Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
57
boshlagan Ahmad Tanbal ovozini xiyol ko‘tarib. 
Uning bu so‘zlari Boburning qulog‘iga ham chalindi. Bugun tog‘dan haydab tushilgan 
behisob qo‘y va yilqilar saroy ahlining Samarqandga yurish qilish ishtiyoqini yana ham 
oshirib yuborgani Boburga tobora aniq sezilmoqda edi. Ilgari ham ularning bu 
ishtiyoqlariga qarshi borish qiyin edi. Ammo hozir bek va navkarlarning Samarqandga 
intilishi — tog‘ daryosining yuqoridan pastga qarab otilishiga o‘xshardi. Bu daryoni 
orqaga qaytarish hech kimning qo‘lidan kelmasdi... 
____________ 
* M a v k a b — podshoh va uning barcha a’yonlari, yaqinlari. 
* H a f t k o r — yetti xil rang.
6 
Oqish suvli jo‘shqin Burasoy O‘sh qal’asining tosh yotqizilgan poydevoriga bosh urib
ko‘pirib o‘tadi. Soyning o‘ng betidagi serdaraxt mahallada mavlono Fazliddin bulturdan 
beri istiqomat qilayotgan peshayvonlik mo‘’jaz bir uy bor. Uning oldidagi besh-oltita nok 
va behi daraxtlari hozir oppoq bo‘lib gullab turipti. Hovlining chetidagi bostirmaga ikkita 
ot bog‘lab qo‘yilgan. Berigi yoqdagi oyoqlari uzun to‘riq qashqa otni anjomlari bilan 
Bobur mirzo in’om etgan edi. Mavlono Fazliddin podshohning xos me’mori qilib 
tayinlangan, unga yaxshigina ulufa* belgilangan edi. Buning hammasidan mavlono 
Fazliddin o‘zida yo‘q xursand bo‘lib yurgan edi. Biroq keyin ba’zi bir noxush xabarlarni 
eshitib, ko‘ngli g‘ash torta boshladi. 
Mavlono Fazliddin Andijonda qurmoqchi bo‘lgan katta imoratlarini shu bu yil yozdayoq 
boshlash orzusida edi. Bobur mirzo ko‘rsatgan marhamatlar bu orzuning ro‘yobga 
chiqishiga yo‘l ochganday bo‘lgan edi. Hatto Bobur mirzoning o‘zi uni borgohda qabul 
qilib, qanaqa madrasa, qanday xonaqoh va kutubxonalar qurish haqida gaplashgan, 
mavlononing bu haqdagi takliflarini ma’qullagan, «Xonzoda begim biz yo‘g‘imizda 
mutasaddi bo‘lurlar, rejalarni butun tafsilotlari bilan tuzib, begimga ko‘rsatursiz», degan 
edi. Ish ustida yana Xonzoda begim bilan uchrashishini o‘ylaganda, mavlononing qalbida 
qo‘rquv aralash shirin bir hayajon qo‘zg‘alar edi. 
Biroq Bobur yaqinda yana Samarqandga qo‘shin tortib bormoqchi ekanligi, davlatning 
butun kuchi shunga ketib, qurilishlar noma’lum vaqtga kechiktirilishi ma’lum bo‘ldi. Agar 
Bobur Samarqandni ololmay, urushda yengilsa, unda mavlononing barcha orzulari o‘z-
o‘zidan puchga chiqadi. Agar Bobur Samarqandni olsa, tabiiy, o‘sha yerda podshoh bo‘lib 
qoladi. Keyin u Farg‘ona vodiysida katta qurilishlar qiladimi, yo‘qmi? Odatda, podshohlar 
qayerni poytaxt qilsalar, o‘sha yer ko‘proq obod bo‘ladi. Andijon yana poytaxt bo‘lishi 
gumon. Demak, mavlononing bu yerda qilmoqchi bo‘lgan ishlari, barcha rejalari qum 
ustiga qurilganday omonat. 
Hozir ayvonda eski handasa va riyoziyot kitoblarini titkilab, kerakli bir jadvalni 
axtarayotgan mavlono mana shu narsalarni o‘ylab, ta’bi tirriq bo‘lmoqda edi. 
Bir payt darvoza ustma-ust taqilladi. Bostirmada otlarning tagini tozalayotgan keksa 
xizmatkor yog‘och kuragini devorga suyab qo‘yib, darvozaga qarab o‘tdi. Birpasdan 
so‘ng xizmatkor ayvonning oldiga qaytib keldi-yu: 
— Mavlono, bir kimsa huzuringizga kirmoqchi. 
— Kim? 
Kiyimi uvada, o‘zi bahaybat bir yigit. «Jiyanlari bo‘laman», dedi, ammo men sizdan 
beruxsat kirgazmadim. 
— Jiyanim? Shoshmang-chi! — deb, mavlono o‘rnidan turdi. Yalang oyog‘iga charm 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin