Лекция №2 2-mavzu Mavzu. Axborot, uning turlari, xususiyatlari v
Ekspert sistemalari haqida ma'lumotlar Kompyuter axborot tizimlari o’rtasida eng katta taraqqiyot sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan ekspert tizimlarini ishlab chiqish sohasida qayd etildi.
Ekspert tizimi menejerga yoki mutaxassisga tizimlarda to’plangan bilishlarga doir har qanday muammo bo’yicha maslahat olish imkoniyatini beradi.
Misol. AQShning davlat agentligi shunday bir ekspert tizimini yaratgan. U ob-havo va g’allaga tegishli ma’lumotlarni tahlil qilib, fermerlarga irrigasiya, o’g’it solish va hosil olishning optimal vaqtini belgilaydi.
Sun’iy intellekt deyilganda, odatda kompyuter tizimlarning shunday harakatlarni bajarish qobiliyati tushuniladiki, agar bu harakatlarni odam bajarganda uni intellektual deb atash mumkin bo’lardi.
Aksariyat hollarda bu yerda odamning fikrlashi bilan bog’liq, qobiliyatlar nazarda tutiladi. Sun’iy intellekt sohasidagi ishlar ekspert tizimlari bilan chegaralanmaydi. Shuningdek, ular o’z ichiga odamning asab tizimi, uning eshitish, ko’rish, sezish, o’qish–o’rganish qobiliyatini modellashtiruvchi robotlar, tizimlar yaratishni ham oladi. Maxsus masalalarni yoki vazifalarni hal qilish maxsus bilimlarni talab etadi. Lekin har qanday kompaniya ham o’z shtatida uning ishi bilan bog’liq barcha muammolar bo’yicha ekspertlarni saqlay yoki hatto har safar bunday muammolar paydo bo’lganda ularni taklif qila olmaydi. Ekspert tizimlari texnologiyasidan foydalanishning bosh mohiyati ekspertdan uning bilimlarini olish va uni kompyuter xotirasiga kiritib, har safar zaruriyat tug’ilgan hollarda undan foydalanishdan iboratdir. Ekspert tizimlari sun’iy intellektning asosiy ilovalaridan biri bo’lib, ekspertlarning u yoki bu bilim sohasidagi tajribalarini evristik qoidalar shaklida transformasiyalovchi kompyuter dasturlaridan iboratdir. Evristiklar qarorlar qabul qilishi qo’llab–quvvatlash texnologiyalari doirasida masalalarni har qilish uchun foydalaniladigan oddiy algoritmlar singari ishonch bilan optimal natija olishni kafolatlamaydi. Lekin ko’pincha ulardan amalda foydalanish uchun yetarli darajada maqbul bo’lgan yechimlarni beradi. Bularning hammasi ekspert tizimlaridan maslahat beruvchi tizimlar sifatida foydalanish imkoniyatini beradi.
Ekspert tizimlarida va qarorlar qabul qilishni qo’llab–quvvatlash tizimlarida foydalaniladigan axborot texnologiyalarining o’xshash tomonlari shundan iboratki ularning har ikkalasi ham qarorlar qabul qilishning yuqori darajasini ta’minlaydi. Lekin ularning uchta muhim farqlari bor:
–birinchi farq shu bilan bog’likki, qarorlar qabul qilishni qo’llab –quvvatlash tizimi doirasida muammolarni hal qilish foydalanuvchining uni tushunish darajasini va qarorni olish hamda fikrlash imkoniyatlarini aks ettiradi. Ekspert tizimlari texnologiyasi, aksincha, foydalanuvchiga uning imkoniyati darajasidan oshib ketadigan qarorlar qabul qilishni taklif etadi;
–ko’rsatilgan texnologiyalarning ikkinchi farqi–ekspert tizimlarining o’z fikr –mulohazalarini qarorlar qabul qilish jarayonida tushuntirib berish qobiliyatida aks etadi. Aksariyat hollarda bu tushuntirishlar foydalanuvchi uchun qarorning o’zidan ham muhim bo’ladi;
–uchunchi farq–axborot texnologiyalarining yangi komponenti bilimlardan foydalanish bilan bog’liq.
Ekspert tizimida foydalaniladigan axborot texnologiyalarning asosiy komponetlari quyidagilardan iborat: foydalanuvchining interfeys, bilimlar bazasi, interpretator, tizimni yaratish moduli.
Mutaxassis ekspert tizimiga axborot va buyruqlarni kiritish va undan chiqarib beriladigan axborotni olish uchun interfeysdan foydalanadi. Buyruqlar bilimlarga ishlov berish jarayonining yo’naltirish parametrlarini o’z ichiga oladi. Axborot, odatda muayyan o’zgaruvchilarga beriladigan qiymatlar shaklida beriladi. Menejer axborotni kiritishning to’rtta usulidan foydalanishi mumkin: menyu, buyruqlar, tabiiy til va o’z interfeysi. Ekspert tizimlari texnologiyasi chiqarib beriladigan axborot sifatida faqat yechimlarni emas, balki zaruriy tushuntirishlarning ham olish imkoniyatini ko’zla tutadi. Tushuntirishlarning ikki turi farqlanadi:
–so’rovlar bo’yicha beriladigan tushuntirishlar. Foydalanuvchi istalgan vaqtda ekspert tizimidan o’z harakatlarini tushuntirib berishni talab qilishi mumkin;
–muammoni hal qilish bo’yicha olingan yechimni tushuntirish. Foydalanuvchi yechimni olganidan so’ng u qanday olinganligini tushuntirib berishni talab qilishi mumkin. Tizim masalani yechishga olib kelgan o’z mulohazalarning har bir qadamini tushuntirib berishi zarur.
Ekspert tizimi bilan ishlash texnologiyasi oddiy bo’lmasa ham, bu tizimlarning foydalanish interfeysi do’stona bo’lib, odatda, muloqot olib borishda qiyinchiliklar tug’dirmaydi.