Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
208
obro‘ga ega bo‘lgan Ubaydulla Sulton va Hamza Sultonlarning tarafdorlarini qattiq norozi 
qildi. 
Movarounnahrdagi g‘alayonlar va xon saroyidagi ichki nizolardan xabar topgan Shoh 
Ismoil bu qulay fursatdan foydalanib qolishga intildi. Odatda, katta harbiy yurishlar 
bahor va yoz oylarida boshlanar, Shayboniyxon ham shohning hujumini «bo‘lsa, qish 
o‘tgandan keyin bo‘lar», deb o‘ylar edi. Ungacha Movarounnahrga jo‘natilgan o‘ttiz ming 
qo‘shin Hirotga qaytib ulgurishi mumkin edi. Lekin Shoh Ismoil xon kutmagan kech kuz 
paytida Hirot ustiga qo‘shin tortib kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Xurosonda 
Shayboniyxondan norozi odamlar juda ko‘p, Shoh Ismoil yaqinlashsa, ular bosh 
ko‘tarishi muqarrar. Xonning asosiy kuchlari esa Amudaryodan narida. Shayboniyxon 
shoshilinch ravishda Murg‘ob bo‘yiga — Marv qo‘rg‘oniga chekinishga majbur bo‘ldi. 
Xonning bunday seskanib chekinishini ko‘pdan beri ko‘rmagan a’yonlari qattiq 
sarosimaga tusha boshladilar. Shunda xon ularning o‘pkasini bosadigan bitta vaj 
ko‘rsatdi: 
«O‘sha g‘addor rofiziylar yurtidan uzoqroq ketganimiz ma’qul. Shoh bizga ergashib 
Movarounnahrga yaqinroq borsin. O‘zimizning pok mazhabli sunniylar yurtidan madad 
olurmiz. Ungacha o‘ttiz ming lashkar yetib kelgay. Biz shohga Marvda qopqon qo‘yib, 
tumshug‘idan ilintirgaymiz!» 
Xonning bu rejasini barcha mulozimlari va a’yonlari darhol: «Dono tadbir!» deb 
maqtadilar. Biroq ular Marv qal’asida bekinib o‘tirgan paytlarida Shoh Ismoil qo‘rg‘onni 
qamal qilib, Shayboniyxon nomiga kinoyali maktublar yo‘lladi. «Xon yuborgan hassaga 
suyanib, kashkulni belimizga bog‘lab keldik, qani endi xonda yurak bo‘lsa qo‘rg‘ondan 
chiqsin, shayxning o‘g‘li bilan bellashsin!» degan zaharxanda gaplar Shayboniyxonning 
izzat-nafsiga qanchalik qattiq tegmasin, u tishini tishiga qo‘yib, haftalar davomida 
qo‘rg‘onda o‘tirdi. U tajribali lashkarboshi sifatida shuni yaxshi bilar ediki, yigirma to‘rt 
yoshli Shoh Ismoil qanchalik urinmasin, ertami-kechmi qish sovuqlari va izg‘irinlari uni 
iliq joy izlashga majbur qiladi. Ochiq havoda diydirab yurgan askarlar qo‘li qovushga 
kelmay qunishib chekinishga tushsa, ana o‘shanda Shayboniyxon issiq qo‘rg‘onda kuch 
to‘plab yotgan o‘z askarlarini boshlab chiqadi. Ungacha albatta Movarounnahrdagi 
lashkar ham kelib qoladi. Ikki tomondan berilgan zarba Shoh Ismoilni tamom qilishi 
aniq. Ana undan keyin Eron ham Shayboniyxonniki bo‘ladi, naryog‘i Bag‘dodga va 
Makkayu Madinaga yo‘l ochiladi... Shayboniyxon chindan ham butun musulmon olamiga 
xalifai rahmon va Iskandari soniy bo‘ladi!.. 
Xonning bu shirin o‘ylarini faqat bir narsa taxir qilmoqda edi. Chopar ketidan chopar 
borib, Movarounnahrdagi qo‘shinni tezroq Marvga yetib kelishga undayotgan bo‘lsa ham 
o‘ttiz ming lashkar hamon Amudaryodan narida imillab yurar edi. Xon bu imillashning 
sababini bilardi. Qo‘shinda hali ham Ubaydulla Sulton va Hamza Sultonlarning ta’siri zo‘r. 
Ular hokimlikdan tushirilganliklari uchun xondan juda xafa. «Mana endi onhazratimiz 
bizsiz jang qilib ko‘rsinlar!» degandek arazlab yurishibdi. 
«Lekin men bo‘lmasam hammang kuchukbachchaday xor bo‘lib o‘lasan-ku!» — ichida 
sultonlarini so‘kardi Shayboniyxon. 
— Hozir butun davlatimiz, butun sulolamiz xavf ostida-ya, nahotki shuni 
fahmlamasanglar? Hayot-mamoting hal bo‘ladigan paytda, yo shoh meni yo‘q qiladigan, 
yoki men shohni nest-nobud qiladigan asnoda shunday arazlab yurishlaring itlik 
emasmi? Sen itlar hali ko‘rasenlar, shu qamaldan eson-omon qutulsak, hammangni 
tavbangga tayantirgaymen!» 
Nihoyat, izg‘irinli sovuq kunlarning birida, Shoh Ismoil xonga yana bir maktub yo‘llab, 
uning qo‘rg‘ondan chiqmaganini qo‘rqoqlik deb atadi, bahorda yana qaytib kelajagini 
bildirdi, so‘ng Marvning g‘arbi janubidagi Mahmudi degan qishloq tomonga chekina 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin