Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
140
Biroq Shayboniyxonning yig‘iladigan askarlari yig‘ilib bo‘lgan, endi uzoq Turkistondan 
yangi kuchlar yetib kelolmasligi aniq. Shahrisabzdan kelgan maxfiy xabar xonni iztirobga 
solib qo‘ydi. O‘sha yoqda Boqi tarxon ikki ming qo‘shin to‘plab, yana mingta askar yig‘ib 
keyin hammasini Boburga yordam bergani olib kelmoqchi emish. Agar bu qo‘shin ham 
Boburga kelib qo‘shilsa, Shayboniyxon yengilishi mumkin. Xon urushni tezroq 
boshlashning chorasini izlab, Bobur qarorgohida munajjimlik qilib yurgan yashirin 
kishisiga xabar yubordi. «Osmondagi yulduzlarga qarab, Boburni tezroq jang qilishga 
ko‘ndirsin, agar ishni cho‘zsa, josusligini fosh qilib, boshini kestirgaymen!» deb 
munajjimga tahdid qildi. 
Bu munajjim ham shoir Binoiyga o‘xshab, xon qarorgohidan Bobur huzuriga qochib 
borgan edi. Xon Boburning rahmini keltirish uchun munajjimni Bobur huzuriga 
qochirishdan oldin kaltaklatib, og‘iz-burnini qon qilgan, kiyimlarini yirttirgan edi. Mavlono 
Shahobiddin ismli bu munajjim hozir Bobur saroyida izzat-ikromda ekani ham 
Shayboniyxonga ma’lum edi. Xonning yashirin topshirig‘i qalandar kiyimidagi kishi 
orqali munajjimga yetkazilgan kuni kechasi Shayboniyxon o‘n ming qo‘shini bilan Bobur 
o‘rdasiga bostirib bordi, naqoralar, karnaylar chaldirib, istehkom devorlari orqali o‘qlar 
yog‘dirdi. 
Otlar xandaqlardan o‘tolmas, ammo xon askarlarining haqoratomuz qichqiriqlari o‘rdada 
o‘tirgan Boburga va uning odamlariga baralla eshitilardi: 
— Joning bo‘lsa maydonga chiq! 
— Qo‘rqoqlar, kurk tovuqday moyak bosib o‘tira berasanmi?! 
— Boburingda yurak bo‘lsa ulug‘ xonga o‘zini ko‘rsatsin! 
— Mard bo‘lsa chiqsin maydonga! 
Himoyada yotgan odamlarga tungi hujum va shovqin-suron og‘ir ta’sir qilishini 
Shayboniyxon yaxshi bilar edi. Boburning o‘rdasi atrofida uning yuzlab otliqlari urra-ur 
qilishib, borliqni larzaga keltirishdi, ihota qilingan shox-shabbalarga yonib turgan yoy 
o‘qlarini otishib, bir-ikki joyini yondirib yuborishdi. Ichkaridan ham o‘qlar otildi, 
achchiqlangan navkarlarning haqoratlari eshitildi, ammo xon qo‘shini bilan olishish 
uchun hech kim yurak yutib chiqolmadi. 
Shayboniyxon Boburning kecha qo‘qqisdan maydonga qo‘shin tortib chiqolmasligini 
oldindan bilardi, chunki hech bir aqlli-hushli sarkarda bu qorong‘i tunda selday yopirilib 
kelgan lashkar qarshisiga tayyorgarliksiz betartib otilib chiqmasligi o‘z-o‘zidan ayon edi. 
Bu tungi shovqin-suron Shayboniyxonga o‘z lashkarining ruhini ko‘tarish uchun kerak 
edi. U o‘zining hech narsadan qo‘rqmasligini, Bobur esa go‘yo tizzasi qaltirab, 
istehkomdan beriga chiqolmayotganini har ikki tomonga namoyish qilmoqchi, shu bilan 
yosh dushmanining iz-zat-nafsini qo‘zg‘atmoqchi edi. Ayni vaqtda, bu tungi hujum — 
Bobur qarorgohida ish olib borayotgan munajjimni ham dadillashtirishga qaratilgan edi. 
Chindan ham bu tungi hujum Boburning izzat-nafsiga qattiq tegdi. Munajjim esa 
osmondagi yulduzlar tartibini murakkab bir tarzda unga tushuntirib: «Hozir sakkiz 
yulduz siz tomonda rost turur, — dedi.— Yana ikki kun o‘tgach, bu sakkiz yulduz 
g‘animingiz tomo-niga og‘ib ketgay. Agar erta-indin jangga kirishsangiz, g‘alaba sizniki 
bo‘lishidan butun falakiyot dalolat bermoqda!» 
Axiri shu sabablar bir bo‘lib, Bobur Shahrisabz va Toshkentdan keladigan katta ko‘makni 
kutib o‘ltirmasdan, indin chorshanba kuni jang maydoniga chiqishga qaror berdi. 
Munajjim buni o‘sha aloqachi qalandar orqali Shayboniyxonga yetkazdirdi. 
Shayboniyxon chorshanba kuni hayot-mamoti hal bo‘lishini sezib, bor iste’dodini, butun 
tajribasini ishga sola boshladi. Kuni bo‘yi bo‘lajak jang maydonining har bir pastu baland 
joyini ko‘zdan kechirib chiqdi, oftob qayoqdan chiqib, shamol qayoqdan esishigacha 
e’tibor berdi. Kechasi esa otlarni egarlatib, hamma narsani taxt qilib yotishni buyurdi, 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin