Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
75
navkarlarning yarmi ham qolmadi. Odami juda siyraklashib qolgan Bobur ketganlarni 
qaytarib kelish uchun eng sodiq beklardan birini Andijonga yubordi. Biroq oradan 
yigirma kun o‘tgach, bu bekni Ahmad Tanbal va uning tarafdorlari Andijon bilan Axsi 
oralig‘ida tutib olib o‘ldirganligi haqida xabar keldi. Farg‘ona vodiysida yomon bir fitna 
boshlanganiga endi shubha yo‘q edi. 
Fitnachi beklarning bir qanchasi Xo‘ja Abdullaga qo‘l berib, unga murid bo‘lganliklari 
ma’lum edi. Bobur Qosimbek bilan maslahatlashib, oxiri Xo‘ja Abdullani Andijonga 
yubordi. Bobur taxtga o‘tirgan kezlarda Xo‘ja Abdullaning gapiga kirgan Uzun Hasan va 
boshqa fitnachi beklar bu gal uning nasihatlariyu va’dalariga mutlaqo quloq solmadilar. 
Nihoyat, fitnachilar Andijonga hujum qildilar. Xo‘ja Abdulla boshliq sodiq beklar shahar 
darvozalarini berkitib, qamalda qoldilar. 
* * * 
Bu mudhish xabar Samarqandga yetib kelganda Bobur qattiq betob bo‘lib, 
Bo‘stonsaroyning ikkinchi qavatidagi xobgohda isitmalab yotgan edi. Andijondan kelgan 
chopar o‘ram qilib so‘rg‘ichlangan maktubni yasovulga ko‘rsatdi-yu, ammo bermadi: 
— Hazrati xonim «amirzodaning o‘z iliklariga bering», deb buyurganlar! 
Bobur har kuni necha qayta: «Andijondan chopar bormi?» — deb so‘rar edi. Yasovul 
choparni darhol yuqoriga boshladi. 
Xobgoh eshigi oldida ularni Boburning shaxsiy tabibi bo‘lgan kichik jussali mo‘ysafid 
to‘xtatdi: 
— Bu kitobatni avval Qosimbek o‘qimoqlari kerak. Agar xushxabar bo‘lsa, keyin 
amirzodamga berursiz. 
— Onalari, buyurganlar, ustodlari Xo‘ja Abdulla ham tayinlaganlar, amirzodamning 
o‘zlari o‘qimoqlari kerak. 
— Yomon xabar Mirzo hazratlarini xarob qilishi mumkin! — dedi tabib kuyunib. — Asli 
o‘zlari tumovlab tuzalish arafasida edilar. Tashvish ustiga iztirob, iztirob ustiga kulfat, 
hammasi qo‘shildi-yu, muolajani oxiriga yetkazmay turib ketdilar. Mana bugun uzlikib 
ahvollari og‘irlashib yotibdilar! 
— Andijon xavf ostida. Agar tezroq bildirmasak, keyin kech bo‘lur, bizdan norozi 
bo‘lurlar! 
— Yo‘q, men hozir ijozat bermaydirmen! 
— Janobi tabib... 
— Yo‘q, yo‘q! 
Bu bahs ichkarida yotgan Boburning qulog‘iga chalindi. U baland tovush bilan: 
— Chopar bo‘lsa kirsin! — deb buyurgandan keyin, tabib choparga yo‘l berdi. 
Bobur katta tanobiy xonaning to‘rida yerdan bir gazcha baland qilib solingan parqu 
to‘shakda yotgan edi. Chopar to‘shakdan ancha berida yukundi-da, tizzasida sirg‘alib 
borib, maktubni Boburga ikki qo‘llab uzatdi. 
Isitmaning zo‘ridan bo‘g‘riqib yotgan Bobur yonboshga turib, maktubni titroq qo‘llari 
bilan ochdi. Ichma-ich ikkita xat. Birida Xo‘ja Abdullaning imzosi. Birini Qutlug‘ Nigor 
xonim yozgan. Ular ikkovi ham Andijonning dahshatli ahvoli, qamal tafsilotlari haqida 
yozishgan. Boburdan boshqa najotkorlari yo‘qligini aytishib, tezroq yetib kelishini iltijo 
qilishgan edi. 
Andijon qurshovda! Fitnachi beklar Andijon taxtiga Jahongir mirzoni o‘tkazmoqchilar. 
Ahmad Tanbalni lashkarboshi qilishib, Boburdan ota yurtini tortib ol-moqchilar! Bobur 
ularni bunchalikka boradi, deb hech o‘ylamagan edi. To‘satdan uning ustidan bir chelak 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin