Leksikografiya asoslari


Alisher Navoiyning “Sab’at abhur” lug‘ati



Yüklə 234,64 Kb.
səhifə25/35
tarix03.09.2023
ölçüsü234,64 Kb.
#128821
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
3-kurs.sirtqi.Ma\'ruza

Alisher Navoiyning “Sab’at abhur” lug‘ati
“Sab’at abhur” (“Yetti dengiz”) Alisher Navoiyning arabshunoslik, xususan, arab leksikografiyasi sohasida yaratgan yirik ishidir. Lug‘atda klassik arab tilidagi so‘zlar arab tilida izohlanadi (qarang: Hasanov 1981).
Navoiy hayoti davomida, ayniqsa, yigitlik yillari arab dunyosida, butun musulmon olamida shuhrat topgan mashhur arabcha asarlarni qunt bilan o‘qib chiqqan. Navoiy bu asarlarni o‘qib tushunish jarayonida “Sahoh” lug‘ati, “Kashshof”, “Qur’on tafsirlari”, hadis va boshqa lug‘atlardan keng foydalangani aniq.
Masalan, “Sab’at abhur”ning ^^ lug‘at maqolasida 25 so‘z va iboraga izoh berilgan. Bularning izohlari “Sahoh”, “Takmila” lug‘atlari, “Kashshof” tafsiri va “G‘aroyib al-hadis” lug‘atlaridan olingan. Navoiyni shoir va adib sifatida qiziqtirgan devon, maqom, tarixiy asarlar, grammatikaga oid risolalar, Qur’on va hadislardagi so‘zlarning ma’nolari tushunish uchun zarur bo‘lgan lug‘atlar va tafsirni tanlagan.
Navoiy turli vaqt va sharoitda lug‘atning u yoki bu yerida joylashgan so‘zlarni yig‘ib, ma’nosini mashhur lug‘atlarga tayangan holda izohlab yurgan, keyinchalik u lug‘at tuzishga kirishgan.
Muallif o‘z lug‘atining ilmiyligini ta’minlash uchun eng ishonchli yetti kitobni saylab olgan. Bular Javhariyning “Sahoh” izohli lug‘ati; Sog‘oniyning “Takmila” lug‘ati; Mahmud Zamaxshariyning “Kashshof” tavsiri; Ibn Hojibning grammatikaga oid “Mufassal” ikkita muqaddima va sharhlari; G‘aroyib al-hadis - hadis so‘zlariga tuzilgan lug‘atlar; Turli mualliflarning lug‘atlari, devon, risola va boshqa asarlarning sharhlari. Bular shartli ravishda bir kitob sanalib, “Zavoyid” nomi bilan atalgan (Hasanov 1981,64-65).
Navoiyning ushbu lug‘ati muayyan tizim asosida tuzilgan bo‘lib, alifbo tartibi bo‘yicha yigirma sakkiz bobdan iborat. Boblarda so‘z o‘zagining oxirgi harfiga e’tibor beriladi. Har bir bob yigirma sakkiz faslli bo‘lib, fasllarda so‘z o‘zagining birinchi harfiga e’tibor beriladi. Kimki, biror so‘zni lug‘atdan topmoqchi bo‘lsa, avval bobni, so‘ng faslni, o‘rtadagi harflarning tartibi bo‘yicha fasl tarkibidan topadi. Ya’ni, biror so‘zni lug‘atdan topish uchun avval so‘z o‘zagining oxirgi harfiga ko‘ra bobini, so‘ng birinchi harfiga ko‘ra faslini topib, o‘rta harfiga tayanuvchi ichki fasldan qidirgan so‘zimini topamiz. Aytaylik, ^Ла- so‘zini lug‘atdan topish uchun bu so‘zning o‘zagi <^a ning oxirgi harfiga ko‘ra lug‘atning ‘V bobi”ni, birinchi harfidan esa “^ fasli”ni, o‘rta harfi J ga ko‘ra ^Да^ so‘zining o‘zagi ^la ni “^ fasli” ichidan topamiz. Bizga kerak bo‘lgan ^Да- so‘zining izohi ^a lug‘at maqolasida bo‘ladi.
“Sab’at abhur” o‘z ichiga 8609 lug‘at maqalani olgan (Hasanov 1981,85-86). Lug‘atga kirgan deyarli hamma ismlar izohlanganda ularning muannas yoki muzakkar, birlik, ko‘plik, ba’zan ikkilik formalari albatta ko‘rsatiladi. So‘zlarning grammatik formalarini ko‘rsatish bilan birga, navoiy lug‘atining “Sahoh”dan foydalanilgan qismida so‘zlarning tarkibidagi tovush o‘zgarishlarini grammatik qoidalar bilan asoslab o‘tadi. Ammo ko‘p o‘rinda Navoiy “Sahoh”da bor grammatik qoida va tushuntirishlarni qaytarib o‘tirmaydi, ularni tushirib qoldiradi.
Lug‘atda ko‘p so‘zlarning etimologiyasi to‘g‘risida ham ma’lumot beriladi. Bu ma’lumotlar “Sahoh”, “Takmila” va “Kashshof’dan olingan.
Lug‘atda joy otlari, tog‘, daryo otlari ham beriladi. Jumladan, ^?a lug‘at maqolasidagi geografik otlarni ko‘rib chiqaylik (qarang: Hasanov 1981,88):
4ab>H - Makka tog‘lari yoki yo‘llari.
j^a - Ahvozdagi bir qishloq.
^aJl - Nahravondagi bir qishloq.
^a - Barbar shaharlaridan biri.
Sj-b Na - Misr Fustodidagi bir mavze nomi.
^ i£ji ^a - Halabdagi bir qishloq.
^aJl jp - Mosul sharqidagi bir dayr.
^a - Mavze, joy nomi.
^>LWI - Zuhor yonidagi bir joy nomi.
Lug‘atdan o‘simlik otlari, hayvon nomlari va biror sohaga (adabiyotshunoslik va tilshunoslikka, tib sohasiga) tegishli atamalar ham o‘rin olgan.
So‘zlarning ma’nolarini tasdiqlash uchun Qur’on oyatlari, hadislardan olingan misollar ko‘p.
“Sab’at abhur” Alisher Navoiyning arab tilini o‘rganish yo‘lida uzoq yillar to‘plagan materiallari asosida yaratilgan lug‘atdir. Bu narsa boshdan Navoiyning rejasiga kirmagani uchunmi, Navoiy asarlari sirasida qayd etilmay qolgan ko‘rinadi. Zamondoshlarining bu haqda hech gap aytmaganligi ham shundan bo‘lishi kerak. Lug‘at o‘zining tuzilishi, ilmiyligi va amaliy ahamiyatiga ko‘ra arab leksikografiyasi tarixida yaratilgan “Sahoh”, “Takmila” lug‘atlariga tenglashadi. Navoiy ushbu lug‘atni yaratishda arab leksikograflari qo‘llagan an’analarning eng saralariga ergashdi. Bu borada o‘zi ham ulardan qolishmasligini isbotlab berdi.

Yüklə 234,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin