Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
129
murdasi yotipti. Yuqorigi qavatdan ayollarning yig‘i-sig‘isi eshitildi. Fozil tarxonning 
xotinlari erlari uchun aza ochgan, ba’zilari boylik to‘la sandiqlardan ajralayotganlari 
uchun ham dodlashar, ba’zilari esa yovdan qo‘rqib yig‘lashar edi. 
Tohir pastki qavatdagi ochiq eshiklarga bosh tiqib qaradi. Hech kim yo‘q. Faqat 
ayollarning kiyimlariyu bezaklari turibdi. Bu tarxonning nechta xotini bo‘lganikin? Robiya 
shunga tushgan bo‘lsa, uni ham xotin qilib olganmikin? Tohirning xayoliga to‘satdan 
kelgan bu fikr qalbini o‘rtab o‘tdi. U ayvondan pastga sakrab tushib, hovlining o‘rtasiga 
keldi-yu, yuqorida yig‘layotgan ayollarga qarata qichqirdi: 
— Hey, Robiya bormi? Robi-ya! Quvalik Robiya shu yerda bormi? 
Xotinlarning yig‘isi birdan tindi. Yuqoridagi qavatning ayvonidan yashil durrali bir 
juvonning boshi ko‘rindi. Uning qosh-ko‘zi Robiyanikiga o‘xshardi. Tohir yuqoriga 
talpinib, qaltirab: 
— Robiya! — dedi. — Robiya! 
Yashil durrali juvon uni ko‘rdi-yu, o‘zini orqaga oldi, so‘ng yana ayvon chetiga chopib 
keldi. Tohir endi uning baxmal nimchasini, bo‘ynidagi marjonlarini ham ko‘rdi. Juvonga 
yigitning tovushi tanish tuyular, ammo qilich va xanjar taqqan, yuzida katta chandig‘i 
bor, soqol-mo‘ylovi o‘siq bahaybat navkar uning vahmini keltirardi. Juvon aldanishdan 
qo‘rqib, yana orqaga qochdi. Tohir yuqorigi qavatga qarab chopdi, ammo sarosima 
bo‘lganidan, ayvon chetidagi zinapoyani topolmadi. Negadir o‘pkasi to‘lib ko‘ziga yosh 
keldi: 
— Robiya, men Tohirmen! Tohir! 
Yuqoridan juvonning chinqirig‘i eshitildi: 
— Tohir og‘a! 
So‘ng yashil durrali juvon chochpopugini shildiratib, zinapoyadan o‘zi chopib tusha 
boshladi. Yuz-ko‘zi Robiyaniki, ammo marjonlari, kiyimlari, yana nimasidir begona. Tohir 
uni ko‘rib joyida qotib qoldi. Robiya ham zinapoya oldida to‘xtadi, ko‘zlarini 
chaqchaytirib, qo‘rquv aralash shivirladi: 
— Siz Tohir og‘amning arvohisiz! 
Robiya Tohirni o‘sha nayza zarbidan o‘lib ketgan deb o‘ylar, uning arvohiga bag‘ishlab 
duolar o‘qir edi. «Endi tirik ko‘rmaymen, arvohini ko‘rsam ham rozi edim», deb xudodan 
astoydil so‘ragan paytlari ko‘p bo‘lur edi. Uning shu iltimosiga farishtalar omin degan 
ekanmi? 
Arvohingiz ham jonimdan aziz, Tohir og‘a! 
— Men tirikmen, Robiya! Seni olti yildan beri izlab yuribmen! 
— Tiriksiz?! — deb, Robiya Tohirga yaqin keldi. Uning chakmonini, qilichini, qo‘llarini bir-
bir ushlab ko‘rdi. Tohir uni yelkasidan quchib bag‘riga bosgan edi, Robiya uning arvoh 
emasligiga endi ishonib, yig‘lab yubordi: — Tirik! Tirik! Xudoga shukr, tirik! 
Tohir uning sariq atlas ko‘ylagi ustidan yelkasini silab: 
— Robiyam, jonim! — dedi. — Xayriyat, o‘zing ham tirik ekansen! Men seni olti yil 
izladim, qayerlarda yurding? Nima bo‘ldi? 
Robiya Fozil tarxonning yettinchi xotini bo‘lib o‘tkazgan yillarini esladi-yu, birdan orqaga 
siltanib, Tohirning qo‘llaridan yulqinib chiqdi: 
— Meni quchmang, Tohir og‘a! Men sizga munosib emasmen! 
Robiya alamli ko‘zlari bilan ayvonda yotgan o‘likka qarab qo‘ydi. Fozil tarxon uni o‘sha 
bosqinchilardan bir hamyon oltinga sotib olgan edi. Robiya ellikdan oshgan bu choldan 
hazar qilar edi. Fozil tarxon Turkistonning Yassi shahrida uni nikohlab olgandan keyin 
besh-o‘n kun turar-turmas, savdo ishi bilan Buxoroga jo‘nadi, u yerdan boshqa bir 
ko‘hlik qizni olib, keyin o‘sha bilan bo‘lib ketdi. Robiya olti yildan beri uning haramida 
bevaday yashaydi. Lekin buni endi Tohirga qanday tushuntiradi? Tohirga fotiha qilingan 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin