Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə280/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
280
xonasida xastalarday shiftga tikilib yotgan edi. Yo‘lda issiqdan terlab-pishib kirgan 
nevarasiga yonidan joy ko‘rsatdi-yu, majolsiz bir ahvolda o‘rnidan turib o‘tirdi. 
Nevarasining bo‘g‘riqqan yuzlariga qarab hol-ahvol so‘rashdi. Yoz bu yil har yilgidan 
ham issiq kelganini aytdi. 
— Fotihlar issiqqa bardosh berolmay o‘layotgani rostmi? — deb so‘radi. 
— Birda-yarim o‘layotganlari bor, — dedi Bahodir. 
— «Hindistonda turmaymiz, salqin joylarga qaytib ketamiz» deyayotganlari-chi? 
— Podshohlari ketgani qo‘ygaymi? Ko‘pchilik uning izmidan chiqmas ekan. O‘zi ham juda 
gapga usta notiq odam ekan. «Ketamiz», deb yurganlarni saroyga to‘plab, shunday bir 
gaplashdiki, hammasi jim bo‘lib qoldi. 
— Sen otangning qotilini... maqtayapsanmi? 
Bahodir eshikka xavotirli ko‘z tashlab qo‘ydi. U o‘zi bilan birga kelgan hamrohlaridan 
xavotirda edi. Buni sezgan malika ovozini pasaytirib so‘radi: 
— Ketingga odam qo‘yganlarmi? 
— Ha, hech kim bilan yakkama-yakka gaplasholmayman. Hamisha yon-verimda 
qo‘riqchilar... Yomonlasam, darrov yetkazadiganlar ko‘p. 
— Qo‘rqma, bu xonada faqat biz ikkalamiz... Ilgari bizga xizmat qilgan odamlardan 
saroyda hech kim bormi? 
— Otamning vaziri Malikdod Koroniy bor... Ke-yin... bizning kutubxonada ishlagan to‘rtta 
olim ham xizmatga olindi. Bilishimcha, Bobur hindistonliklarni o‘ziga el qilmoqchi, ularni 
ishonchini qozonmoqchi. Shuning uchun otamning barcha oshpazlarini saroyga to‘plab, 
to‘rttasini o‘zi uchun tanlab olibdi. 
— Shu bizning oshpazlar pishirgan ovqatlarni Bobur ham yermishmi? 
— Ha, ko‘rganlardan eshitdim. Bobur hindistoniy taomlarni yeyish bilan ham o‘zini 
bizning elga yaqin ko‘rsatmoqchi bo‘lsa kerak. 
Malika ilgari o‘zining itoatida bo‘lgan o‘sha to‘rtta oshpazdan birortasini qo‘lga olish 
mumkinligini o‘yladi-yu kutilmagan bir bardamlik bilan o‘rnidan turib ketdi. Uning qalbini 
o‘rtab yurgan qayg‘u-alamlar endi birdan yangi yo‘l topganday bo‘ldi. Zo‘r intiqom 
tuyg‘usi uning xayollarini bir nuqtaga to‘plab, vujudiga kuch-quvvat berganday bo‘ldi. 
«Agar Bobur o‘ldirilsa, uning odamlari bu yerda turolmaydi: ketadi, mamlakat yana 
o‘zimizga qoladi!» degan o‘y ham uning oshpazlarini qo‘lga olish haqidagi qarorini 
mustahkamladi. Malika og‘zini nevarasinnig qulog‘iga yaqinlashtirib so‘radi: 
— O‘sha oshpazlarni sen ko‘rdingmi? 
— Ko‘rdim. 
— Ularning orasida Ahmad choshnagir yo‘qmi? 
Bahodir buvisining avzoyi o‘zgarganidan allanechuk cho‘chib: 
— Yo‘q, — dedi. — Ahmad choshnagir Agradan Atovaga ketgan. 
Malika Bahodirning eshikka yana xavotir bilan ko‘z tashlab qo‘yganini ko‘rdi-yu, 
kinoyaomuz iljaydi: «Bu nevaram bo‘shroq, ayg‘oqchisi ham ko‘p ekan, sir berib qo‘ysa 
juvonmarg bo‘ladi, men ham niyatimga yetolmayman», dedi o‘zicha va ko‘nglidagi qaltis 
niyatni unga bildirmay gapni boshqa yoqqa burdi: 
— Bizga shunchalik sodiq ko‘ringan odamlar hozir dushmanlarimizga xizmat qilyapti-ya! 
E, bevafo dunyo! Malikdod Koroniy ham, oshpazlar ham hammasi sotilgan! Lekin sen... 
dushmanlar bilan til uchida murosa qilu dilingni otangga sodiq tut! 
— Hali ham shunday, buvijon! — pichirlab dedi Bahodir. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin