Biror narsa va hodisani boshqa bir narsa va hodisaga o‘xshatish orqali tasvirlab ifodalashga tasviriy ifoda deyiladi.
Tasviriy ifodalar narsa va hodisalarning ikkinchi nomi hisoblanadi.
M a s a 1 a n: о 'rmon podshosi - sher. Tasviriy ifodalar nutqimiz ta'sirchanligini ta'minlaydi.
548-mashq
18
22.04.2020
Ona tili
Takrorlash
1.0'zbek tili leksikasining boyish manbalari haqida so‘zlab bering.
2. Ichki irnkoniyatlar asosida paydo bo‘lgan so‘zlarga misollar keltiring.
3. Yangi paydo bo‘lgan so‘zlarga misollar keltiring.
4. Ibora deb nimaga aytiladi?
5. Tasviriy ifoda nima?
Hikoya yozish
19
23.04.2020
Ona tili
Diktant
“Milliy liboslar”
Milliy kiyim-kechaklar xalq tarixi bilan bog’liq. U moddiy va ma’naviy yodgorliklar ichida aholining o’ziga xos etnik belgilarini ko’rsatadi. Kiyimlarda urf-odatlar, ijtimoiy munosabatlar, diniy e’tiqod va nafosat o’z aksini topadi. Bizgacha yetib kelgan kiyimlar XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga taaluqli. Qadimgi davrga oidlari saqlanmagan. O’zbeklarning milliy kiyimlari badaniga kiyiladigan ko’ylaklar va ustki kiyimlar, bosh va oyoq kiyimlariga bo’linadi. Ayollarning ko’cha liboslariga paranji va chachvon kirgan. Hozirgi zamon liboslari zamonaviy uslubda bo’lsa-da, ularda milliy an’analarning davomiyligi mavjud. Topshiriqlar: 1. Eskirgan so’zlarni ajrating. 2. Do’ppi so’zining ma’nodoshlarini toping.
Mustahkamlash
20
24.04.2020
Ona tili
Atamalar . Ilmiy atamalar
Ma'lum bir fan yoki kasb-hunar doirasida aniq bir ma'noni ifodalash uchun qo‘llanilgan so‘zlarga atama deyiladi.
Atamalar qo‘llanishiga ko‘ra ilmiy atamalar va kasbiy atamalarga bo‘linadi.
Ma'lum bir fan doirasida qo‘Ilaniladigan atamalar ilmiy atamalar hisoblanadi. Atamalar ikki yo‘l bilan hosil bo‘ladi.
1. Umumxalq tilidagi so‘zlardan ma'nosini maxsuslashtirish orqali hosil qilinadi. Natijada bunday so‘zlar umumxalq tilida bir ma'noni, fan tilida esa boshqa ma'noni bildiradi.
Ma sal an: ot, ildiz, hol, fe'l. 2. Boshqa tillardan ilmiy tushuncha uchun atama olish orqali. Bular faqat shu fan sohasidagina ishlatilib, umumxalq tilida ishlatilmaydi. Masalan: kasr, musbat, manfiy.
552-mashq
21
25.04.2020
Ona tili
Takrorlash. Matn yaratish
O’quvchilarga matn yaratish qoidalari tushuntiriladi. Matn yaratish uchun ularga turli xil mavzular beriladi: “Maktabimiz bog’ida”, “Ona yurt sog’inchi”, “Kutubxonada”. O’quvchilar ushbu mavzulardan biriga matn yaratish topshiriladi. Dastlab matnga mos so’z birikmalarini shakllantirishadi. Ona yurt, mening qishlog’im, chang ko’chalar, sokin soy, nuroniy bobolar.
O’quvchilar matn yaratishga kirishadi.
Mening qishlog’im juda go’zal. Qishlog’imiz o’rtasidan katta soy oqib o’tadi. Yoz faslida bolalar bilan soyga borib cho’milamiz. Qishlog;imizda nuroniy otaxonlar va onaxonlar juda ko’p. ular hamisha duoda bo’lishadi. Shuning uchun ham men tug’ilgan qishlog’imni juda yaxshi ko’raman.
Mustahkamlash
22
27.04.2020
Ona tili
Kasbiy atamalar
Ma’lum kasb-hunar doirasida aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo’llaniladigan so’zlarga kasbiy atama deyiladi.
Masalan: Chaplama qilib suvamoq – suvoqcnilik;
jiyak qadamoq – do’ppido’zlik;
jo’yakni katta olmoq , pushtani keng tashlash - dehqonchilik.
2-topshiriq.
Chevarchilik – mato, qaychi, ip, igna,metr, chok moshina, angushovna.
556-mashq
23
28.04.2020
Ona tili
Shevaga xos so’zlar
Bir tilning faqat ma’lum hududga xos bo’lib, boshqa joylarda o’zgacha nom bilan yuritiladigan so’zlar shevaga xos so’zlar sanaladi. Bu so’zlardan bittasi umumxalq tili bo’lgan adabiy til uchun qabul qilinadi va ana shu so’z adabiy til uchun me’yor sanaladi.
Masalan: do’ppi so’zi adabiy me’yor, kallapo’sh, qalpoq, takya so’zlari shevaga xos so’zlardir.
Buxoroda sigirni - Inak, Qipchoq elida – uy deb atashadi. Buvini – bibi, beshikni – gavora deyishadi. Bu so’zlar shevaga xos so’zlar sanaladi.
559-mashq
24
29.04.2020
Ona tili
Olinma so’zlar
Boshqa tillardan o’zbek tiliga kirib o’zlashib qolgan so’zlarga olinma so’zlar deyiladi. Masalan: radio, televizor, tramvay, kollej, litsey
So’zlar bir tildan ikkinchi tilga xalqlar o’rtasidagi siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa aloqalar natijasida o’zlashadi.
Masalan: 1. O’quvchilar maktabda futbol musobaqasini o’tkazdilar.
2. Voleybol musobaqasida sinfimiz g’olib bo’ldi.
563-mashq
25
30.04.2020
Ona tili
Lug’at va lug’atshunoslik
Tilimizdagi so’zlarning alifbo tartibida joylashtirishga lug’at, lug’at tuzish qoidalarini o’rganuvchi tilshunoslik sohasiga esa lug‘atshunslik (leksikografiya) deyiladi.
Masalan: anor, olma, shaftoli, behi , banan, kivi, o’rik, gilos, anjir, nok.
Bu so’zlarnin alifbo tarzida joylashtiramiz.
Anor, anjir, banan, behi, gilos, kivi, nok, olma, o’rik, shaftoli .
Lug’at deb nimaga aytiladi?
Lug’atshunoslik deganda nimani tushunasiz?
577-mashq
26
01.05.2020
Ona tili
Lug’at turlari va ulardan foydalanish
Tildagi barcha so’zlarning qanday ma’nolarini bildirishini tanishtiruvchi lug’at izohli lug’at hisoblanadi.
Bir tildagi so’z ikkinch tilda qanday so’zga teng kelishini ko’rsatuvchi lug’at tarjima lug’at sanaladi.
So’zlarning to’g’ri yozilishini ko’rsatuvchi lug’atga imlo lug’ati deyiladi.
Lug’at oldiga qo’ygan maqsadiga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi: izohli leg’at, tarjima lug’at, imlo lug’ati va boshqalar.
Tarix darsligida berilgan tarixiy atamalarning izohli lug’atni ko’chiring.
574-mashq. Berilgan so’zlarni bir-biriga bog’lab gaplar tuzadilar.
Adolat, taraqqiyot, mezoni, ekani, bil - Adolat – taraqqiyot mezoni ekanligigni biling. 2. Har qanday, kuch, birlik, hamjihat, bo’l - Har qanday kuch birlik va hamjihatlikda bo’ladi.
575-mashq
31
07.05.2020
Ona tili
Gap bo’laklari
Gap bo’laklari deb nimaga aytiladi?
Kesim deb nimaga aytiladi?
Ega deb nimaga aytiladi?
Hol deb nimaga aytiladi?
Aniqlovchi necha turga bo’linadi?
Toldiruvchiga misollar keltiring.
576-mashq. Quyida berilgan gaplarga boshqa bo’laklarni qo’shib, gaplarni kengayiring.
O’qishlar tugab yozgi ta’til boshlandi. 2. Yoz fasli kelishi bilan mevalar pishdi.
578-mashq.
32
08.05.2020
Ona tili
Mustaqil so’zlar
Borliqdagi shaxs, narsa va tushunchalar nomini bildirgan so’zlar nima deb ataladi?
Qaysi so’z turkumi belgini darajalab ko’rsata oladi?
Ish-harakat va holatga bog’lanib, unung o’rin, miqdor kabi belgilarini bildiruvchi so’zlar qaysi turkumga kiradi?
Qaysi qo’shimchalar narsa-buyumning uch shaxsdan biriga tegishli ekanligini bildiradi/
Qancha?, nechanch?, nechta? Kabi so’roqlarga javob bo’lgan so’zlar qanday nomlanadi?
Harakat, holat zamonini ko’rsatish qaysi so’z turkumoga xos?
Qaysi so’z turkumi boshqa so’zlar o’rnida qo’llanib, atash ma’nosiga ega emas?
Sonlarning qanday ma’no turlari bor?
Men, sen olmoshlariga tushum va qaratqich kelishigi; u, bu, shu olmoshlariga jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi qo’shimchalari qo’shilganda qanday fonetik hodisa yuz beradi?
581-mashq
33
11.05.2020
Ona tili
Yordamchi so’zlar
Yordamchi so’zlar deb nimaga aytiladi?
Yordamchi so’zlarning qanday turlari bor?
Bog’lovchi deb nimaga aytiladi?
Bog’lovchi so’zlarni ayting.
Ko’makchi deb qanday yordamchi so’zga aytiladi?
Ko’makchilar qanda so’zlarni qanday so’zlarga bog’laydi?
Qanday yordamchi so’zga yuklama deyiladi?
Qaysi qo’shimcha yuklamalar qo’shib yoziladi?
Qaysi qo’shimcha yuklamalar chiziqcha bilan yoziladi?
Qanday so’zlarga undov so’zlar deyiladi?
Qanday so’zlarga taqlid so’zlar deyiladi?
Boshqotirmani yeching. Gaplar tuzing, unda yordamchi so’zlar ishtirok etsin.
34
12.05.2020
Ona tili
Unli tovushlar
Unli tovushlar undosh tovushlardan nimasi bilan farq qiladi?
O’zbek tilida nechta unli tovush bor?
Unli tovushlarni bo’g’in hosil qilishda qanday ahamiyati bor?
I unlisi qanday talaffuz qilinadi?
Til birliklari: tovush, harf, so’z, so’z birikma, gap.
Og’zaki nutqning tovush tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limi fonetika, ozma nutqning harflar tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limi esa grafika deyiladi.
582-583-mashqlar bajariladi.
584-mashq
35
13.05.2020
Ona tili
Undosh tovushlar
O’zbek tilida nechta undosh tovush bor?
Nutq a’zolarini ayting.
Undosh tovushlar qanday hosil bo’ladi?
Undosh tovushlarning hosil bo’lishida qaysi nutq a’zolari ishtirok etadi?
Undoshlar nimaga ko’ra lab, til, bo’g’iz va burun tovushlariga ajratiladi?
Bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovushlar yig’indisiga bo’g’in deyiladi.
Bo’g’in unli tovushlar asosida hosil bo’ladi. Har bir bo’g’inda bitta unli qatnashadi, shuning uchun so’zda nechta unli bo’lsa shuncha bo’g’n bo’ladi.
So’zning asos va qo’shimchalarga ajralishi bilan bo’g’inlarga ajralishi teng emas: go’sht-ni, barg-ga so’zlarida asos va qo’shimchalar bilan bo’g’inlar teng kelayotgan bo’lsa, go’sh-ti, bar-gi so’zlarida teng emas.
Bo’g’inlar ikki turli bo’ladi: ochiq bo’g’in va yopiq bo’g’in. unli bilan tugagan bo’g’in ochiq bo’g’in, undosh bilan tugagan bo’g’in yopiq bo’g’in hisoblanadi. Masalan: o-na, bo-la har ikki bo’g’in ochiq, tosh-lar so’zidagi har ikki bo’g’in yopiq bo’g’indir.
588-589-mashqlar bajariladi.
590-mashq.
37
15.05.2020
Ona tili
So’zning o’z va ko’chma ma’nolari
Gapda so’zlarning o’z va ko’chma ma’noda qo’llanishi tilde qaysi hodisani yuzaga keltiradi? – O’xshatish hodisasi
Tilda qanday so’zlar doimo o’z ma’nosida qo’llanib, ko’chma ma’noda ishlatilmaydi? – Bir ma’noli so’zlar
So’zlarning o’z va ko’chma ma’nolari qaysi lug’atlarda izohlanadi? - Izohli lug’at.
Sobir sekin boshini ko’tardi. U oilada bosh farzand edi.
Ochiq bo’g’inli so’zlarga misollar ayting. Ozodalik, tozalik salomatlikning bosh bo’g’inidir.
Ko’chma ma’nodagi so’zlar: temir intizom, tilla bola, kumush qish.
O’z ma’nosidagi so’zlar: temir eshik, tilla uzuk, kumush qoshiq.