Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
107
kelinchakning boshqa pardozlari endi tugaganda kanizlardan biri quvonib shivirladi: 
— Keldilar! 
Ayvonda boshiga oltin jig‘a kiygan Bobur ko‘rindi. 
So‘nggi yillarning tinimsiz olishuvlari uni xiyla pishitgan. Yelkalari to‘lishib, o‘n sakkiz 
yoshli durkun yigitga aylangan. 
Xobgoh oldida Boburni ta’zim bilan kutib olgan o‘n olti yoshli Oyisha begim kuyovga 
nisbatan kichkinagina, ingichkagina ko‘rinadi. Uning boshiga kiygan serbezak baland 
toqisi, bo‘yniga taqilgan zebigardon va marjonlar nozik qomatiga og‘irlik qilayotgandek 
tuyuladi. 
Kanizlar ta’zim qila-qila chiqib ketdilar. Bobur ulardan ba’zilarining ko‘zlari sho‘x 
chaqnaganini payqab, o‘ng‘aysizlanadi. Kuyov haramda tunaydigan tunni kanizlaru 
savdarlar oldindan bilib, maxsus tayyorgarlik ko‘rishi, xobgohga shuncha odamning 
kirib-chiqishi unga noxush tuyuladi. 
Buning ustiga Oyisha begim haddan ortiq uyatchan. U Boburni: 
— Marhabo, hazratim! — deb to‘rga taklif qilganda ovozi hayodan titrab, zo‘rg‘a eshitildi. 
Uyning to‘rida — harir parda ortida ikki kishilik baland to‘shak bor. Oyisha begimning 
uyatchanligi Boburni battar o‘ng‘aysizlantirdi. U yuqoriga o‘tib o‘tirayotganda to‘rdagi 
to‘shakka qaramaslikka tirishdi. Ko‘zini dasturxonga tikib: 
— Xushvaqt yuribsizmi, begim? — deb so‘rashdi. 
— Shukr. 
Oyisha begim azbaroyi tortinganidan dasturxonning Boburdan eng uzoq chetiga o‘tirdi. 
So‘ngra oraga noqulay jimlik cho‘kdi. 
Oyisha begim xushsurat bo‘lsa ham, hali yetilmagan norasida qiz edi. Ota-onasidan erta 
ajralgan bu qiz ko‘p kasalga chalinib ozib ketgan. 
Bir vaqtlar Bobur uni ko‘rmasdan oldin xayolida tasavvur etib yurgan afsonaviy parizod 
butunlay boshqa edi. Xayol bilan hayot orasidagi farq qanchalik katta bo‘lishini Bobur 
endi bildi. 
Urf-odatga binoan ular bir-birlarini to‘ydan so‘ng go‘shangada birinchi marta ko‘rdilar. 
Ular hali biror marta hamsuhbat bo‘lmaslaridan va ruhan yaqinlashishga ulgurmaslaridan 
oldin boshlangan jismoniy yaqinlik Boburga uyat ishdek tuyular va uning ilgarigi musaffo 
tuyg‘ularini poymol qilayotganday bo‘lardi. Shuning uchun kechalari davlat ishlari bilan 
bo‘lib, ko‘pincha o‘zining xobgohida tunab qolardi... Hukmdorlik udumiga binoan uning 
faqat ba’zi tunlarni xotini bilan o‘tkazishi rasm-rusumga xilof hisoblanmas, Boburning 
otasi Umarshayx mirzo ham shunday qilardi. Lekin yosh kelin-kuyov orasida avvalgi 
xayoliy orzu bilan hozirgi ahvolning keskin farqidan kelib chiqqan noxush bir 
murakkablik borligini Oyisha begim ham payqar va o‘zini Boburga nomunosib sezib ich-
ichidan iztirob chekardi. 
Oyisha begim oraga tushgan noqulay jimlikda qirmizi choynakdan piyolaga choy quyib, 
tavoze bilan Boburga uzatdi. 
Bobur piyolani olayotganda Oyisha begimning hali uncha to‘lishmagan ozg‘in qo‘llari 
titrab ketganini ko‘rdi. 
— Rahmat, — deganda unga o‘z ovozi ham gunohkorona tovlanib eshitildi. 
Bobur bir vaqtlar xayolida ardoqlab, oyog‘iga bosh qo‘ygisi kelib g‘azal yozgan qallig‘ini 
endi bunchalik uyaltirayotgani uchun o‘zini ham gunohkor sezardi. 
Choshnagir ayol chinni laganda zira hidi kelayotgan kabob ko‘tarib kirdi. Yoshi ellikka 
borgan bo‘lsa ham durrani chakkasiga qiya qilib o‘ragan bu shaddod ayol kuyov-
kelindagi uyatchanlikni sezib, hazil qildi: 
— Amirzodam, yigit kishi yosh kelinchakni gapga solib o‘tirishi kerak emasmi? Qiziq-
qiziq hangomalardan so‘zlab bering. Samarqanddan elchilar kelgan emish. Qanday 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin