Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
76
sovuq suv quyilganday bo‘ldi-yu, a’zoyi badani muzlab, bo‘shashib, boshi yostiqqa 
«shilq» etib tushdi. Tamom! 
Tanbal bilan Jahongir g‘alaba qilsa, ularning tomoniga qochib o‘tuvchilar yana ko‘payadi. 
Bobur kim bilan qoladi? Balki hozir ham Tanbal tomonga qochib o‘tayotganlar bordir? 
Balki Qosimbekning o‘zi ham... Kutilmaganda xayoliga kelgan bu o‘ydan Bobur shunday 
dahshatga tushdiki, butun kuchini to‘plab, o‘rnidan sapchib turdi: 
— Qosimbek qani??! 
— Hozir kelurlar, odam yubordik, — dedi tabib muloyim tovush bilan. — Amirzodam, 
yoting, sizga orom kerak! 
Boburning xasta xayolida birdan qilich tutgan Tanbal gavdalandi. Bobur bu qilichni 
tanidi. O‘shda Tanbal shu qilichni o‘pib, «to o‘lgunimcha sodiq qulingizman», degan edi. 
Tanbal o‘sha qilichni hozir go‘yo Boburning boshi ustida o‘ynata boshladi... Tanbalning 
oyog‘i os-tida tog‘dan xurjunga solib kelingan kallalar yumalab yotipdi. Ularning biri 
tanishga o‘xshadi. Qutlug‘ Nigor xonimning boshi... Bobur alahsirab ko‘z oldiga keltirgan 
bu qo‘rqinchli xayol uni go‘yo to‘shakdan otib yubordi. U gilam ustida ichki kiyimda oyoq 
yalang turganicha: 
— Shamshirni bering! — deb qichqirdi. — Menga shamshirni bering! 
Tabib uni mahkam quchoqlab oldi: 
— Amirzodam, xastasiz, yotmog‘ingiz kerak... Amirzodam! — Tabib Boburni go‘yo 
Tanbalning qilichiga tutib bermoqda edi. Bobur uning quchog‘idan yulqinib chiqib eshikka 
intildi: 
— Ot keltiring! Men Andijonga boramen! Shamshir qani? Beklarga xabar bering! Tezroq 
tayyorlansinlar! 
Tabib uning ketidan yugurdi. Dastorpech Boburning kimxob to‘nini olib borib yelkasiga 
yopdi, oyog‘iga kavushini berdi. Bobur kavushning bir poyini kiydi-yu, ikkinchisini 
kiyishga toqati yetmadi. Uning boshi gir-gir aylanar, havo yetishmay, nafasi qisilar edi. 
Ko‘z oldida hamon o‘sha qonli qilich va kesik kallalar. 
— Xoin! — dedi u Tanbalga qarata. — Qonxo‘r! 
Bobur ayvon eshigiga qarab chopdi. Lekin eshik oldida gandiraklab yiqildi. Tabib bilan 
dastorpech uni behush ahvolda to‘shakka ko‘tarib kelib yotqizishdi. 
So‘ng u yarim kechaga borib sal hushiga keldi. Ko‘zini ochib, og‘ziga paxtadan suv 
tomizayotgan tabibni ko‘rdi. Nazarida, tili shishib, shunday katta bo‘lib ketgan ediki, 
butun tanasini tog‘day bosib yotardi. Bobur ko‘zini ochganini sezib, Qosimbek uning 
tepasiga keldi: 
— Xayriyat-e!.. Amirzodam, bizni muncha qo‘rqitdingiz? 
Bobur ko‘zlari mo‘ltirab nimadir demoqchi bo‘ldi, ammo behad og‘irlashib ketgan tilini 
qimirlatolmadi. 
— Endi yaxshimisiz, amirzodam? 
Bobur jim. Qaraydi-yu, gapirolmaydi. Uning tildan qolganini sezgan Qosimbek ko‘zidan 
tirqirab chiqqan yoshni ko‘rsatmaslik uchun yuzini chetga burdi. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin