Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
205
kanizlar qurshovida kelayotgan begim yengil bir ta’zim bilan shoshilmay gap boshladi: 
— Sulton janoblari, taqdir ekan, biz taslim bo‘ldik. Endi men Shayboniyxon 
hazratlarining huzuriga yo‘llashingizni iltimos qilamen! 
Ubaydulla Sulton beklarining orasida turgan Mansur baxshi bilan ma’noli ko‘z urishtirib 
oldi-yu, masxaraomuz kulimsiradi: 
— Xon hazratlari begimga aytadigan gaplarini bizga tayinlab yubordilar. 
— Unday bo‘lsa qulog‘imiz sizda, sulton janoblari! 
Ubaydulla Sultonning beklari orasida oq sallalik bir eshon ham bor edi. Ubaydulla 
Sultonning ishorasi bilan Mansur baxshi va eshon otdan tushdilar. Mansur baxshi zar 
yoqalik to‘n, qizil etik kiyib, kuyovlarday yasanib kelgan edi. Yigitlardan yetti-sakkiztasi 
uning atrofini kuyovnavkarlar kabi o‘rab oldilar. Shundan keyin Ubaydulla Sulton 
Xadicha begimga yuzlandi: 
— Imomi zamonning farmoni bilan siz bugun Mansurbekning nikohiga o‘tursiz! 
— Begimning o‘zlari ham bilganday yasanib chiqibdilar! — deb kuldi mulozimlardan biri. 
Xadicha begim qop-qora yo‘g‘on Mansur baxshining cho‘tir yuziga qaradi-yu, dahshatga 
keldi: 
— Men... men xon hazratlari bilan o‘zim so‘zlashamen! 
— Xonning siz bilan so‘zlashishga vaqtlari yo‘q! 
— Axir men ham podshoh oilasidanmen! Bu qanday xo‘rlik?! 
— Siz rofiziylar oilasidansiz! Rofiziylarni jazolash — savob! 
— Sulton janoblari, sizning ham mendek keksa onangiz bordirlar. Hech bo‘lmasa 
onaligimni hurmat qiling!.. 
— Mening onam siz qilgan razilliklarni qilgan emas! Qaysi ona o‘z nevarasini o‘zi 
o‘ldirtiribdi?! Siz nevarangiz Mo‘min mirzoning o‘limiga sabab bo‘lgan xunxo‘rlardansiz! 
Xadicha begimning boyagi ulug‘vor va mag‘rur qiyofasi endi birdan ayanchli tusga kirdi, 
qaddi bukchayib, qo‘llari osilib qoldi. 
Ubaydulla Sulton navkarlariga buyurdi: 
— Ichkariga olib kiringlar. Endi buning ko‘zini Mansur baxshi ochsin! 
Xadicha begimning bo‘shashib, go‘yo to‘kilib ketayotgan gavdasini ikki kaniz ikki 
tomonidan suyab ichkariga olib kirib ketdilar. 
Nikoh o‘qilgach, Mansur baxshi kanizlarni haramdan chiqarib yubordi-yu, Xadicha begim 
bilan yakkama-yakka qoldi. 
Tun sukunatida qandaydir mislsiz qiynoqlardan chinqirgan begimning faryodi haram 
atrofidagi uylarga ham eshitilib turardi. 
Yarim kechada Mansur baxshi oyoqda zo‘rg‘a turgan Xadicha begimni oldiga solib, 
haramdan chiqdi. Ikkovi oydin qal’aning bir chetiga qarab ketishdi. 
— Oltin gul, — deb shivirladi Mansur baxshi. — Oltin bulbuli bor. Og‘zida gavhari bor. 
Ana shuni topib bermasang, hozirgidan beshbattar qilamen. Top tezroq! 
Hozir jonidan boshqa narsa ko‘ziga ko‘rinmayotgan Xadicha begim Mansur baxshini 
qo‘rg‘on chetidagi yashirin xazinaga boshlab keldi. Yer ostidagi bu xazinaga salqin suv 
saqlanadigan sardobaning chetidagi maxfiy yo‘ldan kirilar edi. Mansur baxshi qo‘lida 
yoqmasdan olib kelayotgan mash’alani yer tagiga tushganda yoqdi. 
Yer ostida besh-oltita temir sandiq qator turibdi. Xadicha begim madorsiz qo‘llar bilan 
ularga bir-bir kalit solib, ochib ko‘rdi. Ikkitasida kumush tangalar, bittasida oltin 
tangalar. Bittasida qilich va xanjarlarning oltin dastalari. Yana bir sandiqda ayollarning 
qimmatbaho taqinchoqlari. Mansur baxshi ko‘zlari yonib, bu boyliklarga bir-bir qo‘l 
urib ko‘rdi-yu: 
— Oltin gul qani? — dedi. — Barglari zumrad gul qaerda? 
Yer ostini ag‘dar-to‘ntar qilib qidirsalar ham bu gul topilmadi. Xadicha begim: 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin