindan qilingan taxtda o‘ltiribdir. Taxtning pastiga 
katta gilam to‘shalgan ekan. Viloyat hokimlari har yili beradigan oltinlarini shu gilamning 
ustiga keltirib to‘kdilar. Birpasda oltindan katta xirmon ko‘tarildi. 
Bobur shayboniyzodalarning oltinga suq odamlar ekanini bilgani uchun elchining ko‘zi 
oldida ataylab shunday xirmon ko‘targanini Xondamir ich-ichidan sezib kuldi: 
— Janob elchi bu xirmondan kapsan olmadilarmi? 
— Podshoh bizga qimmatbaho sarupolar kiydirdi. Gilam ustidagi oltindan hazrat 
Ko‘chkinchixonga atab sovg‘a berildi. Oltin tangalarni sanab ham o‘ltirmadilar. Ikki yuz 
ellik misqolni bir kumush tosh bilan tortib berdilar — qo‘ydilar. 
— Ikki orada biron shartnoma tuzildimi? 
— Ha, bemalol bordi-keldi qiladigan bo‘ldik. Savdo-sotiq tiklandi. Aloqalar ilgarigidan 
yaxshiroq ravnaq topg‘usidir. Biz bulardan ipak, ziravor olurmiz. Bularga ho‘lu quruq 
mevalar, ot-ulovlar soturmiz... Yo‘li uzoq bo‘lsa ham korvonlarimiz ishtiyoq bilan kelib 
ketadi. Chunki Bobur mirzo butun qalamravida tamg‘a* solig‘ini bekor qilmishlar. 
O‘zbek, turkman, tojik, hind, arab, ajam, fors — qo‘yingki, hamma bani bashar* bu og‘ir 
soliqdan xalos bo‘lib, daromadlari oshibdi. Hunarmandu savdogarlar ham shunisidan 
juda mamnun. Faqat Bobur podshoning bir amri bizga ma’qul kelmadi. 
— Qaysi amri? — qiziqib so‘radi Xondamir. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin