Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
88
Egar-jabduqlaridagi oltin bezaklari quyosh nurida yalt-yalt qilayotgan bo‘z otni jilovdor 
yetaklab keldi. 
Qosimbek unga: 
— Qayt! — dedi-yu, Boburga mahofada tinchgina ketaverishni maslahat berdi. 
U bilan tabib Boburning yana uzlikib qolishidan astoydil qo‘rqmoqda edilar. Ammo Bobur 
otni orqaga yetaklab ketayotgan jilovdorga kulib qaradi-yu: 
— Yo‘-yo‘q, otni k-kell-tiring! — dedi. 
So‘ng Qosimbekka ham kulimsirab gapirdi: 
— X-xa-vo-otir olm-mangiz! 
Jilovdor otni yana mahofa oldiga yetaklab keldi. Mahofa to‘xtadi. Bobur uning zinasiga 
oyoq qo‘yib, bo‘z otning egaridan oldi-yu, bir sakrab otga mindi. Jilovdor bundan zavqi 
kelib jilmaydi va jilovning uchini Boburning qo‘liga tutqazdi. 
Qosimbek Boburni ortdan sinchiklab kuzatib boradi, agar uning behol bo‘lgani sezilsa, 
darhol yordamga yetmoqchi bo‘ladi. 
Ammo Jizzaxga yetib bordilar hamki, ot ustidagi Boburning behol bo‘lgani sezilmadi. 
Kichikligidan ot minib suyagi qotgan chavandoz so‘nggi kunlarda suvorilikni juda 
sog‘ingan edi. Mahofaning yumshoq parqullari unga xastalik to‘shagini eslatardi. 
Tagidagi bo‘z otning sho‘x qadam olishi va sog‘lom bir qudrat bilan o‘ynoqlashi esa 
Boburning a’zolarida anchadan beri mudrab yotgan yoshlik kuchlarini uyg‘otganday 
bo‘lardi. U otliq yurgan sari badani yayrab, bahri-dili ochilib borardi. 
Jizzaxdan naridagi ko‘kalam adirlarga o‘tib tunash uchun to‘xtadilar va ikki joyga chodir 
tikdilar. Boburning bugun otliq yurgani va o‘zini juda sog‘lom sezayotgani haqidagi xabar 
xolasi bilan qallig‘iga ham yetib borgan edi. 
Mehr Nigor xonimning kuyovga xola, ayni choqda, qizga ona ekani sovg‘a-salom 
yuborish va bordi-keldi qilish uchun qulay edi. Namozshom paytida Mehr Nigor 
xonimning eshik og‘asi Bobur mirzoga sovg‘a olib keldi: chiroyli zarbof to‘n, oltin kamar, 
kumush dastali qimmatbaho qamchi. To‘n — Boburning tuzalish shodiyonasi. Kamar — 
«kuyovning beli yana ham baquvvat bo‘lsin», degan tilakni bildiradi. Qamchi — bugun 
Bobur otliq yurgani tufaylimikin? Yoki «Podshoh otini qamchilab, tezroq Andijonga 
yetsinu yog‘iylarni savalasin!» degan ma’nosi ham bormikin? Nima bo‘lganda ham Bobur 
bu sovg‘alardan juda ta’sirlanib ketdi. 
Ertaga ular xayrlashishlari kerak. Toshkent yo‘li shimolga burilib ketadi. Bobur 
tomonidan ham sovg‘a yuborilishi lozim. Biroq ayollarga yoqadigan qimmatbaho 
matolaru taqinchoqlarni ular qayerdan topishadi? Hammalari erkaklar. Qo‘ngan joylari 
ham cho‘l. Qosimbek shuni Boburga aytib: 
— Kumush laganlarda oltin pul yubora qolsakmikin?— dedi. 
Bobur esa shu lagan va oltinlarni bugun bo‘sh qolgan mahofaga solib yuborishni taklif 
qildi. 
— Mahofa ham sovg‘a bo‘lsinmi? Balki ertaga o‘zingiz mahofada yurursiz, amirzodam? 
— Xu-xudo xohl-lasa, yur-masmen. 3-zaifalar yurs-sinlar. 
So‘nggi gapni Bobur buyruq ohangida aytdi, shuning uchun Qosimbek boshqa e’tiroz 
qilolmadi. 
Ertasi kuni ertalab ikki muhtasham mahofa ko‘ch ortilgan tuyalaru aravalari bilan birga 
shimol tomonga burilib, Mirzacho‘l orqali Toshkentga yo‘l oldi. 
Bobur o‘z qo‘shinidan yuz kishini qo‘riqchilikka ajratgan edi ular ham mahofalar bilan 
birga uzoqlashib keta boshladilar. 
Andijon yo‘lidan chetroqda katta bir qorovultepa ko‘rindi. Bobur yolg‘iz o‘zi shu tepaning 
ustiga ot qo‘yib chiqdi-da, egardan tushdi. Otining jilovidan tutganicha cheksiz cho‘lda 
tobora kichrayib borayotgan mahofalarga ancha vaqt tikilib turdi. Go‘yo u shu turishda 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin