Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
16
tuyulardi. Uning boshqa orzulari bor edi. Shuning uchun otasining so‘nggi niyatidan 
cho‘chib, gapni boshqa yoqqa burdi: 
— Agar inimiz Bobur mirzoni chaqirtirish imkonsiz bo‘lsa, men bilan oyimga ruxsat 
bering, biz Andijonga boraylik! 
— Qizim, sen mening eng bebaho gavharlarimdansen. Bu xatarli asnoda seni qanotim 
ostidan chiqarmagaymen! 
— Undoq bo‘lsa menga ruxsat bering, hazratim! — dedi Qutlug‘ Nigor xonim. 
— Xonim, Marg‘ilondan chopar kutmoqdamiz. Vaziyat aniqlansa, ruxsat olursiz. 
Umarshayx mirzo dasturxonga fotiha o‘qib, o‘rnidan turdi-yu, shoshilinch tadbirlar 
o‘ylab, haramdan chiqdi. 
Haramga kirish huquqidan mahrum qo‘rchilar tuni bilan tashqarida qo‘riqchilik qilgan 
edilar. Endi hazrati oliyning e’tiborini tortmaslikka va xayolini bo‘lmaslikka tirishib, 
sekingina unga ergashdilar. 
______________ 
* Ch o sh n a g i r — podshoning dasturxoniga qaraydigan xodima. 
* M a ’ j u n — ziravor va dorivor giyohlardan tayyorlangan. Ko‘pincha unga afyun ham qo‘shganlar. 
* B a k o v u l — podshoh oshxonasining javobgar xodimi. 
* I l i k — bu yerda qo‘l ma’nosida.
2 
Tong endi otgan, hali oftob chiqmagan bo‘lsa ham ko‘pchilik beklar va mulozimlar 
devoniomda hozir erdilar. Hammalari Mirzoni ta’zim bilan qarshi oldilar. Zarbof to‘n 
kiygan, beliga tilla kamar bog‘lagan sersoqol eshik og‘a birinchi vazir darajasidagi eng 
katta bek edi. Mirzo unga yuzlanib, qaerdan chopar borligini so‘radi. 
Hazrati oliylari, Isfaradan. 
Eshik og‘a ikki bukilib ta’zim qilar ekan, yuzi tund ko‘rindi. 
— Qanday xabar, bek? 
— Hazratim, qulingizning bir qoshiq qonidan o‘ting... 
Demak, Isfara ham yov qo‘lida! Mirzo ichki bir titroq bilan Marg‘ilon choparini so‘radi. 
— Hazratim, Marg‘ilon chopariga intizormiz. 
Nahotki Marg‘ilon ham taslim bo‘lgan? Unda Andijon ham xavf ostida qoladi! Yoki 
choparlar yov qo‘liga tushganmikin? Balki birortasi xiyonat qilib, narigi yoqqa o‘tib 
ketgandir? 
— Hazrati oliylari, yana chopar yuborishga farmon berurlarmi? 
— Chopar yuborib yana necha kun yo‘liga qaraylik?! 
Eshik og‘a uzr so‘ragandek, ta’zim qilib, orqaga chekindi. 
Axsi qal’asining qamalda qolishi Mirzoga endi muqarrardek tuyuldi. U eshik og‘aga olti 
oylik zaxira tayyorlatishni buyurdi. Qal’a baland tepalikda turgani uchun unga suv 
chiqmas, suvni meshkobchilar tashib keltirishar edi. Mirzo o‘ttiz yoshlik, xushqomat 
Qosimbekka qal’a ichida bir toshhovuz qurdirish va uni suv bilan to‘ldirtirish amrini 
berdi. 
Mirzoning avzoyi yomonligini sezib turgan beklar darhol uning farmonini bajarishga 
kirishdilar. Mirzoning o‘zi esa otlanib arkdan chiqdi. Mulozimlar va qo‘rchilar ham otlanib, 
odatdagiday, unga ergashdilar. 
Umarshayx mirzo qal’aning bir chetida, daryoning baland qirg‘og‘i ustida, jar labida 
turgan kabutarxonaga qarab yo‘l oldi. Otliq choparlar dom-daraksiz ketganliklari uchun 
Mirzo endi qanotlik «chopar»larini ishga solmoqchi edi. 
Kabutarlarning don va suvlariga qarayotgan kabutarbonlar podshohni yaqin kelib 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin