Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə274/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
274
ovqat yeb, boshqa er qilmay, to o‘lguncha azob-uqubatda yashashi kerak edi. Mabodo 
kelinchak bunday zabun hayotni o‘ziga munosib ko‘rmasa, sati odatiga bo‘ysunib, 
erining mur-dasi bilan birga olovda yonib ketishi kerak edi... 
Keksa barahman jasadning tagidagi o‘tinlarga birdan o‘t qo‘yib yubordi. Maxsus moy 
sepilgan o‘tin lovillab yonib ketdi. Kelinchak olov ichida qolayotgan jasadga qarab bir 
talpindi-yu, lekin joni shirinlik qilib, orqaga chekindi. 
Bobur Hindubekka yuzlandi: 
— Nahotki shunday go‘zal kelinchak o‘zini olovga tashlasa? Bu ne jaholat?! Barahmanga 
bizning buyrug‘imizni ayting! Kelinchakni olib ketsin! 
Hindubek otini chu-chulab barahman bilan kelinchakka yaqinlashdi-da, hindchalab bir 
narsalar dedi. Kelinchak Boburga tez o‘girilib qaradi: 
— Fotihlarning podshosi shumi? Mening erimga Shivaning olovini shu odam sochganmi? 
— kelinchak ikki qo‘lini Bobur tomonga cho‘zdi: — Agar senda Shivaning qudrati bo‘lsa 
erimni tiriltirib ber! O‘shanda men ham tirik qolurmen! Sen Shiva bo‘lsang, endi bizga 
rahm qil! Tiriltir! 
Hindubek bu iltijoni tarjima qilganda Bobur sarosima bo‘lib: 
— Hushi joyidami? — dedi. — Men Shiva emasmen! O‘lgan odam endi tirilmagay! 
Kelinchakni qutqaring! 
Bu gaplarning tarjimasini eshitgan kelinchak birdan g‘azablanib qichqirdi: 
— Shiva bo‘lmasang, nechun yolg‘on ovoza tarqatding? Nechun mening erimni 
o‘ldirding?! Endi mening o‘limimga ham sen sababchi bo‘lursen! 
Kelinchak olovga yaqinlashar ekan, Bobur Hindubekka: 
— Ushlang, ushlang! — dedi. 
Hindubek ot ustidan kelinchak tomonga intilib, uni o‘ngarib olmoqchi bo‘ldi. Ammo 
kelinchak Boburga qarata: 
— Ket bosqinchi! Yo‘qol! Yurtingga ket! — deb qichqirdi-da, Hindubekka chap berib, 
o‘zini olovga otdi va erining yonayotgan jasadini quchoqlab oldi. 
Lovullab yonayotgan olov darhol kelinchakning harir kiyimlariga va yelkasida yoyilib 
yotgan qora sochlariga ilashdi. Bobur uning olov ichida achchiq og‘riqdan chinqirib 
yuborganini eshitdi, shunda ham jangchi erining jasadini quchog‘idan qo‘ymayotganini 
ko‘rdi-yu, larzaga kelib, otini orqaga burdi. 
U Jamnaning sokin qo‘ltig‘ida langar tashlab turgan ikki oshiyonlik kemaga tomon otini 
yeldirib borayotganda orqadan esgan shamol olovda kuygan odam tanasining ko‘ngilni 
aynitadigan chuchmal hidini olib keldi. 
Kemaning pastki qavatida bakovul va oshpazlar podshoning tushlik taomi uchun kabob 
pishirmoqda edilar. Bobur kemaning «tolor» deb ataladigan boloxonasiga 
ko‘tarilayotganda, mang‘alda pishayotgan kabobning tutuni va hidi boyagi olovning 
chuchmal hidini eslatdi-yu, birdan ko‘nglini behuzur qildi. U bakovulga o‘girilib: 
— Mang‘alni o‘chirtiring! — dedi. 
— Hazratim, sizga tushlik... 
— Tushlik kerak emas. 
— Ammo kechqurungi ziyofat... 
— Ziyofat qoldirilsin!.. 
Bobur g‘amgin yuz bilan tolorga bir o‘zi chiqib keldi. Hademay pastki qavatga ham jimlik 
cho‘kdi. Shu jimlikda o‘zini olovga tashlagan kelinchakning chinqirig‘i go‘yo qayta eshitila 
boshladi... Panipatdagi harbiy g‘alaba bu chinqiriq ta’sirida Boburga ma’naviy 
mag‘lubiyatdek tuyulib ketdi. Shiva haqidagi rivoyatdan siyosat uchun foydalangani 
ilgari harbiy ishda xatarli asnoda joiz bir choradek ko‘ringan bo‘lsa, endi olovda yongan 
go‘zal kelinchak buning qanchalik g‘ayriinsoniy shafqatsizlik ekanini uning ko‘ziga baralla 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin