Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə302/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
302
Qo‘lyozmani shu ahvolda Xondamirga bersa to‘g‘ri bo‘larmikin? 
— Men o‘ylab ko‘ray, mavlono. 
Bu orada ular Sekri tog‘ining etagidagi buloqqa yaqinlashdilar. Atrofi orasta qilib 
qo‘yilgan suvi muzday buloq Boburning yaxshi ko‘rgan joylaridan biri edi. Shu yerda 
Xondamir ikkovlari otdan tushdilar. 
Tiniq mavjlarga toza qumlar qo‘shilib qaynab chiqayotgan buloq sokin gulzorlarni oralab, 
shildirab oqmoqda edi. 
— Atrof shunday sokin, — dedi Xondamir. — Ko‘l bo‘yida qurilishlar... Bundan ikki yil 
burun shu Sekrida Rano Sango bilan dahshatli janglar bo‘lganini tasavvur etish mushkul. 
Mana shu atroflarda bo‘lib o‘tgan qirg‘inning eng tahlikali damlari Boburning tasavvurida 
qaytadan gavdalandi. O‘shanda u naq o‘limni bo‘yniga olib qo‘ygan edi. 
Zahar asorati hali ketmagan. Bobur asta-sekin darmonga kirib, sog‘lig‘ini tiklayotgan 
kunlarda navbatdagi hayot-mamot kurashi boshlandi. Bu gal eng jangovar rajput 
qo‘shinlarining sarkardasi Rano Sangram Sing to‘qson ming qo‘shin to‘plab, Boburga 
qarshi jangga otlandi. 
Holbuki Bobur Kobulda ekanida Rano Sangram bir necha marta elchilar yuborib, uni 
Hindistonga taklif qilgan va Ibrohim Lodiga qarshi kurashga chorlagan edi. Rano 
Sangram o‘g‘li Bikramaditni oraga qo‘yib tuzgan shartnomada «agar Bobur hazratlari 
bizni Ibrohim Lodi zulmidan xalos qilsalar, uni oliy hukmdorimiz deb tan olurmiz» 
deyilgan joyi ham bor edi. 
Ehtimol, u paytda Rano Sangram Boburni «Hindis-ton issiqlariga bardosh berolmas, 
oladiganini olib qaytib ketsa, mamlakat o‘zimizga qolar», deb o‘ylagandir. Ammo Bobur 
Hindistonda mahkam o‘rnashib, ikki yildan buyon katta qurilishlar qilayotgani va ulkan 
bog‘lar, toshhovuzlar, qasrlar bunyod etayotgani Rano Sangramning avvalgi umidini 
puchga chiqardi. Surishtirib qarasa, Boburning qo‘shini hali ham o‘n besh mingdan ortiq 
emas. Rano Sangram esa barcha rajput roa va ranolari bilan til biriktirib, bundan olti 
barobar ortiq qo‘shin to‘pladi. Yana Ibrohim Lodining ukasi Mahmud Lodi ham yigirma 
ming suvoriy bilan unga yordamga keldi. Rano Sangram mingdan ortiq jangovar filni 
oldinga chiqarib, yo‘lida uchragan to‘siqlarni parchalab, yanchib, Bobur tomonga bostirib 
kela boshladi. Ichkarida fitna, xiyonat. Bobur laxo‘rlik Olamxonni ikki ming qo‘shin bilan 
Gvalior himoyasiga yuborgan edi, u odam yo‘lini bexatar tomonga burib, askari bilan 
Panjobga qochdi. Hasanxon degan yana bir afg‘on sarkardasi olti yuz navkari bilan 
Bobur qarorgohidan yashiriqcha chiqib, tunda dushmanga borib qo‘shildi. 
Shuning ustiga Muhammad Sharif degan munajjim: 
«Mirrix g‘arb tomonidadir, osmondagi yulduzlar bizning mag‘lubiyatimizdan darak 
bermoqda», deb ovoza tarqatdi. Beku navkarlarni vahima bosganini sezgan Bobur Sekri 
ko‘li yaqinidagi qarorgohga besh yuzdan ortiq odamlarini yig‘di. 
Doshqozonlarda palov pishmoqda. Dasturxonlarga noz-ne’matlar, oltin-kumush 
surohiylar qo‘yilgan. Soqiylar xumlarda kuch yig‘ib yotgan maylardan ko‘zachalarini 
to‘ldirib olishmoqda. Ulardan biri ikkinchisiga shivirlab deydi: 
— Ertaga yana qirg‘in urush bo‘larmish. Shunday paytda ichkulik bazmi ko‘ngillariga 
qanday sig‘arkin? 
Ikkinchi soqiy e’tiroz qiladi: 
— Ichkulik odamni botir qilgay, g‘am-g‘ussani unutdirgay! Xumda xosiyat ko‘p. 
Ba’zi beklar ham: «Jangchilarning kayfiyatini may bilan ko‘tarmoq kerak!» deb, 
bazmning tezroq boshlanishini sabrsizlik bilan kutmoqda edilar. Hatto shahzodalardan 
Humoyun bilan Askariy ham xatarli urush oldidan to‘yib kayf qilish umidida edilar. Bobur 
o‘g‘illarining otadan ibrat olib allaqachon may ichishga o‘tganlarini hozir yana bir og‘rinib 
his qildi-yu, ko‘pdan beri ko‘ngliga tukkan niyatini shu qirg‘inbarot arafasida amalga 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin