Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
54
— Amirzodam, bugun otliq sayrga chiqmoqchi edingiz, xonim hazratlarining takliflarini 
barcha beklar bilan kengashib ko‘rurmiz. Oqshom xirgohda mashvarat o‘tkazaylik. 
Xonzoda begim onasiga «yalt» etib qaradi-yu: «Hozir birgina Qosimbekka o‘tkaza 
olmagan takliflarimizni keyin barcha beklarga qandoq o‘tkazurmiz?» demoqchi bo‘ldi. 
Qutlug‘ Nigor xonim Boburga yana nimalarnidir aytmoqchi bo‘lib og‘iz juftladi. Ammo 
Bobur Qosimbekka qarab: 
— Mashvarat ertaga chaqirilsin, yaxshiroq o‘ylab ko‘raylik, — dedi-da, o‘rnidan turdi. 
So‘ng Qosimbek boshliq mulozimlari bilan otliq sayrga chiqib ketdi. 
_______________ 
* O‘ r ch i n — hozirgi tuman tushunchasiga to‘g‘ri keladi. 
* M i z — olti oyoqlik stolcha. 
* Milodiy 1497-yil. 
* S a k a r l o t ch a k m a n — tuya junidan qilingan yengil, qimmatbaho chakmon. 
* M u s o h i b i — yaqin suhbatdoshi, do‘sti.
5 
O‘shning janubidagi keng tekisliklar, to‘lqinsimon qir va adirlar turli-tuman dala gullari 
bilan bezangan. Sap-sariq qoqilar, ko‘k-qizg‘ish naxo‘taklar, nopormon er-baholar 
orasida uzoqdan qip-qizil gilamga o‘xshab ko‘zga tashlanadigan — qiyg‘os ochilgan 
lolaqizg‘aldoqlar edi. 
Bobur olisdagi qorli tog‘larga qarab borar ekan, tizzaga chiqadigan yumshoq ko‘kat 
ustida otlar ham ma-yin qadam tashlab borayotganini sezardi. Bahor nafosati hozir 
uning ko‘zini erkalayotgan bo‘lsa ham, ammo diliga ta’sir qilolmas edi. Boyagi mushkul 
ziddiyatlar hali ham xayolini band qilib, ko‘nglida tugun bo‘lib turibdi. Bobur bu chigal 
tugunlarni o‘zi yecholmasligini sezadi. Bu tugunlarni u istaganday yechib bera oladigan 
dono odam bormikin? Uning esiga ustozi Xo‘ja Abdulla tushdi. Betob bo‘lib O‘shga birga 
kelolmagan Xo‘ja Abdulla ham Boburning Samarqandga qo‘shin tortib borishiga tarafdor 
edi. «Movarounnahrdagi parokandalikni tugatib, qudratli davlat tuzmaguncha katta 
orzularimiz ro‘yobga chiqmagay!» — degan so‘zlarni Bobur ustozidan ham ko‘p eshitgan. 
Ammo buning uchun yana urushish kerak. Urushga esa onasi qarshi. Kim haq? Bobur bu 
savolga javob topolmaydi. 
Otliqlar uzun bir tepalikka ko‘tarilganlarida Qosimbek tog‘ tomonni ko‘rsatib: 
— Suruvlar bu qadar ko‘p? — deb taajjub bildirdi. 
Bobur u ko‘rsatgan tomonga ko‘z yugurtirdi. Qir va adirlarning har biridan bir nechtadan 
suruvlar yopirilib tushib kelmoqda edi. Xo‘ja Kalon degan yigirma besh yoshli qop-qora 
bek qo‘lini peshonasiga soyabon qilib kunbotish tomonga qaradi-yu:
— O‘-ho‘-o‘! — dedi. — Bu tomonda undan ham ko‘p! 
— Kunchiqish tomonda ham bor! 
Suruvlar g‘uj-g‘uj kelayotganiga qaraganda, yoyilib yurgan qo‘ylar emas. Ana, to‘g‘ridagi 
qirlar ortidan yana ikki suruv chiqib keldi. So‘ng uzoqdagi adirlar orasidan birin-ketin
uch tavila yilqi otilib chiqdi-yu, berigi tomonga qarab selday bostirib kela boshladi. 
Chap tomonda yana uch-to‘rt tavila yilqi ko‘rindi. 
Yilqilar ham, qo‘y suruvlari ham uzoqdagi qorli tog‘lardan O‘shga qarab kelmoqda edilar. 
Nihoyat, tog‘ tomondan tizilib tushib kelayotgan otliq askarlar ko‘rindi. 
Shunda Bobur tog‘larga qo‘y va yilqi undirish uchun uch yuz askar bilan chopqinga 
ketgan Ahmad Tanbalni esladi. Qosimbek quvonib: 
— Azamatlarning o‘ljasi juda ulug‘-ku! — dedi. 
Xo‘ja Kalon ham hayajonlanib: 
— Beadad! — deb xitob qildi. — Bahodirona o‘lja! 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin