Laboratoriya ishi uzluksiz ish rejimida ishlaydigon andozaviy sanoat mexanizmlari elektr yuritmasini tadqiqotlash



Yüklə 146,64 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.11.2023
ölçüsü146,64 Kb.
#136627
2 лаб



2
-
 LABORATORIYA ISHI
UZLUKSIZ ISH REJIMIDA ISHLAYDIGON ANDOZAVIY SANOAT 
MEXANIZMLARI ELEKTR YURITMASINI TADQIQOTLASH 
I. ISHNING MAQSADI. 
Uzluksiz yuk tashish mexanizmlarini elektr jihozlari va elektr 
yuritmalarini boshqaruv sxemalari bilan tanishish. 
II. ASOSIY MAHLUMOTLAR. 
Uzluksiz yuk tashish mexanizmlar texnologik jarayonda qatnashayotgan 
koʻmaklovchi mexanizmlarni bir guruHi Hisoblanadi. 
Ular mashinasozlik korxonalarda konveyer yoki transportyor sifatida 
keng qoʻllanadi. Sochiluvchan yukni (qum, tuproq va H.k) mahlum masofaga 
uzatib berish uzluksiz yuk tashish sistemalar, yahni ketma –ket ulangan bir 
necha transportyorlar yoki elevatorlar orqali bajarishi mumkin. Bu sistemalar 
asosiy ishlab chiqaruvchi mexanizmlar bilan oʻzaro bog`lashgan boʻlib, 
texnologik jarayonida oʻziga xos vazifasini bajaradilar. 
Misol qilib bir necha transportyorlardan iborat boʻlgan sistemani koʻrib 
chiqamiz. Tashilayotgan yuk –sochiluvchan material turi. 
Uzatilayotgan yuk konveyer ustida toʻplanib qolmasligi uchun yuk tashish 
sistemani yurgizilishi oHirgi transportyordan boshlanib ketma-ket ulash bilan 
amalga oshiriladi. Yuk tashish sistemaning elektr yuritmalarini aytib ketilgan 
ketma ketlikda yurgizish uchun boshqaruv sxemasida blokirovkalar mavjuddir. 
Blakirovka ikki turlarga, yahni bog`langan va bog`liq boʻlmaganlarga ajratiladi. 
Bog`langan blakirovka yuritma dvigatelini faqat oʻzidan oldingi dvigatel 
ulanganidan keyin ishlashini tahminlaydi. Boshqaruv sxemada bog`liq 
boʻlmagan blokirovka qoʻllanganda esa yuritmaning navbatdagi dvigateli, 
oldingi dvigatel manbaadan uzilganda, ishlaydi. (Yahni bunda yuritmaning ikki 
dvigateli bir vaqtning oʻzida ishlashi mumkin emas). 
Bog`lanagan va bog`liq boʻlmagan blakirovkalarni sxemalari 1 a) rasmda 
berilgan. 
1a-rasmda bog`langan blakirovka qoʻllangan. “Yurgizish-1” knopkasi 
bosilganda, birinchi 1 Myu magnit yuritgich zanjiri ulanib D1 dvigatel ishga 
tushadi. SHu joyning oʻzida ikkinchi 2MYu magnit yuritgichi zanjirdagi 1MYu 
kontakt yonadi va bu bilan u 2MYu choʻlg`amni manbaaga ulashga tayyorlaydi. 
“Yurgizish-2” knopkasi bosilganda ikkinchi magnit yuritgichni 2MYu zanjiri 
ulanadi va D2 dvigatel elektr tarmog`iga ulanadi.
1b-rasmda koʻrsatilgan sxema bog`liq boʻlmagan blakirovkani ifodalaydi. Bu 
sxema boʻyicha “Yurgizish-1” knopkasi bosilganda 1MYu kontaktori 
manbaaga ulanib D1 dvigatelni ishiga tushiradi va ikkinchi 2MYu magnit 
yuritgich zanjiridagi oʻzini blok-kontaktini ochadi. Natijada D1 va D2 
dvigatellar parallel ishlashi mumkin emas, yahni biri ishlaganda, ikkinchisi 
uzilgan Holatda boʻladi.


Qoʻllanmani 2a- rasmida uch transportyordan iborat boʻlgan uzluksiz navbatdagi 
yuk tashish sistemasining
kinematik sxemasi koʻrsatilgan. Yuqorida aytib oʻtilganidek, yukqabul qiluvchi 
transportyorda toʻplanib qolmasligi uchun tashish sistemaning transportyorlarini 
yurgizilishi yukni yetkazib berish yoʻnalishga nisbatan qarama qarshi ketma –
ketlikda amalga oshiriladi. Sistemaning toʻxtatilishi yuk qabul qiluvchi 
transportyordan boshlanib transportyorlar yukdan boʻshagandan soʻng, oxirgi 
transportyor toʻxtatiladi. 
III. LABORATORIYA STENDINING TUZILISHI VA ISHNI BAJARISH 
TARTIBI. 


Uzluksiz yuk tashish sistemaning elektr jiHozlarini va boshqaruv sxemasini 
mashg`ulot davomida oʻrganish uchun 2b, v –rasmda koʻrsatilgan sxema 
yig`ilishi kerak.
 
ISHNI BAJARISH TARTIBI QUYIDAGICHA: 
1. Uzluksiz yuk tashish sistemaning elektr va texnologik sxemalarini oʻrganib 
chiqib, elektr jiHozlarni (dvigatellarni, oʻlchov va Himoya asboblarni) texnik 
mahlumotlarni yozib oling.
2. 2-rasmda berilgan sxemani yig`ib, yuritmani ishga tushiring. 
3. 1a, b rasmlarda koʻrsatilgan bog`liq va bog`liq boʻlmagan blokirovka 
sxemalarini oʻrganib, amalda sinab koʻring. 
4. Bajarilgan tajriba boʻyicha Hisobot yozing, bunda:
a) Blokirovkalarni ishlash tartibi; 
b) uzluksiz yuk tashish sistemaning boshqaruv, kinematik va texnologik 
sxemalari; 
v) tekshirish savollariga javoblar oʻz ifodasini topgan boʻlishi kerak. 
IV. TEKSHIRISH SAVOLLARI. 
1. Uzluksiz yuk tashish sistemalarni yurgizishda yuritmalariga qanday talablar 
qoʻyiladi? 
2. Yuk tashish sistemalarning boshqaruv sxemasida qoʻllanadigan bog`liq va 
bog`liq boʻlmagan blokirovkalarni vazifalari va farqiga va ulardagi farqlar 
qanday? 
3. Uzluksiz yuk tashish sistemalarni transportyorlari qaysi ketma-ketlikda 
yurgiziladi va toʻxtatiladi? 
4. Uzluksiz yuk tashish sistemalarning elektr boshqaruv sxemasida qanday 
Himoyalar qoʻllaniladi?

Yüklə 146,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin