Axboriy xizmat – axboriy mahsulotlarni olish va foydalanuvchi ihtiyoriga berish. Tor ma’noda axboriy xizmat deganda axborot texnologiyalari asosida kompyuterdan olinadigan xizmatlar tushuniladi.
Axboriy mahsulot va xizmatlar bozori bu intellektual mehnat mahsulotlarini sotishdagi iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy munosabatlar tizimi. Axboriy bozor ham boshqa bozorlarga o’xshaydi, lekin u o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bozor munosabatlarida quyidagi qatnashchilarni ko’rish mumkin:
xomashyo yetkazib beruvchilar – bozorga kitob, jurnal, gazetalar va h.k. yetkazib beruvchi boshlang’ich nashrchilar;
sanoatchilar (ikkilamchi nashrchilar) – ikkilamchi, shu bilan bir vaqtda asosiy mahsulot (dastur mahsulotlari, ma’lumotlar bazasi, ma’lumotnomalar (spravochniklar), kataloglar, to’plamlar va h.k) ishlab chiqaruvchilar;
chakana savdo qiluvchilar – kutubxonalar, do’konlar, axborot va provayder markazlari, internet kafelar;
xaridorlar – axborotning so’nggi foydalanuvchilari va iste’molchilari.
Tabiiyki, bunday rivojlangan axboriy bozorda muvaffaqiyatli ish olib borish uchun ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar mos axboriy madaniyatga ega bo’lishlari kerak.
Nazorat savollari 1. O’zbеkiston Rеspublikasining Axborotlashtirish haqidagi qonuni qachon qabul qilingan?
2. O’zbеkiston Rеspublikasining Axborotlashtirish konsеpsiyasi haqida nimalarni bilasiz?
3. Informatika va axborot tеxnologiyalarining kеlajagini qanday tasavvur qilasiz?
4. Rеspublikamizda birinchi marta o’tkazilgan Internet fеstivali qachon bo’lgan?
5. Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun qachon chiqarilgan?