Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə304/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
304
chuqur o‘rniga obod bir manzilu marmar voyin qurdirgaymiz. Niyat qilaylikki, voyin 
zilolday buloq suviga to‘lib tursin. Voyin bo‘yiga xayr-ehson uyi barpo etaylik. Toki bu 
uyda ichkulik bazmlarining sarfu xarajatini, oltinu nuqra surohiylar pulini muhtojlarga 
xayru ehson qilib ulashsinlar. Shu ezgu niyat yo‘lida kimki menga hamdamu maslakdosh 
bo‘lsa mayni to‘ksin, sindirsin mayxo‘rlik olotini! 
Bobur Humoyunga bir qarab oldi. Bu qarashning ma’nosini sezgan Humoyun: 
— Hazrat otajon, men doim sizdan ibrat olishga o‘rganmishmen, — dedi. — Daf bo‘lsin 
mayu surohiy! 
Humoyun mayni chuqurga sepdi-yu, oltin surohiyni xarsangga urib sindirdi. Undan so‘ng 
Askariy, Tohir, Hindubek... bir necha soat ichida uch yuzga yaqin beku mulozim qo‘lidagi 
qadahini xarsangga urib, may ichishdan tavba qildi. Bu hodisa o‘sha kuni qarorgohdagi 
o‘n ming jangchining hammasiga ma’lum qilindi. Boburning hayot-mamot jangi oldidan 
chiqargan farmonida: 
— O‘z nafsini yenggan odamlar har qanday yog‘iyni yengishga qodirdirlar! — degan 
so‘zlar maxsus ta’kidlandi va buni isbot etadigan misollar muqaddas kitoblardan ham 
keltirildi. 
Bu hammasi qo‘shin orasida tarqalgan vahimani bosishga va odamlarning ruhini 
ko‘tarishga yordam berdi. Boshqa muammolar jang maydonida hal bo‘ldi. 
Zambaraklar yovning harbiy fillariga olovli o‘qlar otdilar. Zambarak o‘qlari kigiz 
parchalariga o‘ralgan edi. Borutdan o‘t olgan kigiz parchalari fillarning ustiga olov bo‘lib 
yog‘ilardi. Olovdan cho‘chigan yov fillari bo‘kirib orqaga qaytar va izma-iz kelayotgan 
otlig‘u piyodalarni bosib-yanchib qochib qolardi. 
Lekin Rano Sangramning qo‘shini behisob ko‘p edi. 
Erta tongdan boshlangan jang kechgacha davom etdi. Boburning o‘zi og‘ir ahvol yuz 
bergan joylarga ot choptirib borardi. U zaxiradagi kuchlar yordamida yovning eng xatarli 
hujumlarini bir necha marta qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Humoyun o‘ng qanotdan, 
Askariy chap qanotdan yov askarlariga ustma-ust zarbalar berdi. Kechki payt Boburning 
buyrug‘i bilan Turdibek Turkistoniy chopqir otlarda yovning har ikki qanotini aylanib 
o‘tdi-da, to‘lg‘ama ishlatib, orqadan qaqshatqich zarba berdi. 
Olov halqasi ichida qolgan Rano Sangramning ko‘ziga o‘q tegdi, bir ko‘zi ko‘rmay qoldi. 
Shunda rajput soqchilari uni jang maydonidan olib chiqib qochdilar... 
G‘alabadan so‘ng o‘sha chuqur o‘rniga marmar voyin, uning yoniga xayr-ehson uyi 
qurildi. Xarsangga urib sindirilgan oltin-kumush surohiylar puli bevayu yetimlarga, 
g‘aribu muhtojlarga ulashildi... 
Keyinchalik Bobur Rano Sangram Sinxning bir ko‘zi oqib tushganini, o‘zi mag‘lubiyat 
alamidan og‘ir kasalga uchrab yotib qolganini eshitdi. Hozir buni Xondamirga so‘zlab 
bergach: 
— G‘ayridinlar uchun ham xudo bor ekan! — dedi.— Rano Sangram biz bilan ittifoq 
tuzgan edi. So‘zidan qaytib, ahdini buzganlarga xudo o‘zi jazo berarkan! «Vaqoi’»ning 
maxsus bobida muhoribaning barcha tafsilotlarini yozmishmen. Xattot kitobning tayyor 
qism-lari bilan birga shu bobni ham bugun ko‘chirib bo‘lgay. Oqshom hammasini sizga 
berurmen, mavlono. O‘qib fikr aytursiz. 
Boya javobsiz qolgan iltimosiga endi javob olgan Xondamir qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi: 
— Siz menga tengsiz bir ishonch bildirursiz, hazratim! 
— Sizni Hirotdan chorlab keltirishdan maqsad ham ijodiy ishlar bo‘yicha maslahatingizni 
olmoq edi. 
— Sarafrozmen! 
Shu payt ot dupuri eshitildi. Yo‘lka oxirida uzoqdan ot choptirib kelgan chopar sakrab 
yerga tushdi va ta’zim bilan Bobur tomonga kela boshladi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin