Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
9
— Boshqa ilojim yo‘q. Meni ma’zur tuting, janob bek. Bunday taklif bilan kelish siz uchun 
ham xatardan xoli emas! 
— E, men buzdillardan* emasmen! — deb Ahmad Tanbal qahr bilan o‘rnidan turdi va 
yirik tishlarini irjaytirib qo‘shib qo‘ydi: — Lekin siz mening shaxtimni qaytarganingiz 
uchun hali pushaymon bo‘lursiz! 
Bu tahdid mana endi to‘rtta bosqinchining qiyofasiga kirib, qorong‘ida uning uyiga 
bostirib kelgan bo‘lsa ajab emas. Qurolsiz, navkarsiz mulla Fazliddin Ahmad Tanbalday 
yuz-ikki yuztadan qurolli yigitlari bor beklarga qanday bas keladi? Lekin «bo‘lari bo‘ldi», 
deb indamay yuraversa, bu quturgan bek ertaga beshbattar yomonliklar qilishi mumkin 
emasmi? 
Mulla Fazliddin ertalab podshoh in’om qilgan to‘bichoq otni mindi-da, shahar dorug‘asi* 
qabul qiladigan mahkamaga yo‘l oldi. Uzun Hasan ismli ingichka, novcha dorug‘a 
askarlikka odam olish va shaharni yaqinlashib kelayotgan dushmandan himoya qilish 
tashvishi bilan band ekan. Mulla Fazliddinning arzini qayoqqadir ketmoqchi bo‘lib 
shoshilib turgan paytda tingladi-da: 
— Tarhlaringizga tegmay, hamyoningizni olib ketgan bo‘lsa, bu — to‘qaydan chiqqan 
o‘g‘rilarning ishi, — dedi. — Yog‘iy tashvishidan qutulsak, to‘qaylarni o‘g‘rilardan 
tozalagaymiz... Hozir ahvolni ko‘rib turibsiz!.. 
Qo‘l qovushtirib tikka turgan mulla Fazliddin dorug‘aga yaqinroq keldi: 
— Mening boshqa gumonim bor, janob dorug‘a, — dedi. So‘ng Ahmad Tanbalning surat 
chizdirmoqchi bo‘lganini, rad javobi olganda esa achchiqlanib ketganini aytib berdi. 
— Kimning surati? — deb dorug‘a qiziqib qoldi. 
Mulla Fazliddin Xonzoda begimning nomini tilga olishga qo‘rqdi. 
— Parilar suratimidi? Yaxshi tushunmadim.
— Sandig‘ingizda parilar surati bormidi? Bosqinchilar shuni olib ketibdirmi? 
— Surat o‘zi bo‘lmasa neni olib ketsin! Men hazrati oliylari buyurgan madrasa tarhini 
chizish bilan bandmen. Suratkashlikka vaqtim yo‘q. Sandiqda xomaki loyihalarim bor 
edi, xolos. 
— Ular joyida qolganmi, axir? Undoq bo‘lsa Ahmadbekdan nechun gumonsiramoqdasiz? 
— Sababini aytdim, janob dorug‘a! Taftish o‘tkazishingizni so‘raymen! 
— Ahmadbek — sultonlar avlodidan ekanini unutgan bo‘lsangiz, men eslatib qo‘yay. 
Hazrati oliylarining katta xotinlari Fotima begim Ahmadbekka qarindosh bo‘lurlar. Fotima 
begimning chaqirig‘i bilan Sulton Ahmadbek bugun azonda poytaxtimiz Axsiga ketdilar. 
«Agar o‘sha bek sandiqdagi suratlarni qo‘lga tushirsa, Axsiga eltib, podshoh oilasiga 
ko‘rsatmoqchi bo‘lganmi?— degan o‘y mulla Fazliddinning ichini muzlatib o‘tdi. — Bular 
mening qonimga shunchalik tashnami? Balki Ahmad Tanbal Xonzoda begimni ham shu 
surat orqali qo‘lga tushirmoqchidir? Hali uylanmagan bu bek podshoga kuyov va 
Xonzoda begimdek go‘zal qizga er bo‘lishni jon-dili bilan istasa kerak!» 
O‘rgimchak to‘riga o‘xshash yopishqoq bir balo atrofini o‘rab kelayotganini sezgan mulla 
Fazliddin jon-jahdi bilan bu to‘rni yirtib chiqib ketishga urindi: 
— Janob dorug‘a, men sizdan adolat istab keldim! Podshoh hazratlari meni sizning 
himoyangizga topshirgan edilar! Agar bosqinchilarni topib jazo bermasangiz, men 
podshoh hazratlarining huzurlariga panoh istab ketishga majbur bo‘lurmen! 
— Ammo shuni bilingki, janob me’mor, hazrati oliyning huzuriga sizdan ham oldin ba’zi 
bir gaplaringiz yetib borishi mumkin! 
— Ya’ni, qaysi gaplarim, janob dorug‘a? 
— Ba’zi me’morlar o‘zlarini podshohlardan ham baland qo‘yarmishlar. «Bu taxtu 
saltanatlar benomu nishon yo‘qolur, faqat me’moru musavvirlar yaratgan zo‘r san’at 
asarlari tirik qolur», degan gustoxona aqidalar bizga ma’lum! 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin