11-bob. Musobaqa natijalari yuzasidan berilgan
murojaatlarni ko‘rib chiqish
45. Musobaqa tugaganidan so‘ng e’tiroz bildirayotgan trener yoziladigan e’tiroz
to‘g‘risida raqib jamoa va bosh hakamni awaldan ogohlantirishi kerak va bu haqda hakam
musobaqa qaydnomasiga yozib qo‘yishi lozim.
46. Bosh murabbiy imzosi bilan tasdiqlangan e’tiroz uchrashuv yakunlangandan
so‘ng 3 soat davomida hujjatlar musobaqa hakamlar hay’atiga yuboriladi.
47. Norozilik bildirmoqchi bo‘lgan jamoa rahbari o‘yin tugagandan so‘ng bosh
hakamni va jamoasi vakilini norozilik bildirmoqchi ekanligidan ogohlantiradi. Norozilik
xati pullik badal 3 (uch) million so‘m tashkilotning hisob raqamidan Turizm va sport
vazirligi hisob raqamiga to‘laganidan so‘ng 3 soat ichida ko‘rib chiqiladi.
48. E’tirozlar yozgan tomon, u yerda yozilgan barcha fakt (haqiqatni)
va raqamlarni isbotlab berishi kerak.
49. E’tirozlar quyidagi holatlarda ko‘rib chiqilmaydi:
Hakamlar tomonidan 11 metrlik jarima to‘pi belgilanganligi va belgilanmaganligi;
0 ‘yindan tashqari holat belgilanganligi va belgilanmaganligi;
Darvoza to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ishg‘ol qilinganligi;
Ortiqcha vaqt o‘ynalganda.
50. E’tirozlar quyidagi holatlarda ko‘rib chiqiladi:
Musobaqa qaydnomasiga kiritilmagan futbolchi maydonga tushganida;
Maydondan chetlatilgan futbolchi maydonga tushirilganida,
Professional futbolchi maydonga tushganida.
51. Musobaqa natijalari bo‘yicha berilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish 0 ‘zbekiston
Futbol assosiasiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyatsiya komissiyasi tomonidan amalga
oshiriladi. Apellyatsiya komissiyasi musobaqa hakamlari va mandat komissiyasi tarkibida
bo‘lmagan soha mutaxassislaridan shakllantiriladi.
52. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi 3 kishidan kam bo‘lmagan toq sondan
iborat tarkibda tasdiqlanadi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibining maksimal miqdori
chegaralanmaydi.
53. Musobaqa natijasi bo‘yicha murojaatlar jamoa rahbarlari tomonidan
apellyatsiya komissiyasiga beriladi.
54. Murojaatni ko‘rib chiqish vaqtida murojaat qilgan jamoa rahbari apellyatsiya
komissiyasi ishida o‘zining iltimosiga asosan ishtirok etishi mumkin.
55. Qabul qilingan qaror natijasi bo‘yicha apellyatsiya komissiyasiga murojaat
qilgan jamoa rahbariga 2 soat ichida apellyatsiya komissiyasi tomonidan yozma (yoki
og‘zaki) tartibda javob berilishi kerak.
56. Apellyatsiya komissiyasi murojaatni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra musobaqa
natijasini bekor qilishi yoki unga tegishli o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
12-bob. Yakuniy qoidalar
57. Final
bosqichida
1-2-3
o‘rinlami
egallagan jamoalami
taqdirlash,
0 ‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi va 0 ‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi
hamkorligida amalga oshiriladi.
58. Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari musobaqa tashkilotchilarining
qimmatbaho sovg‘alari, kubok va diplomlari bilan taqdirlanadi.
Dostları ilə paylaş: |