Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə243/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
243
chog‘irga ehtiyoj sezgan emasmen. Sen qalaysen?.. Ko‘nglingda chog‘irga ishtiyoq 
bormi? 
Humoyun uyalib bosh chayqadi. So‘ng otasining ichkilikdan shishgan qovoqlariga jiddiy 
bir qarab oldi-da: 
— Men chog‘irni yomon ko‘ramen, — dedi. 
O‘n uch yoshida Bobur o‘zi ham ichkilikdan hazar qilishini esladi-yu, o‘g‘lining javobini 
ma’qullab bosh irg‘adi. 
— Xo‘sh, nelarni yaxshi ko‘rursen? 
— Menmi? — deb Humoyun bir lahza o‘ylanib oldi. Uning yaxshi ko‘rgan narsalari ko‘p 
edi: — Safarda yurishni, sayohatni yaxshi ko‘rurmen, yaxshi kitob bo‘lsa ertayu kech 
o‘qigim kelur... 
«Bu jihatlari menga o‘xshabdir», dedi Bobur ichida va o‘g‘lining qamchi dastasini tutgan 
qo‘llariga qaradi. Humoyunning yuz-ko‘zi ham, qo‘llari ham Boburnikidan qoraroq edi. 
Balki janubda tug‘ilib o‘sayotgani uchun shundaydir? Lekin panjasining shakli otasinikiga 
juda o‘xshash. Bobur o‘g‘lining bilagidan olib: 
— Qani, kaftingni och, — dedi. 
Humoyun qamchini taqimiga qistirdi-da, kaftini otasiga ochib ko‘rsatdi. Bobur uning 
kaftidagi chiziqlarga qaradi-da, keyin o‘z panjasini ochib, o‘g‘lining kaftiga kaftini 
yonma-yon tutdi. Katta va kichik har ikki kaftdagi ko‘ndalang chiziqlar bir-birining aynan 
takrori edi. Otasiga o‘xshashni juda-juda istaydigan Humoyun mamnun jilmaydi. Bobur 
chuqur tin oldi-da: 
— Ilohim, men ko‘rgan balolarni sen ko‘rmagin! — dedi. 
— Lekin men sizning barcha ishlaringizni o‘rganmoqchimen. 
Boburning yaxshi-yomon ishlari xayolidan aralash-quralash bo‘lib o‘ta boshladi. Berahm 
muhit uni ham shafqatsiz bo‘lishga o‘rgatardi. Mana shu Kobul viloyatining o‘zida xirilchi 
qabilasiga mansub talay odamlar karvon yo‘llarida talonchilik qilganliklari uchun Bobur 
askarlari tomonidan ayovsiz o‘ldirilgan, hazora qabilasining o‘nlab jangovar yigitlari 
chopqin paytida qirib tashlangan edi... Bobur bu qonli lavhalarni umr kitobi bo‘lmish 
«Vaqoi’»ga birma-bir yozib borar edi. Ammo hali balog‘atga yetmagan va olamga 
bolalarcha musaffo bir ishonch bilan qarayotgan Humoyunni bunday shafqatsizliklardan 
mumkin qadar uzoq tutgisi kelardi. 
— Sen hushyor bo‘l, — dedi Bobur, — mening havas qilib bo‘lmaydigan ishlarim ham 
bor! 
Qaysi ishlaringiz, hazratim? 
— Qayg‘uli, fojiali ishlarim. Butun taqdirim... 
— Buni bir g‘azalda ham aytmishsiz. 
Humoyun yana yoddan otasining satrlarini ayta boshladi: 
Har yong‘aki azm etsam, yonimda borur mehnat, 
Har soriki yuzlansam, o‘trumg‘a kelur qayg‘u, 
Yuz javru sitam ko‘rgan, ming mehnatu g‘am ko‘rgan, 
Osoyishi kam ko‘rgan mendek yana bir bormu? 
She’rning g‘amgin va sehrli ohangidan ta’sirlangan Bobur: 
— Yaxshi o‘qiding, — dedi o‘g‘liga. — Istaymenki, men ko‘rgan qayg‘ularu 
shafqatsizliklarni ilohim sen ko‘rmagin. 
— Xo‘p, hazratim, men faqat siz bilgan ajoyibotlarni bilsam bas! 
Ota-bola suhbatga berilib arkka qanday yetganlarini sezmay qoldilar. Keyin ular 
darichalari Shohi Kobul tog‘iga qarab ochiladigan xushhavo xonai xosda o‘tirganlarida 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin