Kutubxonasi


HIROT, MARV  PAYMONASI TO‘LGANLAR



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   318
yulduzli tunlar

HIROT, MARV 
PAYMONASI TO‘LGANLAR 
1 
Hirot atroflarida qish osoyishta o‘tdi-yu, avji bahor kunlarida Shayboniyxon ellik ming 
qo‘shin bilan Murg‘ob daryosidan o‘tib, Xurosonga bostirib kirdi. Badiuzzamon mirzo 
bilan Muzaffar mirzo Hirotning shimolida Qorarabot va Tarnob degan joylarda ikki bo‘lak 
qo‘shin, ikki alohida sarkarda bilan lanj bir ahvolda o‘tirgan edilar. 
Shayboniyxonning Ubaydulla Sulton va Temur Sulton boshliq otliq askarlari bu ikki 
qo‘shinning orasiga tig‘day yorib kirdi-yu, kuchli bir zarba bilan ikki podshohni ikki 
tomonga uloqtirib tashladi. Mirzolar ko‘pchilik bek va navkarlari bilan tumtaraqay bo‘lib 
qochdilar. Faqat Zunnunbek arg‘un o‘zining Hizabrulla bo‘lishiga va Shayboniyxonning 
qilichini sindirishiga hali ham ishongani uchun bir necha yuz navkarini xon qo‘shini 
qarshisiga boshlab chiqib, oxirgi nafasi qolguncha olishdi. Ubaydulla Sultonning otliqlari 
hayal o‘tmay uni egardan urib tushirdilar, boshini kesib nayzaga sanchdilaru 
Shayboniyxon mingan otning oyog‘i tagiga eltib tashladilar. 
Jang maydonidan halloslab qochgan Badiuzzamon mirzo Hirotga hammadan oldin yetib 
keldi, ammo shahar ichiga kirmadi. Bog‘i Jahonoroda bir necha soat to‘xtab, otlariga 
dam berdi-yu, oltin-kumush va javohirlaridan ko‘targanicha oldi. Uning xotin-bolalari 
shahar ichida — arkda edi. Orqadan quvib kelayotgan yov tahlikasidan qo‘rqqan 
Badiuzzamon mirzo shahar dorug‘asini chaqirib, qal’a darvozalarini bekitib olishni 
buyurdi. «Qamalda qolishdan qo‘rqmanglar, biz Qandahor tomondan qo‘shin to‘plab 
kelib, sizlarni xalos qilurmiz», degan quruq va’da bilan xotinlari va bolalarini qo‘rg‘on 
ichida qoldirib o‘zi janubga qarab shoshildi. 
Hirotga kechasi yetib kelgan Muzaffar mirzo hatto yengilish va qochishda ham akasi 
bilan musobaqalashgan kabi ish qildi. U ham shahar tashqarisidagi Bog‘i Safidda bir 
necha soat to‘xtab, nafasini rostlagach, eng kerakli narsalarini oldi-yu, yov yetib kelib 
qolishidan qo‘rqib, arkka kirmadi, onasi va xotinlarini qal’a ichida qoldirib, darvozalarni 
bekitishni buyurdi, u ham Qamalda qolsalaring o‘zim kelib qutqaramen!» deganicha 
Astrobodga qarab qochdi. 
Mirzolarni kutganidan ham oson yenggan Shayboniyxon shahardan o‘n besh chaqirimcha 
sharqdagi Qahdiston degan xushhavo o‘tloqqa tushib, shohona chodirlarini tikdirdi. 
Xadicha begim Hirotda bor a’yonlar va qo‘riqchi askar sarkardalarni to‘plab, qo‘rg‘on 
darvozalarini bekitishga urinib ko‘rdi. Ammo ikki og‘a-ini podshodan birontasi Hirot 
mudofaasiga bosh bo‘lmasdan qochib ketganligi hammaning ruhiga yomon ta’sir qilgan, 
qamal azobini hech kim zimmasiga olishni istamas edi. Xonning g‘azabiga qolmaslik 
uchun Hirotni unga jangsiz topshirishni ma’qul ko‘ruvchilar ko‘p edi. Axiri Hirot 
shayxulislomi Taftazani bir necha nufuzli kishilarni yoniga olib, Hirot shahrining kalitlarini 
qimmatbaho sovg‘a-salomlar bilan birga xonga eltib topshirdi. 
Qahdistonning orombaxsh bahor havosida ulkan g‘alabadan ta’bi ochilib yurgan 
Shayboniyxon endi jozibali bir ayol bilan qovushgisi kelar edi. U Hirotning eng ta’rifi 
ketgan go‘zal juvoni — Muzaffar mirzoning yigirma yoshlik suyukli xotini Qorako‘z begim 
deb eshitgan edi. Toshkentda va Andijonda Qorako‘z begim deb ot chiqargan qiz-
juvonlar qanchalik chiroylik bo‘lganini xon yaxshi bilar edi. Hirotlik Qorako‘z begimning 
asl nomi boshqa bo‘lsa ham qora ko‘zli go‘zallar orasida eng chiroylisi bo‘lgani uchun el 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin