Leksikologiya haqida suhbat



Yüklə 56,67 Kb.
səhifə4/12
tarix12.05.2023
ölçüsü56,67 Kb.
#126771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
5-sinf-tezis G.Siddiqova

21.04.2020

Ona tili

Tasviriy ifoda

O‘rmon podshosi, ko‘zimning nuri, qalbim quyoshi, zangori kema.

Biror narsa va hodisani boshqa bir narsa va hodisaga o‘xshatish orqali tasvirlab ifodalashga tasviriy ifoda deyiladi.


Tasviriy ifodalar narsa va hodisalarning ikkinchi nomi hisoblanadi.
M a s a 1 a n: о 'rmon podshosi - sher.
Tasviriy ifodalar nutqimiz ta'sirchanligini ta'minlaydi.



548-mashq

18

22.04.2020

Ona tili

Takrorlash

1.0'zbek tili leksikasining boyish manbalari haqida so‘zlab bering.
2. Ichki irnkoniyatlar asosida paydo bo‘lgan so‘zlarga misollar keltiring.
3. Yangi paydo bo‘lgan so‘zlarga misollar keltiring.
4. Ibora deb nimaga aytiladi?
5. Tasviriy ifoda nima?



Hikoya yozish

19

23.04.2020

Ona tili

Diktant

“Milliy liboslar”
Milliy kiyim-kechaklar xalq tarixi bilan bog’liq. U moddiy va ma’naviy yodgorliklar ichida aholining o’ziga xos etnik belgilarini ko’rsatadi. Kiyimlarda urf-odatlar, ijtimoiy munosabatlar, diniy e’tiqod va nafosat o’z aksini topadi. Bizgacha yetib kelgan kiyimlar XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga taaluqli. Qadimgi davrga oidlari saqlanmagan. O’zbeklarning milliy kiyimlari badaniga kiyiladigan ko’ylaklar va ustki kiyimlar, bosh va oyoq kiyimlariga bo’linadi. Ayollarning ko’cha liboslariga paranji va chachvon kirgan. Hozirgi zamon liboslari zamonaviy uslubda bo’lsa-da, ularda milliy an’analarning davomiyligi mavjud.
Topshiriqlar: 1. Eskirgan so’zlarni ajrating.
2. Do’ppi so’zining ma’nodoshlarini toping.



Mustahkamlash

20

24.04.2020

Ona tili

Atamalar . Ilmiy atamalar

Ma'lum bir fan yoki kasb-hunar doirasida aniq bir ma'noni ifodalash uchun qo‘llanilgan so‘zlarga atama deyiladi.
Atamalar qo‘llanishiga ko‘ra ilmiy atamalar va kasbiy atamalarga bo‘linadi.
Ma'lum bir fan doirasida qo‘Ilaniladigan atamalar ilmiy atamalar hisoblanadi. Atamalar ikki yo‘l bilan hosil bo‘ladi.
1. Umumxalq tilidagi so‘zlardan ma'nosini maxsuslashtirish orqali hosil qilinadi. Natijada bunday so‘zlar umumxalq tilida bir ma'noni, fan tilida esa boshqa ma'noni bildiradi.
Ma sal an: ot, ildiz, hol, fe'l.
2. Boshqa tillardan ilmiy tushuncha uchun atama olish orqali. Bular faqat shu fan sohasidagina ishlatilib, umumxalq tilida ishlatilmaydi. Masalan: kasr, musbat, manfiy.



552-mashq

21

25.04.2020

Ona tili

Takrorlash. Matn yaratish

O’quvchilarga matn yaratish qoidalari tushuntiriladi. Matn yaratish uchun ularga turli xil mavzular beriladi: “Maktabimiz bog’ida”, “Ona yurt sog’inchi”, “Kutubxonada”. O’quvchilar ushbu mavzulardan biriga matn yaratish topshiriladi. Dastlab matnga mos so’z birikmalarini shakllantirishadi. Ona yurt, mening qishlog’im, chang ko’chalar, sokin soy, nuroniy bobolar.
O’quvchilar matn yaratishga kirishadi.
Mening qishlog’im juda go’zal. Qishlog’imiz o’rtasidan katta soy oqib o’tadi. Yoz faslida bolalar bilan soyga borib cho’milamiz. Qishlog;imizda nuroniy otaxonlar va onaxonlar juda ko’p. ular hamisha duoda bo’lishadi. Shuning uchun ham men tug’ilgan qishlog’imni juda yaxshi ko’raman.



Mustahkamlash

22

27.04.2020

Ona tili

Kasbiy atamalar

Ma’lum kasb-hunar doirasida aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo’llaniladigan so’zlarga kasbiy atama deyiladi.
Masalan: Chaplama qilib suvamoq – suvoqcnilik;
jiyak qadamoq – do’ppido’zlik;
jo’yakni katta olmoq , pushtani keng tashlash - dehqonchilik.
2-topshiriq.
Chevarchilik – mato, qaychi, ip, igna,metr, chok moshina, angushovna.



556-mashq

23

28.04.2020

Ona tili

Shevaga xos so’zlar

Bir tilning faqat ma’lum hududga xos bo’lib, boshqa joylarda o’zgacha nom bilan yuritiladigan so’zlar shevaga xos so’zlar sanaladi. Bu so’zlardan bittasi umumxalq tili bo’lgan adabiy til uchun qabul qilinadi va ana shu so’z adabiy til uchun me’yor sanaladi.
Masalan: do’ppi so’zi adabiy me’yor, kallapo’sh, qalpoq, takya so’zlari shevaga xos so’zlardir.
Buxoroda sigirni - Inak, Qipchoq elida – uy deb atashadi. Buvini – bibi, beshikni – gavora deyishadi. Bu so’zlar shevaga xos so’zlar sanaladi.



559-mashq

24

29.04.2020

Ona tili

Olinma so’zlar

Boshqa tillardan o’zbek tiliga kirib o’zlashib qolgan so’zlarga olinma so’zlar deyiladi. Masalan: radio, televizor, tramvay, kollej, litsey
So’zlar bir tildan ikkinchi tilga xalqlar o’rtasidagi siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa aloqalar natijasida o’zlashadi.
Masalan: 1. O’quvchilar maktabda futbol musobaqasini o’tkazdilar.
2. Voleybol musobaqasida sinfimiz g’olib bo’ldi.



563-mashq

25

30.04.2020

Ona tili

Lug’at va lug’atshunoslik

Tilimizdagi so’zlarning alifbo tartibida joylashtirishga lug’at, lug’at tuzish qoidalarini o’rganuvchi tilshunoslik sohasiga esa lug‘atshunslik (leksikografiya) deyiladi.
Masalan: anor, olma, shaftoli, behi , banan, kivi, o’rik, gilos, anjir, nok.
Bu so’zlarnin alifbo tarzida joylashtiramiz.
Anor, anjir, banan, behi, gilos, kivi, nok, olma, o’rik, shaftoli .

  1. Lug’at deb nimaga aytiladi?

  2. Lug’atshunoslik deganda nimani tushunasiz?




577-mashq

26

01.05.2020

Ona tili

Lug’at turlari va ulardan foydalanish

Tildagi barcha so’zlarning qanday ma’nolarini bildirishini tanishtiruvchi lug’at izohli lug’at hisoblanadi.
Bir tildagi so’z ikkinch tilda qanday so’zga teng kelishini ko’rsatuvchi lug’at tarjima lug’at sanaladi.
So’zlarning to’g’ri yozilishini ko’rsatuvchi lug’atga imlo lug’ati deyiladi.
Lug’at oldiga qo’ygan maqsadiga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi: izohli leg’at, tarjima lug’at, imlo lug’ati va boshqalar.
Tarix darsligida berilgan tarixiy atamalarning izohli lug’atni ko’chiring.



571-mashq

27

02.05.2020

Ona tili

Nazorat ishi. Insho

“Mening darsxonam”
Reja:

  1. Uyimdagi mo’jaz darsxonam.

  2. Darsxonamdagi kitoblarim.

  3. Kitob – eng katta boylik.




Mustahkamlash

28

04.05.2020

Ona tili

Mustahkamlash

  1. Atamalar deb nimaga aytiladi?

  2. Ilmiy atamalarga misollar keltiring.

  3. Kasbiy atamalar deb nimaga aytiladi?

  4. Shevaga xos so’zlarga misollar keltiring.

  5. Olinma so’zlar deb nimaga aytiladi?




5-topshiriq

29

05.05.2020

Ona tili

Nazorat ishi: Bayon

“Har narsaning boshi - ilm”
Reja:

  1. Ilm – davlat.

  2. Ilmli kishi xor bo’lmas.

  3. Ilmli ming yashar.

Takrorlash.

30

06.05.2020

Ona tili

Takrorlash.
Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari

  1. Darak gap deb nimaga aytiladi?

  2. So’roq gaplar qanday hosil qilinadi?

  3. Buyruq gapga misollar ayting.

  4. Istak gapga misollar keltiring.

574-mashq. Berilgan so’zlarni bir-biriga bog’lab gaplar tuzadilar.

  1. Adolat, taraqqiyot, mezoni, ekani, bil - Adolat – taraqqiyot mezoni ekanligigni biling. 2. Har qanday, kuch, birlik, hamjihat, bo’l - Har qanday kuch birlik va hamjihatlikda bo’ladi.




575-mashq

31

07.05.2020

Ona tili

Gap bo’laklari

  1. Gap bo’laklari deb nimaga aytiladi?

  2. Kesim deb nimaga aytiladi?

  3. Ega deb nimaga aytiladi?

  4. Hol deb nimaga aytiladi?

  5. Aniqlovchi necha turga bo’linadi?

  6. Toldiruvchiga misollar keltiring.

576-mashq. Quyida berilgan gaplarga boshqa bo’laklarni qo’shib, gaplarni kengayiring.

  1. O’qishlar tugab yozgi ta’til boshlandi. 2. Yoz fasli kelishi bilan mevalar pishdi.




578-mashq.

32

08.05.2020

Ona tili

Mustaqil so’zlar

  1. Borliqdagi shaxs, narsa va tushunchalar nomini bildirgan so’zlar nima deb ataladi?

  2. Qaysi so’z turkumi belgini darajalab ko’rsata oladi?

  3. Ish-harakat va holatga bog’lanib, unung o’rin, miqdor kabi belgilarini bildiruvchi so’zlar qaysi turkumga kiradi?

  4. Qaysi qo’shimchalar narsa-buyumning uch shaxsdan biriga tegishli ekanligini bildiradi/

  5. Qancha?, nechanch?, nechta? Kabi so’roqlarga javob bo’lgan so’zlar qanday nomlanadi?

  6. Harakat, holat zamonini ko’rsatish qaysi so’z turkumoga xos?

  7. Qaysi so’z turkumi boshqa so’zlar o’rnida qo’llanib, atash ma’nosiga ega emas?

  8. Sonlarning qanday ma’no turlari bor?

  9. Men, sen olmoshlariga tushum va qaratqich kelishigi; u, bu, shu olmoshlariga jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi qo’shimchalari qo’shilganda qanday fonetik hodisa yuz beradi?




581-mashq

33

11.05.2020

Ona tili

Yordamchi so’zlar

  1. Yordamchi so’zlar deb nimaga aytiladi?

  2. Yordamchi so’zlarning qanday turlari bor?

  3. Bog’lovchi deb nimaga aytiladi?

  4. Bog’lovchi so’zlarni ayting.

  5. Ko’makchi deb qanday yordamchi so’zga aytiladi?

  6. Ko’makchilar qanda so’zlarni qanday so’zlarga bog’laydi?

  7. Qanday yordamchi so’zga yuklama deyiladi?

  8. Qaysi qo’shimcha yuklamalar qo’shib yoziladi?

  9. Qaysi qo’shimcha yuklamalar chiziqcha bilan yoziladi?

  10. Qanday so’zlarga undov so’zlar deyiladi?

  11. Qanday so’zlarga taqlid so’zlar deyiladi?




Boshqotirmani yeching. Gaplar tuzing, unda yordamchi so’zlar ishtirok etsin.

34

12.05.2020

Ona tili

Unli tovushlar

  1. Unli tovushlar undosh tovushlardan nimasi bilan farq qiladi?

  2. O’zbek tilida nechta unli tovush bor?

  3. Unli tovushlarni bo’g’in hosil qilishda qanday ahamiyati bor?

  4. I unlisi qanday talaffuz qilinadi?

Til birliklari: tovush, harf, so’z, so’z birikma, gap.
Og’zaki nutqning tovush tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limi fonetika, ozma nutqning harflar tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limi esa grafika deyiladi.
582-583-mashqlar bajariladi.

584-mashq

35

13.05.2020

Ona tili

Undosh tovushlar

  1. O’zbek tilida nechta undosh tovush bor?

  2. Nutq a’zolarini ayting.

  3. Undosh tovushlar qanday hosil bo’ladi?

  4. Undosh tovushlarning hosil bo’lishida qaysi nutq a’zolari ishtirok etadi?

  5. Undoshlar nimaga ko’ra lab, til, bo’g’iz va burun tovushlariga ajratiladi?

  6. Jarangli-jarangsiz undoshlar juftliklarini ayting.

  7. Bo’g’iz undoshiga misollar keltiring.

  8. Chuqur til orqa undoshiga misollar keltiring.

585-586-mashqlar ishlanadi.



587-mashq.

36

14.05.2020

Ona tili

Bo’g’in va urg’u

Bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovushlar yig’indisiga bo’g’in deyiladi.
Bo’g’in unli tovushlar asosida hosil bo’ladi. Har bir bo’g’inda bitta unli qatnashadi, shuning uchun so’zda nechta unli bo’lsa shuncha bo’g’n bo’ladi.
So’zning asos va qo’shimchalarga ajralishi bilan bo’g’inlarga ajralishi teng emas: go’sht-ni, barg-ga so’zlarida asos va qo’shimchalar bilan bo’g’inlar teng kelayotgan bo’lsa, go’sh-ti, bar-gi so’zlarida teng emas.
Bo’g’inlar ikki turli bo’ladi: ochiq bo’g’in va yopiq bo’g’in. unli bilan tugagan bo’g’in ochiq bo’g’in, undosh bilan tugagan bo’g’in yopiq bo’g’in hisoblanadi. Masalan: o-na, bo-la har ikki bo’g’in ochiq, tosh-lar so’zidagi har ikki bo’g’in yopiq bo’g’indir.
588-589-mashqlar bajariladi.



590-mashq.

37

15.05.2020

Ona tili

So’zning o’z va ko’chma ma’nolari

  1. Gapda so’zlarning o’z va ko’chma ma’noda qo’llanishi tilde qaysi hodisani yuzaga keltiradi? – O’xshatish hodisasi

  2. Tilda qanday so’zlar doimo o’z ma’nosida qo’llanib, ko’chma ma’noda ishlatilmaydi? – Bir ma’noli so’zlar

  3. So’zlarning o’z va ko’chma ma’nolari qaysi lug’atlarda izohlanadi? - Izohli lug’at.

  1. Sobir sekin boshini ko’tardi. U oilada bosh farzand edi.

  2. Ochiq bo’g’inli so’zlarga misollar ayting. Ozodalik, tozalik salomatlikning bosh bo’g’inidir.

  3. Ko’chma ma’nodagi so’zlar: temir intizom, tilla bola, kumush qish.

  4. O’z ma’nosidagi so’zlar: temir eshik, tilla uzuk, kumush qoshiq.

592-593-mashqlarni bajaradilar.



594-mashq.



Yüklə 56,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin