Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
93
muhridagi «Rosti-rasti», ya’ni «Kuch — adolatdadir» degan so‘zlar qilichning po‘latiga 
qadama tarzida mustahkam qilib bitilgan edi. 
Bu qisqa so‘zlarni o‘qiganda negadir Boburning eti jimirlab ketdi, dilida qo‘zg‘algan kuchli 
bir tug‘yondan entikdi, olmos yozuvni ko‘zlariga surib, o‘pdi. 
Qilich uncha og‘ir emas edi. Bobur uni beliga taqqanda atrofidagi hamma narsa ko‘ziga 
boyagidan boshqacha — allanechuk sokin va salobatli ko‘rindi. 
— Onajon, siz menga yangi bir ruh ato qildingiz! 
— Bobokaloningizning ruhi sizga madadkor bo‘lsin, o‘g‘lim! Bu qilichni Mironshoh 
bahodirdan so‘ng otangizning otalari Sulton Abusa’yid bahodir taqqan ekanlar. 
Inshoolloh, siz ham bobolaringizdek bahodir bo‘lg‘aysiz! 
— Aytganingiz kelsin! 
— Xudo rahmati Abusa’yid bobongiz vafot etganlaridan so‘ng qolgan meroslari o‘g‘illari 
orasida taqsim etilur. Katta o‘g‘illar oltinu javohir to‘la sandiqlarni tala-shib olurlar. 
Ammo sizning jannatmakon otangiz mana shu sandiqdagi qilich bilan xotirotlar bitilgan 
daftarlarni afzal ko‘rurlar. Chunki bu xotirotlarda Amir Temur hazratlarining ko‘rgan-
kechirganlari bitilmishdir. Xonzoda, qizim, siz o‘qib ko‘rdingiz, shekilli? 
— Ha, Sohibqiron bobomiz yigitlik paytlarida chingiziylar hukmronligiga qarshi chiqqan 
ekanlar. El-yurt Samarqandda Temurbekni o‘z hukmdorlari, deb e’lon qilgan ekan. 
Chingiziylarni yurtimizdan quvmoqchi bo‘lganlar ko‘p ekan. Bundan g‘azablangan Tug‘luq 
Te-murxon bilan uning o‘g‘li Ilyosxo‘ja Mo‘g‘ulistondan ellik ming qo‘shin bilan kelib, 
Temurbek tarafdorlarini qirg‘in qilurlar. Temurbekning o‘zi Qoraqum, Qizilqum 
sahrolarida, Xisoru Badaxshon tog‘larida olti yil quvg‘inda yurib, kuch to‘playdirlar. 
Bobur bu hodisalar haqida otasidan ham ko‘p maroqli hikoyalar eshitganini esladi. 
Ayniqsa Temurbekning suyukli yosh xotini O‘ljoy Turkon og‘a bilan eng og‘ir damlarda 
birga bo‘lgani, goho xotinini otiga mindirib, o‘zi qum sahrosida piyoda yurganlari yosh 
Boburga kuchli ta’sir qilgan edi. 
Shuni biladigan Xonzoda begim inisiga mehri toblanib tikildi: 
— Sizda ham Sohibqiron bobokaloningizdagi jo‘mardlikdan bor, amirzodam! — dedi. — 
O‘shdagi tajovuzdan meni qutqarganingizni umrbod unutmagaymen! Bo‘lajak kelinimiz 
Oyisha begimni siz Samar-qanddan yog‘iy asoratidan xalos qilib, bizga xayrixoh 
Toshkentga kuzatib qo‘yibsiz. Bu ham bir jo‘mardlik emasmi? Yetti oy qamal azobini 
tortgan samarqandliklarga oshlik tarqatibsiz, urug‘ligi qolmagan dehqonlarga bahorda 
urug‘lik keltirib beribsiz. Bu hammasi— dilingizda adolat tuyg‘usi kuchli ekanidan 
dalolatdir. Belingizdagi qilichga Sohibqiron bobokaloningizning «Kuch — adolatdadir» 
degan hikmatlari bejiz bitilmagan. Ahmad Tanbalning o‘n ming askari bo‘lgani uchun u 
hozir «Men kuchlimen!» deb yuribdir. Ammo yolg‘onning umri qisqa! Ahmad Tanbal 
Andijonni aldamchilik bilan egalladi, sizni «o‘ldi» deb ovoza tarqatdi. Siz sog‘-salomat 
qaytganingizni odamlar hademay bilurlar, Tanbalning yolg‘oni fosh bo‘lur. Uning 
zolimligidan hamma bezor bo‘ladigan kunlar kelur. 
— Ana o‘shal kunlar kelguncha sabr-bardoshli bo‘ling, Boburjon, — dedi onasi. — 
Sohibqiron bobongiz mana shu Xo‘jandga ham necha bor kelganlar. Sirdaryodan necha 
marta o‘tganlar, vaziyat yetilishini yillar davomida kutganlar, axiyri adolat g‘olib chiqqan 
kunlarga yetganlar. Siz ham yetursiz, ishoning! 
— Ishondim, onajon! Siz bilan egachim mening dilimda o‘chib qolgan umid chiroqlarini 
qayta yondirganday bo‘ldilaringiz. Minba’d men doim Sohibqiron bobokalonimizdan 
saboq olib ish tutgaymen! 
Onasi in’om qilgan buyuk meros chindan ham Boburning dilini ravshan qilib yuborgan 
edi. Ular kelib tushgan bog‘da o‘riklar oppoq bo‘lib gullagani endi uning ko‘ziga 
tashlandi. Daryo bo‘yidagi qalin chakalakzorda bulbullar basma-bas sayrayotgani 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin