Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
Bugun ertalab Umarshayx mirzo saharlik yegan tanobiyda Qorako‘z begim Qutlug‘ Nigor 
xonimni quchoqlab uvvos tortib yig‘lar edi. 
— Men sabab bo‘ldim, xonim aya! Hazratimni men nechun uyg‘otdim?! Uyg‘otmasam 
o‘sha joyga kechroq borar edilar-ku! Men yuzi qora sabab bo‘ldim bu o‘limga! Men! 
Bugun saharlik paytida Mirzo xuddi o‘lishini bilganday vasiyat qilganini eslab, Qutlug‘ 
Nigor xonim ham o‘zini yig‘idan tutolmas edi. 
— E, voh, rahmatlik kuni bitganini qanday bilgan ekan-a?! Shunday gaplarni aytdilar... 
Qorako‘z begim xonimning quchog‘idan chiqib, kichkina mushti bilan chakkasiga urdi. 
— Men hali tug‘ilmagan farzandimni otasidan judo qildim, xonim aya! — deb o‘rtanib 
shivirladi: — Bo‘yimda bo‘lganini shu kecha bilib edilar! «O‘g‘il bo‘lsin!» — deb orzu qilib 
edilar! Endi bu bolaga otasini qaydan topamiz?! Qaydan topamiz?! Men hazratimni 
nechun uyg‘otdim, xonim aya? U kishiga kelgan ajal meni olsa bo‘lmasmidi? O‘sha 
jardan men qulasam bo‘lmasmidi? 
— Undoq demang, jonim! Biz ham endi jar labida qoldik! Butun atrofimiz tahlikali jar! 
Qutlug‘ Nigor xonim erining kutilmagan o‘limida qandaydir sirli bir ma’no borligini hozir 
tiliga kelgan shu so‘zlardan sezdi. Umarshayx mirzodek jangovar odam qonli urushlarda 
qilich chopib yurganda o‘lmasdan, jardan qulab o‘lgani tasodifmikin? Mirzoning ota-
bobolari barpo etib ketgan davlat mana shunday baland jarlar labiga qurilgan binolarga 
o‘xshamasmikin? Parcha-parcha bo‘lib ketgan va o‘zaro urushlarda yemirilayotgan ulkan 
davlat Qutlug‘ Nigor xonimning tasavvurida jarga qulab tushayotgan o‘sha binolarga 
o‘xshab ko‘rindi-yu, vujudini seskantirib yubordi. Axir uning yolg‘iz o‘g‘li, suyukli farzandi 
Bobur ham mana shu binolarning birida istiqomat qilmayaptimi? Otasini olib ketgan 
o‘pirilishlar Boburning boshiga ham tushmasmikin?! 
— Yo‘q, yo‘q! Tangrim uni panohida asrasin! Men boray, begim, Andijonga chopar 
yuboray! Bobur mirzoni bu falokatlardan ogoh qilay! 
Qutlug‘ Nigor xonim ko‘z yoshlarini artib, o‘z xonasiga chiqdi va eng ishongan 
amirlaridan Qosimbekni chaqirtirdi. Uni topib kelgunlaricha Andijon chorbog‘ida Bobur 
bilan birga turgan onasi Eson Davlat begimning nomiga maktub yozdi. 
Fotima Sulton begimning topshirig‘i bilan Andijonga yashirincha jo‘nagan Ahmad Tanbal 
bu orada Sirdaryo ko‘prigidan o‘tib, Bandi Solor yo‘li bilan ancha joyga borib qolgan edi. 
Ko‘zga tashlanmaslik uchun bittagina navkar ergashtirib ketayotgan Ahmad Tanbal 
kecha Andijondan oltmishta navkar bilan kelgan edi. Bugun Fotima Sulton unga katta 
va’dalar berdi. Agar Ahmad Tanbal Andijondagi sodiq beklarning boshini qovushtirib
Boburni chetlatsa-yu, taxtga Jahongir mirzoni o‘tqazsa, marra uniki. Ahmad tanbal 
Umarshayx mirzo saroyida ikkinchi darajali beklar qatorida shuncha yil ko‘ngli cho‘kib 
yurdi. Endi bas! Jahongir mirzo podshoh bo‘lsa, Ahmad Tanbal uning eng birinchi 
vaziriga aylanadi. Norasida podshohga vazir bo‘lish esa podshoh bo‘lish bilan barobar! 
Ana unda qayoqdagi musavvirdan Xonzoda begimning suratini so‘rab yurmaydi. U 
Xonzoda begimning o‘zini oladi! Mana shu orzu bilan Andijonga ot surib borayotgan 
Ahmad Tanbal orqaga o‘g‘rincha o‘girilib qarab qo‘ydi. 
Bandi Solor yo‘lida boshqa hech kim ko‘rinmas edi. Oradan bir necha soatlar o‘tib, 
Ahmad Tanbal ko‘zga ko‘rinmay ketganidan keyin Axsidan Qosimbek qavchin to‘rtta 
navkari bilan ot choptirib chiqdi. U ham tezroq Andijonga yetib borishga intilar, Bobur 
mirzoning tarafdorlarini yig‘ib, uni taxtga o‘tqazish ishtiyoqi bilan yonar edi. 
___________ 
* R i k o b d o r — uzangichi.


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin