Laboratoriya ishi №15 organik birikmalarni olinishi va xossalari asbob va reaktivlar



Yüklə 223,14 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix15.12.2022
ölçüsü223,14 Kb.
#121089
LABORATORIYA ISHI №15



LABORATORIYA ISHI №15
 
ORGANIK BIRIKMALARNI OLINISHI VA XOSSALARI 
Asbob va reaktivlar: Chinni xovoncha, probirkalar, gaz o’tkazuvchi naycha, 
shtativ, suvsiz kaliy yoki natriy atsetat (CH
3
COONa), 
natron oxak (NaOH va CaO), bromli suv, kaliy 
permanganat (KMnO
4
) eritmasi. 
Ishdan maqsad:
 
organik birikmalarni olinishi va xossalari
bilan tanishish. 
Metanning olinishi va xossalari 
a) Chinni xovonchaga 2 g suvsiz kaliy yoki 
natriy 
atsetat 
CH
3
COONa 
solib 
yaxshilab 
maydalang va 4g chamasi natron oxak (NaOH va 
CaO) bilan aralashtiring. Quruq probirkaning ½ 
qismiga qadar shu aralashmadan soling, probirkani 
gaz o’tkazuvchi nayi bor tiqin bilan zich qilib 
berkiting va shtativga garizontal xolda o’rnating (1-
rasm). 
Rasmdagidek gaz o’tkazgich nay uchini suvga 
botirib, probirkani qattiq qizdiring. 10 minut 
qizdirilgandan keyin shisha nayning uchini suvli 
kristallizatorga to’ntarilgan suvli probirkaga kiriting.
Xosil bo’layotgan metan gazi probirkadagi suvni siqib chiqargach, gaz 
o’tkazgich nayni suvdan olib, qizdirishni to’xtating. Probirka og’zini suv ostida 
tiqin bilan berkiting. Qilingan tajribaning reaksiya tenglamasini yozing.
b) Metanning bromli suvga ta’siri. Aralashmani qizdirishni davom ettirib, 
gaz o’tkazuvchi nayning uchini 2-3 ml bromli suv solingan probirkaga tushiring. 
Bunda eritma rangini o’zgarmasligini kuzating.
v) Metanni KMnO
4
ning suyultirilgan eritmasiga ta’siri. Gaz o’tkazuvchi 
nayning uchini 3-4 ml 1% li KMnO
4
eritmasi solingan ikkinchi probilkaga 
tushiring. Eritmaning pushti rangi o’zgarishi kuzatiladimi? 
g) Metanning yonishi. Metanni olish tajribasida probirkaga yig’ilgan metan 
gazga gugurt chaqing yoki gorelka alangasiga yaqinlashtiring. Bu vaqtda metan 
ko’kish alanga berib yonadi. Metanning yonish reaksiyasi tenglamasini yozing.
1-rasm. Metan gazini olish 
qurilmasi
.

Yüklə 223,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin