Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə261/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
261
barglar qo‘yib bog‘lashgan, zahar badanga ko‘p tarqalmasligi uchun tizzasini ola chilvir 
bilan tang‘ib tashlashgan edi. 
Aravalar qo‘zg‘aldi. Fil mingan yo‘l boshlovchi yana oldinga o‘tib ketdi. Yo‘l yurganlari 
sari rutubat kuchayib, nafas olish og‘irlashib borar edi. 
Kun oqqanda Ravi daryosi tomondan yuztacha qurolli odami bilan Hindubek chiqib keldi. 
Xos navkarlar uni yaxshi bilishardi. Asli dehlilik sipohiylardan bo‘lgan Hindubek Ibrohim 
Lodi bilan kelisholmay bundan yetti yil oldin Kobulga borgan va Boburning xiz-matiga 
kirgan edi. Qirq yoshlardan oshgan bu yigit Boburning Hindistonga qilgan avvalgi 
yurishida ko‘p jasorat ko‘rsatgan edi. Boburga uning dovyurakligi bilan birga vatanidagi 
ichki parokandalikni tugatish yo‘lida ko‘p qon to‘kmaslikka, iloji bo‘lgan joylarni jangsiz 
olishga astoydil intilishi ham juda ma’qul tushgan edi. Hindubek turkiy, forsiy tillarni 
ham mukammal o‘rgangan, ilmli, ma’rifatli, dilkash kishi bo‘lganligi uchun Bo-burning 
eng yaqin musohib beklari qatoriga kirgan edi. Bundan oldingi yurishda Kashmirdan oqib 
keladigan Jilom daryosi bo‘yidagi Bhira Hindubekning harakatlari bilan jangsiz olinganda 
Bobur bu obod viloyatga Hindubekning o‘zini hokim tayinlab, Kobulga qaytib ketgan edi. 
Hozirgi yurishda Bobur Laxo‘rni ham qon to‘kmasdan jangsiz olish umidida edi va 
Hindubekni vositachi qilib Laxo‘r amirlari bilan muzokara olib bormoqda edi. 
Bobur Hindubekni uzoqdan tanidi va u bilan yakkama-yakka gaplashish uchun otini 
yo‘ldan chetroqqa burdi. Hindubek otdan tushib, ta’zim qildi. 
— So‘zlang, bek! 
— Hazratim, Davlatxonning avzoyi buzuq. Meni tuttirmoqchi bo‘lganini sezib qochib 
keldim. 
— Nechun? Axir Kobulga o‘g‘li Dilovarxonni yuborib, biz bilan ittifoq tuzgan edi-ku. Men 
uni otam degan edim! Qancha yaxshiliklar qilgan edim. 
— Davlatxon hammasini unutgan. Beliga ikkita qilich taqib olgan. Men buning sirini o‘g‘li 
Dilovarxondan so‘rab bildim. Bir qilichni Dehli sultonni Ibrohim Lodiga qarshi taqqan 
emish. Ikkinchi qilichni sizga qarshi. 
— O‘g‘illari ham yog‘iylik maqomidami? 
— Dilovarxon sizga xohon, kelib mulozamat qilmoqchi, Laxo‘rni jangsiz bermoqchi. Otasi 
meni tuttirmoqchi ekanini Dilovarxon aytib, bir falokatdan qutqardi. Lekin katta o‘g‘li 
G‘ozixon otasi tomonida. 
— Olamxon-chi? 
— Olamxon Ibrohim Lodi bilan urushib mag‘lub bo‘lgandan beri qayta urushishga jur’ati 
yo‘q. Laxo‘rga borganingizda chiqib mulozamat qilishga so‘z berdi. Agar G‘ozixon shikast 
yesa, ko‘pchilik beklar bo‘yin egurlar, Laxo‘r jangsiz olinur. Lekin... hazratim, nechun 
Laxo‘rga bunday yomon yo‘llardan bormoqdasiz? 
— Panjoblik ittifoqdoshlarimiz peshvoz chiqargan rahnamo bizni shu yo‘lga boshladi. 
— Qani o‘shal rahnamo? Ijozat bering, men bir taftish qilib ko‘ray. 
Fil mingan yo‘lboshlovchini yana chaqirib keldilar. La’l Chand filini changalzorga yaqinroq 
bir joyda to‘xtatdi va yana juftlangan qo‘lini peshonasiga qo‘yib, egilib salomlashdi. 
Hindubek ham kaftini juftlab, peshonasiga tekkizdi-da, o‘zini osoyishta tutib, hindcha 
gapirisha boshladi: 
— Asli qayerliksiz? 
— Agralikman, sohib. 
— Panjobga qanday kelib qolgansiz? 
— Ish izlab kelganman. 
— Shunday zo‘r filingiz bor ekan, Ibrohim Lodi sizga ish topib bermadimi? 
— Ibrohim Lodi xasis. Butun mamlakatning oltinlarini yig‘ib, xazinasiga yashirib qo‘ygan. 
Qurilishga sarflash yo‘q. Odamlarni ishlatib, rozi qilish yo‘q! Bezor bo‘ldik! 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin