Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
165
marta to‘xtab na-fas rostlaydi. 
Tabiat mo‘’jizasi bo‘lgan bu tog‘ning silliq toshlarida atrof xuddi oynadagi kabi akslanib 
turadi. Bobur bu toqqa chiqqanda uning sehrli oynasida o‘z taqdirini ko‘rishga intiladi. 
Qachongacha tog‘dan-toqqa o‘tib, chet qishloqlarda Shayboniyxon qilichidan jon 
saqlarkan? Ana, yashil bog‘larga burkangan So‘x, Hushyor qishloqlari. Bular ham 
chingiziylar hurujidan himoya istab, Boburni uch yuztacha navkari bilan yil bo‘yi 
mehmonday e’zozlab yurishibdi. Bosqinchilarning shum qadamlari hali bu yerlarga yetib 
kelgan emas. Ular Sirdaryo bo‘ylarida va Andijon tomonlarida o‘zaro urushlar bilan band. 
Bobur quyoshli kunda Oynatog‘ tepasiga chiqib, Qo‘qon tomonlarga oqib ketayotgan 
So‘x soyiga tikiladi. Bu soyning suvida tillarang shu’lalar o‘ynaydi. Aytishlaricha, So‘x 
suvining tarkibida oltin bor ekan, shuning uchun bu suvni ichgan odamning vujudi 
yayraydi. Nahotki shu Oynatog‘ ham, shu tilloli soy ham — hammasi yana chingiziylar 
istilosiga giriftor bo‘lsa? 
Boburning ortidagi qorli tog‘lardan sovuq shamol esadi. Uzoqdagi yashil vodiylarga 
osmondagi oqish bulutlarning soyasi to‘shalib yotadi. 
Hozir avji bahor, Farg‘ona vodiysi yashil libosda. 
Ufqning harir pardasi ortida — ko‘z ilg‘amas uzoqliklarda Chotqol tog‘lariyu Toshkent 
vohasi bor. Jizzax va Samarqandni, Marg‘ilon va Andijonni Bobur hozir go‘yo xayol ko‘zi 
bilan ko‘rdi-yu, bir vaqtlar shunday keng dunyoda bexavotir, erkin yurgan paytlarini 
eslab, yuragini armon timdaladi. 
Hozir mana shu ulkan vatanda uning osuda yashaydigan makoni, tayinli bir uyi yo‘q. 
Hammasi Tanbal bilan Shayboniyxonning qo‘liga o‘tib ketgan. Eshik og‘a Sherim tog‘oyi 
Boburni Xurosonga ketishga undaydi. 
Biroq Bobur ketsa, vatanidan umrbod ayrilishi mumkinligini go‘yo oldindan sezadi. Ilgari 
tug‘ilgan yurtida bemalol yurganda unchalik bilinmaydigan vatan tuyg‘usi endi vatanidan 
ayrilish xavfi tug‘ilganda uning butun vujudini qamrab olgan. U mana shu o‘lkani necha 
qayta u chetidan-bu chetigacha kezib chiqqan, uning har bir chaqirimiga ko‘z nurini 
to‘kib, yoshligini urug‘day sochib o‘tgan. Uning butun umri, butun borlig‘i mana shu 
muazzam zaminga ildiz otgan. Endi bu ildizlarning hammasini qanday yulib olib ketadi? 
Buning og‘rig‘iga qanday chidash mumkin? 
Ahmad Tanbal bilan Shayboniyxon avval bir-biri bilan ittifoq tuzib, hozir bir-birining 
payini qirqishga tushgan. Shu kunlarda ular jang qilayotganini Bobur aniq biladi. Zora bu 
ikkalasi bir-birining boshini yesa-yu, Boburning bekilgan yo‘llari ochil-sa... 
Bobur shu umid bilan Andijon tomonga maxsus odamlar yuborgan. U ertayu kech shu 
odamlarning xushxabar bilan qaytishini kutadi. 
Lekin yuborilgan odamlar bir yarim oydan beri qaytmayapti. Nima bo‘ldiykin? Kutish 
og‘ir. Kunlar benihoya sekin o‘tadi. Bobur nima qilishini bilmay tog‘ yonalarini yolg‘iz 
kezgani-kezgan. Tadbirkor Qosimbek ketib qolmaganda, balki undan yaxshi bir maslahat 
chiqarmidi? Jonkuyar safdoshi No‘yon Ko‘kaldosh ham yo‘q — bultur Toshkentning 
janubidagi Ohangaronda bir nomard uni baland jardan tashlab o‘ldirgan. Bir-biridan 
mash’um xotiralar Boburning xayolida muttasil charx uradi. U intihosiz g‘am-g‘ussalar 
qurshovidan chiqib ketishga intilib, xayolida she’r mashq qilib ko‘rdi. Ammo uni bu 
ko‘ylarga solgan dahshatli voqealarni qofiyaga solib, ohangdor qilib aytishga xushi 
kelmadi. 
* * * 
Kechki payt tog‘larga tuman tushdi. Archazor yonida xayol surib yurgan Bobur pastdagi 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin