Leksikografiya asoslari


XIII-XIV asr o‘zbek Iug‘atchiligi Reja



Yüklə 234,64 Kb.
səhifə3/35
tarix03.09.2023
ölçüsü234,64 Kb.
#128821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
3-kurs.sirtqi.Ma\'ruza

XIII-XIV asr o‘zbek Iug‘atchiligi
Reja:


  1. Arab yurtlarida turkiy tilni o‘rganishning ijtimoiy-siyosiy sabablari.

  2. Arab tilida turkiy tilni o‘rganish bo‘yicha tuzilgan lug‘at va grammatik asarlar xarakteristikasi.

  3. “Kitob-i majmu-i taijumon-i turkiy va ajamiy va mug‘aliy” va uning tuzilish prinsiplari.

  4. “Attuhfatu-z-zakiyatu fillug‘atit turkiya” va uning tuzilish prinsiplari.

Kitob-i majmu-i tarjumon-i turkiy va ajamiy va mug‘aliy”
Mamluklar davlatida (1250-1517) turk sultonlarining yurtga egaligi tufayli turkiy tilga e’tibor katta edi. Bu kezlarda arablarning turkiy tilni o‘rganishi uchun grammatik asarlar va lug‘atlar, turli qo‘llanmalar yaratilgan. Arablarga turkiy tilni (qipchoq tilini) o‘rgatish uchun yozilgan asarlardan biri “Kitob-i majmu-i tarjumon-i turkiy va ajamiy va mug‘aliy”dir (qisqa qilib “Tarjumon”deb ham ataydilar). Asarning muallifi aniq emas. Kitob Misrda yoki Suriyada yaratilgan deya taxmin etiladi.
Fanda “Kitob-i majmu-i tarjumon-i turkiy va ajamiy va mug‘aliy”ning bitta qo‘lyozmasi ma’lum. Xalil bin Muhammad bin Yusuf al-Ko‘naviy hijriy 643 (melodiy 1245) yili ko‘chirgan ushbu qo‘lyozma kunimizda Gollandiyaning Leyden Akademiyasi kutubxonasida (Leiden, Warner № 517) saqlanmoqda.
Kitob turkiy va mo‘g‘ul tillariga bag‘ishlangan bo‘limlardan tuzilgan. Uning ikkinchi bo‘limi mo‘g‘ulcha-forscha va arabcha-mo‘g‘ulcha so‘zlikdir. Kitobga mo‘g‘ulcha-forscha so‘zlikning kiritilganligi bejiz emas. Xulagular davrida Eronda mo‘g‘ul tilini o‘rganishga zarurat tug‘ilgan ko‘rinadi, shundan kelib chiqib lug‘atga mo‘g‘ulcha so‘zlik ham kiritilgan. Kitobning ushbu bo‘lagini N. Poppe o‘rganib, lug‘atini tuzgan. Turkshunoslik uchun ahamiyatlisi kitobning turkiy tilga bag‘ishlangan bo‘lagidir.
Asarning turkiy tilga bag‘ishlangan bo‘limi kirish va to‘rt qismdan iborat (ilmiy nashrlariga qarang: Tarjuman; KTT). Kirish qismida hamdala, kitobning yozilish sababi va turkiy tilning fonetik o‘zgachaliklari to‘g‘risida so‘z boradi.
Muallif asarning kirish qismida turkiy tilning tovush o‘zgachaliklari to‘g‘risida so‘z yurita turib: “Bilgilki, asl turkiy-qipchoq tili sakkizta harfdan xolidir. Ular: Д, £, £, ^, £, £, Ц e. Agar biror so‘z shu harflardan qay birini o‘z ichiga olganini payqasang, bilginki, u asl turkiy bo‘lmay, boshqa tildan olingan so‘z bo‘ladi. Men asl turkiy til bilan turkman tili orasidagi farqni va hozir xalq orasida fors va boshqa tillardan olingan so‘zlarni belgiladim” deb yozadi (Tarjuman,29).
Birinchi qism arabcha-turkiy so‘zlik, qolgan qismlar turkiy tilning grammatik qoidalariga bag‘ishlanadi.
Asar arab grammatik an’anasi bo‘yicha tuzilgan: fasllarda arabcha so‘z va unga turkiy ekvivalent beriladi. Faqat yigirma ikkinchi faslda oldin turkiy so‘z, undan keyin uning arabcha izohi keltirilgan. Turkiy so‘zlarni to‘g‘ri o‘qish uchun diakritik belgilar keng ishlatilgan.
Birinchi qismda so‘zlar ma’nolariga ko‘ra 26 bo‘limga (faslga) bo‘lib chiqilgan. Bular: birinchi fasl - osmon va unga tegishli narsalarning otlari (kok, qir (falak), kun, quyas (nur, yorug‘lik), ay, aydin (oydin), ay tolun (to‘lin oy), yulduz, Ulkar, bulit, tuman, yamgur, yel, qar, burcaq (do ‘l), buz, sawuq, issi (issiq), yas'in, kokramak (momaqaldiroq), yildirim (chaqmoq), doz (to‘zon), tabi (qor bo‘ron), q'is'irqa (quyun, dovul) singari); ikkinchisi - yer va undagi joylarning otlari (yer, tupraq, qum, qayir (shag‘al), tas, tag, qaya, oy (vodiy), in (g‘or), yar (jar, jar yoqasi), yazi (tekislik, dasht), yol, yurt, yaban (cho‘l), ew (uy), qorgan (otxona; qal’a) singari); uchinchisi - suvlar va unga bog‘liq narsalarning otlari (su, teqiz, ozan (daryo, irmoq), keci (kechuv), bulaq, tasqin su (sel) singari); to‘rtinchisi - daraxtlar, mevalar, o‘simliklar va ularga yaqin narsalarning otlari (agac, butaq, cibuq (chiviq, novda), yemis, alma, aywa, tal singari), shu tarzda davom etib, yigirma oltinchi fasl - dard-kasalliklarning otlari (yig, sogallik (kasallik), agri (og‘riq), ucuq, isitma, titrama, esnamak, olmak singari) bilan tugaydi. Orada hatto eygi-yaman, yaqsi-cirkin, yawuq-yiraq singari qarama-qarshi ma’noni anglatuvchi so‘zlarni anglatuvchi fasl ham bor.
Lug‘atda, asosan, turkiy so‘zlar berilgan. Ora-chora o‘zlashgan so‘zlar ham aralashgan. Bunday holatda uning qaysi tildan o‘zlashganiga ishora etiladi. So‘zlikdan misol:
kemi - kema, buni karap deb ham yuritiladi, bunisi rumchadir”.
acquc - kalit, kalit ham deyiladi, asli forscha kalid so‘zidan olingan”.
devar - devor. Bu so‘z forschadir”.
danismand- donishmand, qonunshunos, bu so‘z turkmancha bo‘lib, forschadan olingan”.
So‘zlar izohlanganda, o‘rni bilan, ularning sinonimlari, fonetik variantlari hamda dialektlarda qanday atalishi ham keltiriladi. Masalan:
qapu - eshik; buni esik ham deyiladi; to‘sin”.
yowa - piyoz, buni sogan ham deyiladi, keyingisi mashhurroq.”.
buday - bug‘doy, buni bugday ham deyiladi”.
bdru - bo‘ri, buni qurt ham deyiladi, turkmancha; (buning ikkinchi ma’nosi) qurt [ya’ni hashorat]”.
Yoki qoraqush so‘ziga shunday izoh berilgan:
qaraqus - burgut, ya’ni qoraqush demakdir, buni turkmanchada tawsancil ham deyiladi. Bu qush ko‘proq quyon ovlab yegani uchun shunday ataladi”.
tal - tol, buni sogut ham deyiladi, keyingisi turkmancha”.
dzan - o‘zan, irmoq. Buni yirmaq ham deyiladi, bunisi turkmancha”.
Lug‘atda so‘zlar izohlanganda, o‘rni bilan, ularning fonetik shakllari, qanday talaffuz etilishiga ham ayricha urg‘u beriladi. Masalan:
yagmur - yomg‘ir; yagmur ham deyiladi; bunisi turkmancha”.
dagiq - tovuq; daquq ham deyiladi, bunisi turkmancha”.
Lug‘atda ko‘p ma’noli yoki omonim so‘zlarga alohida e’tibor qaratilgan; muallif bunday so‘zlar anglatgan ma’nolarni to‘liq keltiradi. Masalan:
kdk - bu osmon, ko‘k rang; jins; asl; tiniq suq demak”.
yar - jar yoqasi, jar; so‘lak; bir narsani yorib ajratishni istab buyurganingda ham shunday deyiladi”.
ot - o‘t, ko‘kat; olov; dori-darmon; sharm-hayoga ham aytiladi”.
qoyun - umuman qo‘y; inson qo‘yni va qo‘ltig‘ini ham ifodalaydi”.
bor - may; shaharlarda matolarning ustiga surtiladigan bir turli oq kesak, bo‘r”.
qas - qosh; uzukning ko‘zi; past, uzunasiga cho‘zilgan tog‘ cho‘qqisi”.
Arablar uchun tanish bo‘lmagan tushunchalarga keng izoh beriladi. Masalan:
caqir - bu ham may, mo‘g‘ulcha. Ularda yana boshqa ichimlik borki, u qamishning boshog‘iga o‘xshash o‘simlikni eritilgan asalga qo‘shib achitishdan hosil bo‘ladi. Uning nomi qumlaqdir. Bu ichimlik mast qilishda uzum sharbatiga qaraganda o‘tkirroqdir va shuning uchun uni afzal ko‘radilar. Ularda yana xurmo va boshqa narsalardan tayyorlanadigan, arablarning mizriga o‘xshagan ichimlik ham bor, uni boza deb ham ataydilar”.
qamqaq - bir-biriga kirishib chalkashib ketgan va shamol yerda dumalatib yuradigan quruq tikan, qamg‘oq. Aqli kam odamni koyiganlarida qamqaq baslu deydilar, ya’ni qamg‘oqqa o‘xshash yengil, aqli kam demakdir”.
Yana bir jihati, lug‘at qismida atoqli otlar alohida guruhga ajratib berilgan. Masalan, yigirma ikkinchi faslda mamluklar (qullar), cho‘rilar va boshqa tabaqa kishilarga qo‘yiladigan otlarning ma’nosi keltirilgan. Masalan:
Baybars - amir va bars, Boybars, Qarasonqur - qora va sunqur, Qorasunqur, Taybars - toy va bars, Toybars, Qulbars - qul va bars, Qulbars, Aybars - oy va bars, Oybars, Aqqus - oq va qush, Oqqush, Qaraqus - qora va qush, Qoraqush, Aydogdi- oy tug‘di, ya’ni oy chiqdi, Oytug‘di, Qaratay - qora va toy, Qoratoy, Agaceri - o‘rmon kishisi, Og‘ocheri” singari.
Ikkinchi qismda fe’llarning tinglovchiga bo‘yruq ko‘rinishlari, ulardan masdar yasalishi va so‘zlarning kelasi zamonda qanday turlanishi haqida (korgil, kirgil, oldurgil, c'iqarg'il, awlag'il, acqil singari). Bular alifbo tartibida berilgan (“alif ’ harflilar, so‘ng “b”, “t”, “s” harflilar va shu singari).
Uchinchi qism fe’llarning tuslanishiga bag‘ishlangan. Unda tinglovchi va o‘zgaga buyruqning hosil qilinish yo‘llari, fe’lning o‘tgan, kelasi va hozirgi zamon ko‘rinishi qanday hosil qilinuvi to‘g‘risidagi grammatik qoidalar berilgan.
To‘rtinchi qismda gap qoidalari, kelajakda maqsadni to‘ldiradigan so‘z va formalarning turlari, ya’ni so‘z yasovchi, so‘z o‘zgartuvchi, shakl hosil qiluvchi qo‘shimchalar hamda yordamchi so‘zlarning gapdagi vazifalari, so‘roq hosil qilish yo‘llari va shuning singari qoidalar to‘g‘risida bilim berilgan.
Attuhfatu-z-zakiyatu fillug‘atit turkiya”
“Attuhfatu-z-zakiyatu fillug‘atit turkiya” (“Turkiy tillar haqida noyob tuhfa”) asarini kim yozganligini bilmaymiz. Asar Misrda yaratilgan deya chamalanadi. Uning bitta qo‘lyozmasi ma’lum. Qo‘lyozma hozir Istanbulda Validuddin afandi kutubxonasida saqlanmoqda (o‘zbekcha nashriga qarang: AZFT).
Kitob “qipchoq tili” grammatikasiga bag‘ishlangan. Bu to‘g‘rida: “Men bu asarda qipchoq tiliga asoslandim. Chunki eng ko‘p qo‘llanadigan til qipchoq tilidir. Turkman tilini bu ishda bayon qilmadim. Faqat juda zarurat bo‘lgandagina ko‘rsatdim”, - deb yozadi uning muallifi kirish bo‘limida (AZFT,8).
Asar uch bo‘limdan iborat: kirish, arabcha-turkiy so‘zlik, grammatik qoidalar bo‘limi. Kirish qismida kitobning yozilish sababi, unda turkiy tilning qay lahjasiga asoslanganligi bayon etiladi. So‘ng turkiy alifbo va imlo qoidalari xususida ma’lumot beriladi.
Kirishda arab alifbosi negizidagi turkiy yozuvning imlo xususiyatlari to‘g‘risida ham ma’lumot beriladi. Muallif yozadi: “Bilgilki, turk tilida shakl yo‘q. Shakl yo‘qligi uchun bir qancha aniqsizlik va xatolar paydo bo‘lar edi. Shuning uchun ana shu aniqsizlikdan qutilish uchun ot, fe’l va hurufni yozishda maxsus shakl qo‘llash usulini qabul qildilar. Ya’ni fatha o‘rnida “alif”, kasra o‘rnida “yay”, zamma o‘rnida “vav” qo‘llay boshladilar” (AZFT,10). Bunda muallif “turk tilida shakl yo‘q”deganda turkiy yozuvda tovushlar tizimidagi “cho‘ziqlik” va “qisqalik”ni berish muhim emasligi, diakritik belgilarning turg‘un vazifasi yo‘qligini ko‘zda tutgan; “ana shu aniqsizlikdan qutilish uchun ot, fe’l va hurufni yozishda maxsus shakl qo‘llash usulini qabul qildilar” deganda esa arabiy yo forsiy matnlardan farqli o‘laroq, turkiy so‘zlarni yozishda matnda unlilarni harflarda to‘liq berish qoidasi joriy etilganini ko‘zda tutadi.
So‘zlik bo‘limida avval arabcha so‘zlar, keyin esa uning turkiy tarjimasi beriladi. Shuning uchun fasllarning tuzilishida so‘zning arab tilidagi shakli inobatga olingan. Masalan, ilk hamzali so‘zlar bo‘limida arab tilida hamza bilan boshlanuvchi so‘zlar nazarda tutilgan. Buprinsipning turkiy so‘zlikka ko‘pda ziyoni yo‘q. Sababi, hamzali so‘zlarga tegishli qolgan bo‘limlar tematik guruhga ko‘ra turkumlashtirilgan: otlarning ranglari, ot asboblari, yer va unga bog‘liq narsalar, yeyiladiganlar, tomonlar, o‘tgan zamon fe’llari. So‘ng harfi bilan boshlanuvchi otlar, ketinida fe’llar; keyin harfi bilan boshlanuvchi otlar, ketinida fe’llar, shu tartibda davom etib oxirida harfi bilan boshlanuvchi otlar keladi.
Asarning lug‘at bo‘limidan olingan quyidagi o‘rnaklarga e’tibor bering:

Арабчаси

Туркийси

Ҳозирги маъноси


Yüklə 234,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin