Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə246/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
246
Humoyun o‘n olti yasharligida otasi unga Badaxshon viloyatini berib, askar va savdari 
bilan Kobuldan kuzatib qo‘ydi. Humoyun tog‘lar orasida otasi bilan xayrlashayotganda 
oila a’zolari o‘zaro «Boburnoma» deb atay boshlagan o‘sha «Vaqoi’» kitobidan bir nusxa 
ko‘chirtirib yuborishni iltimos qildi. 
O‘g‘lining boshqa ko‘p iltimoslarini so‘zsiz qabul qilgan Bobur bu gal yerga qarab bosh 
chayqadi: 
— Hali u kitob bitgan emas. O‘lda-jo‘lda yotgan asarni ko‘chirtirib bo‘lmas. 
— Qachon bitkurursiz, hazratim? Men intizormen! 
Bobur o‘g‘lining yuziga xomush nazar bilan tikildi. 
— Ko‘p intizor bo‘lma. Chunki u kitobning bitishi uchun mening umrim tugashi kerak. 
Humoyun seskanib tushdi: 
— Nechun bunday deysiz? 
«Boburnoma»ning davomi ancha vaqtdan beri yozilmay yurar edi. Qizilboshlar bilan 
tuzilgan ittifoq, Bobur vataniga begona qo‘shinni boshlab borib, mag‘lubiyatga 
uchraganlari... buni yozish u yoqda tursin, hatto eslashdan ham yuragi bezillar edi. 
Nahotki umr kitobining so‘nggi bobi shu bo‘lsa? Bobur eng yirik asarini bu tarzda yozib 
tugatolmasligini sezardi. Uni ko‘ngildagidek tugallash uchun esa o‘sha mag‘lubiyatlar 
zahrini yuvib ketadigan katta g‘alabalarga erishishi kerak edi. Mana endi o‘g‘li Humoyun 
ulg‘ayib, yoniga kiryapti. 
U Humoyunning so‘nggi gapdan iztirobga tushganini sezib: 
— Mening so‘zimdan tashvishlanma, — dedi. — Men «Vaqoi’»ni umrim bo‘yi yozmoqchi 
bo‘lganim uchun shunday dedim. Orzuyim borki, uning kelgusi boblariga sening ham 
yaxshi ishlaring bitilgay. Zora o‘zim ham... bu kitobning poyoniga yorug‘ yuz bilan 
yetsam. 
— Hazratim, undoq bo‘lsa, ilohim «Boburnoma»ni yana ellik yil yozing, yuz yil yozing! 
— O‘shangacha kutishga sabr-toqating yeturmikin?— deb kuldi Bobur. 
Humoyun jiddiy turib: 
— Tangrim oldida ont ichib aytamenki, sabr-toqatim umrim yetgunicha yetur! — dedi. 
______________ 
* G u f t i g o‘ — gaplashish. 
* J u s t i j o‘ — qidirish. 
* Sh u s t i sh o‘ — yuvish, ya’ni may bilan dil g‘uborini yuvish. 
* S i g‘ n o q — Turkistondan shimolroqda Sirdaryo yaqinida joylashgan qadimiy shahar.
2 
Kobul daryosining bo‘yida Bobur egachisi Xonzoda begim uchun qurdirgan Bog‘i 
Dilkushoning ko‘k marmar ko‘shkida mavlono Fazliddin cho‘kka tushib o‘ltiribdi. Undan 
pastroqda mavlononing soqol-mo‘ylovi ko‘zga ko‘rinib qolgan o‘g‘li odob bilan qo‘l 
qovushtirib, yerdan ko‘zini olmay sukut saqlaydi. 
Nafarmon kabo kiygan, yuziga oq harir parda tutgan Xonzoda begim siniq tovush bilan 
to‘xtab-to‘xtab so‘zlaydi: 
— Hammadan ko‘ra.. o‘lgan odamga qiyin ekan, mavlono. O‘lgan qaytib kelmas ekan... 
Tiriklar... oh-voh qilib, ming kuyib-yonsalar ham, axiri bir kun... tasalli topar ekanlar. 
Mana, o‘zimdan qiyos... 
— Begim, bu zamonda tiriklarga ham oson emas. Mening Andijondan bosh olib chiqib 
ketganimga yigirma uch yil bo‘ldi. Shundan beri sizning boshingizga qancha kulfatlar 
tushdi! Biz qancha balolarni ko‘rdik. 
Xonzoda begim Andijonda qolib ketgan yoshlik yillarini ko‘z oldiga keltira boshladi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin