Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
55
Odatga binoan, bu behisob qo‘y va yilqilarning beshdan biri podshoh ixtiyoriga o‘tar, 
qolgan to‘rt qismi hamma bek va mulozimlarga taqsimlanar edi. Shuni bilgan beklar 
go‘yo osmondan tushayotgan bu katta boylikka qarab sevinchlarini yashirolmas edilar. 
Bobur otini tog‘dan kelayotgan askarlar tomonga burib, jilovini bo‘shatdi. Bedov ot 
qushday uchib bora boshladi. Boshqalar ham Boburning ketidan ot choptirib ketdilar. Bir 
qir o‘tib, ikkinchisiga ko‘tarilganlarida, narigilar ham bularni ko‘rib, burilib kela 
boshladilar. Bobur baland bir joyda otini to‘xtatdi. 
Askarlarning oldida kelayotgan Ahmad Tanbal zirhli kiyimda edi. Yelkasi va ko‘kragini 
yopib turgan jibaning temiri oftobda yiltirardi. Uning bo‘yniga yoy o‘qi tek-kan, yarador 
joyini yashil mato bilan bog‘lab olgan edi. O‘zi ozib, mo‘g‘ulcha yonoqlarining suyaklari 
yana ham bo‘rtib chiqqan. U Boburdan ellik qadamcha narida otdan tushib, qo‘l 
qovushtirib keldi-da, yer o‘pib yukundi: 
— Mirzo hazratlariga yog‘iylik maqomida bo‘lgan chagraklar o‘lpon to‘lashdan bosh 
tortganlari uchun o‘n olti ming qo‘ylari, ikki yarim ming yilqilari jarima tarzida tortib olib 
kelindi! 
— Chopqin talafotsiz bo‘ldimi? 
Mirzo hazratlari, bizning uch yigitimiz halok bo‘ldi, o‘n kishi yaralandi. Ammo biz 
yog‘iylardan buning qasdini oldik! 
Ahmad Tanbal oldingi safda turgan yigitlaridan biriga ishora qildi. Ayiqtaxlit, qo‘pol bir 
yigit egarining ustida do‘mpayib turgan xurjunni oldi-da, podshohga yaqinlashdi. 
Olachadan tikilgan xurjunning hammayog‘i qon edi. Ayiqtaxlit yigit Ahmad Tanbalning 
ishorasi bilan xurjunning har ikki ko‘zini to‘ldirgan narsani yerga ag‘dardi. O‘n-o‘n beshta 
odam kallasi ko‘katlar va lolaqizg‘aldoqlar ustiga yumalab tushdi. Bobur kallalarni 
ko‘rgan zahoti: «Chagraklar ham bizning odamlarga o‘xshar ekan-ku!» degan o‘ydan eti 
junjikib ketdi. Chorvador turkiy qabila bo‘lgan chagraklar ham Boburning vatandoshlari 
ekanligiga, hammalari bir el, bir ulusdanligiga uning ishongisi kelmas edi. Chunki 
chagraklar uning hukmiga bo‘ysunmas, yuborgan kishilarini qo‘lda qilich bilan qarshi 
olishardi. Mana endi o‘zlari qilichning tig‘idan o‘tib, boshlari oyoq ostida ag‘anab yotibdi. 
Bu jonsiz boshlardan birining soqoli yo‘q, ko‘k-sarg‘ish yuzi silliqqina, mo‘ylovi endi chiqa 
boshlagan. Bobur uning o‘n yetti-o‘n sakkiz yoshli yigit bo‘lganini payqadi-yu, engagi 
tagidan kesilgan go‘sht aralash qonli bo‘yniga qarab, ko‘ngli birdan behuzur bo‘ldi. 
Yordam so‘raganday, o‘ng tomonidan turgan Qosimbekka qaradi. 
Sulton Ahmad Tanbal ham, uning otliq askarlari ham Boburdan maqtov va mukofot 
kutmoqda edilar. O‘n olti ming qo‘y, ikki yarim ming yilqi hazilakam boylik emas edi. 
Uch yigit o‘lgan bo‘lsa, ularning qasdiga o‘n besh-yigirmata yog‘iyning boshini kesib 
kelish ham shu turganlarning odatiga binoan mardona ish hisoblanar, buni 
taqdirlamaslik esa adolatsizlik sanalar edi. 
Qosimbek Boburning yuzi oqarib ketganini ko‘rib hayron bo‘ldi. Uning fikricha, kesik 
kallalar Boburga bunchalik ta’sir qilmasligi kerak edi. Bultur Samarqand urushida yosh 
podshoh bunday boshlarni ko‘p ko‘rgan edi. Odatda: «Falonchi yuzta yog‘iyni o‘ldiribdi», 
deb quruq maqtasalar uncha ishonarli bo‘lmaydi, chunki ozgina ishni ko‘p qilib ko‘rsatib, 
lof uradigan bek va navkarlar ham bor. Jangchining xizmati ishonarli bo‘lishi uchun 
o‘ldirilgan dushmanlarining boshini kesib kelib hisob berish eskidan odat tusiga kirgan. 
— Amirzodam, — deb shivirladi Qosimbek. — Qulingiz so‘zlayinmi? 
Bobur tasdiq ma’nosida bosh irg‘adi. Qosimbek yuzini Boburga yaqinroq keltirib, yana 
eshitilar-eshitilmas qilib so‘radi: 
— Mukofotiga qilich bersak... Rozimisiz? 
Boburning yarog‘bardori olib yurgan tig‘lar orasida yoyday egik katta bag‘dodiy qilich bor 
edi, Bobur bir-ikki marta taqqanda juda og‘ir tuyulgan edi. Boburning nigohi shu qilichda 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin