Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
79
ko‘kragiga qadaldi. Bechora yigitni ushlab qolishga ulgurolmadilar— narvon bilan birga 
qal’adan tashqariga uchib ketdi. 
Shinak atrofiga qirrali toshlar tayyorlab qo‘yilgan edi. Xonzoda begim shu toshlardan 
birini ikki qo‘llab oldi-yu, pastga otdi. Boshqa navkarlar ham narvon qo‘yilgan joyning 
pastini mo‘ljallab tosh ota boshladi. Pastda eshitilgan dod-voylar va ingrashlarga 
qaraganda, bu toshlar mo‘ljalga tegmoqda edi. 
Shu payt qal’aning narigi chetida — Xakan darvozasi tomonda qo‘shkarnaylarning g‘at-
g‘ati, tabl va naqora tovushlari, allakimlarning g‘olibona qichqiriqlari eshitildi. Mavlono 
Fazliddin shovqin kelayotgan tomonga quloq solib turib qo‘rqib ketdi. Bu galgi g‘avg‘o 
shahar ichida ko‘tarilmoqda edi. 
— Begim, quloq soling! Yog‘iy qal’aga kirganmi? 
Shahar ichidan bu tomonga yopirilib kelayotgan shovqindan Xonzoda begim ham 
seskanib ketdi. Pastdan No‘yon Ko‘kaldosh jon-jahdi bilan qichqirdi: 
— Begim, xiyonatchilar Xakan darvozasini yog‘iyga ochib bermishlar. Tezroq arkka 
qayting! Arkka! 
No‘yon ot choptirgancha Mirzo darvozasi tomonga o‘tib ketdi. Xonzoda begim 
zinapoyadan pastga chopib tushar ekan, mavlono Fazliddin qo‘lidagi mash’ala bilan 
uning izidan yugurdi. Otga minganlaridan keyin Xonzoda begim: 
— Mash’alani tashlang! — deb buyurdi. 
Mash’ala mavlononi yov o‘qiga nishon qilib berishi mumkin edi. Mavlono Fazliddin yonib 
turgan mash’alani yerga tashladi-yu, begim bilan birga arkka qarab ot choptirib ketdi. 
Ammo ular arkka yaqinlashganlarida bir necha yuz otliqlar oldilaridan qirqib chiqdilar va 
darvoza yo‘lini to‘sib qo‘ydilar. Qurolli otliqlar orasida mash’ala ko‘targan navkarlar ham 
bor edi. Mash’ala yorug‘ida beliga oltin kamar bog‘lagan, dubulg‘a va jiba kiygan Ahmad 
Tanbal ko‘rindi-yu, mavlono Fazliddinning borlig‘i muzlab ketganday bo‘ldi. Tanbalning 
qo‘shini Xonzoda begimni va uning navkarlarini darhol qurshovga oldi. Ahmad Tanbal 
yonidagi navkarga sho‘x tovush bilan gapirdi: 
— Mash’alani yaqinroq tut! Ie, Xonzoda begimmilar? Ko‘zlarimga ishonmaymen! Begim, 
bu ne hol? Nechun mardona kiyim kiyibsiz? 
— Nomardlar ko‘payib ketgani uchun mardona ki-yindim! 
Tanbal bu istehzoni o‘ziga olgisi kelmay kuldi: 
— Qo‘rg‘onda mardlar qolmagan bo‘lsa, mana, biz keldik, begim! 
Tanbalning ketida turgan Uzun Hasan bu gapni yoqtirib xaxoladi. Mash’ala yorug‘i beklar 
orasida ayanchli kulimsirab turgan ko‘sanamo Ali Do‘stbekka tushdi. Bobur Andijonni 
mana shu odamga ishonib topshirib ketgan edi. Ali Do‘stbek esa Boburni o‘lim to‘shagida 
yotipti, deb eshitib undan umidini uzgan edi. Boya Tanbalning qo‘shini Mirzo 
darvozasining oldida jo‘rttaga g‘avg‘o ko‘targan, devorga narvon qo‘yib chiqmoqchi 
bo‘lganlar ham himoyachilarni ataylab chal-g‘itgan edi. Ahmad Tanbal bilan til biriktirgan 
Ali Do‘stbek bugun mana shu to‘polon paytida qal’aning narigi chetidagi Xakan 
darvozasini yovga sekingina ochib bergan edi. Xonzoda begim buni endi fahmladiyu
Do‘stbek bilan Ahmad Tanbalga nafrati oshib, jirkanib ko‘z tashladi: 
— Sizlarmi mardlar?! Sizlar uchun mardlik bilan xoinlikning farqi qolmadimi?! Kechagina 
Bobur mirzoga sodiqmiz, deb qasamyod etganlar bugun unga shunchalar yomonlik 
qilmoqdasiz! Men aminmen: ertaga siz Jahongir mirzoga ham xiyonat qilursiz! 
Ahmad Tanbal qilichining sopini changallab: 
— Haddingizdan oshmang, begim! — dedi. — Bobur mirzo adolatsizlik qildi. Samarqand 
olingandan keyin Andijon Jahongir mirzoga berilmog‘i kerak edi. Bobur mirzo bermadi! 
Biz adolat uchun jang qilib, mana bugun g‘alabaga erishdik! Ammo siz sharmu hayoni 
unutib, nechun bizni bunchalik haqorat qilmoqdasiz? Shoh qiziga yarashmaydigan bu 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin