Ligi farg‘ona davlat universiteti tarix o’qitish metodikasi fani bo’yicha


Zamonaviy tarix darsiga bo’lgan talab nima bilan belgilanadi?



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə13/79
tarix07.06.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#116719
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79
2 5262727284392987390

Zamonaviy tarix darsiga bo’lgan talab nima bilan belgilanadi?
Birinchidan: fikrimizcha, Birinchi Prezident I.A.Karimovning «Bizning asosiy boyligimiz,rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo`ldagi asosiy tayanchimiz - insondir. Yuksak malakali va yuksak ma'naviyatli insondir. Bu narsa, ayniqsa yosh avlodga tegishli. Kelajagi buyuk davlat, eng birninchi navbatda, bo`lajak fuqarolarining madaniyati, ma'lumoti va ma'naviyati haqida g`amxo`rlik qilmog`i zarur.
Men barcha vatandoshlarimizga murojaat qilib aytaman: Bugun hayot qanchalik og`ir bo`lmasin, ma’naviyatimiz va madaniyatimizni unutmaylik!» degan ko`rsatmalari, shuningdek «yangi demokratik ta'lim konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim bo’ladi. Bunda o’zbek xalqining va respublika hududida yashovchi boshqa xalqlarning milliy, tarixiy va madaniy an'analari, ma'naviy tajribasi ta'lim va tarbiya tizimimizga uzviy ravishda kiritilishi lozim»" degan konsepsiyasi pedagoglarimizni tarix ta'limini davr talabi darajasiga ko`tarish yo`lidagi muhim vazifalarialari bo’lmog’i kerak.
Ikkinchidan: tarix ta'limi davomida o’quvchi yoshlarni tarixiy bilim va ko’nikmalar bilan qurollantirib, ularni o’tmishda va bugungi kunimizda sodir bo`layotgan ijtimoiy hodisalarini to’g’ri baholash va xulosalar ilmy – uslubiy va didaktik jihatdan to’g’ri tashkil etilgan tarix ta'limi dars jarayonida samara beradigan turli – tuman shakl va usullardan foydalanishni taqozo etadi.
Tarix o’qitish deganda faqatgina o’qituvchini voqealar to’g’risidagi hikoyasini tinglash – u, kelgusi darsda uni o’quvchilardan so`rashgina emas, balki, tarix o’qitish jarayonida biz o’quvchilarimizni fikrlash va tarixiy voqealarini tahlil etish, o’rganilayotgan tarixiy material asosida xulosalar chiqarish va ularni umumlashtirish, tafakkur etish, o’rganilayotgan hamma mavzular va kursning yetakchi g`oyalarini ongli ravishda mustahkam o`zlashtirib olish, ularni tarixiy hujjatlar va ayniqsa O`zbskiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, nutqlari matni ustida mustahkam ishlab, rejalar va konspekt, xronologik va sinxronologik jadvallar tuzishga, ularni tahlil etishga, qisqacha ma'ruzalar tayyorlashga, tarixiy xaritalar bilan ishlash va to`g`ri tarixiy mo`ljal olishga qunt bilan o`rgatish jarayoniga aytiladi.
Uchinchidan: Balandparvoz iboralar yig’indisidan tashkil topgan «vataniarvarlik» partiya hujjatlarida nazariy jihatdan asoslanib, «sovet jamiyatining o’tgan davr ichida qo’lga kiritilgan asosiy yutug’i bu yagona sovet xalqlarining shakllantirishdir!» deb, xalq maorifi xodimlari oldiga, jumladin tarix o’qituvchilariga yosh avlodni alohida olingan ma'lum bir xalq, millatning milliy va ma'naviy an'analari ruhida emas, xayolan «shakllaigan» sovet xalqi vatanpavarligi ruhida tarbiyalashni singdnrishga undar edi. Shunday ekan, bugungi kun tarix fani o’qituvchisi tarix ta'lnmini targ’ib etishda ayrim tarixiy shior va chaqiriqlarning ma'lum tarixiy davr, tarixiy sharoit va uning manfaatidan kelib chiqqan bo’lishi sabab va mohiyatlarini ham tarix o’qitish metodikasidagi eng asosiy talab va tushuncha yo’nalishidan kelib chiqib unga mutlaq rioya etish lozim.
Masalan, o’qituvchi «1941 - 45 - yillarda O’zbekiston» mavzusini o’tar ekap, fanlararo aloqa metodidan foydalanib, o’quvchilar e'tiborini G’.G’ulomning urush yillarida umumxalq shioriga aylangan «buyuk Vatanning buyuk farzandi, bilib qo’yki seni Vatan kutadi» degan chaqirig’iga jalb etadi.Bu shior so’zsiz o’z davrining jangovar chaqirig’i yozuvchining fuqarolik burchini vijdonan ado etishdagi oliy mezon edi. Boshqacha qilib aytganda, sovet yozuvchisi ustqurmaning faol elementi sifatida o’z bazisiga sodiq xizmat qilishi kerak edi. Boshqacha bo’lishi mumkin ham emas edi. Lekin o’sha suronli 40 – yillarda «Buyuk Vatan» tushunchasiga ega o’zini azaliy orzusi o’z mustaqilligiga erishgan xalq – o’zbeklarga bugungi kunda qanday munosabatda bo’lishimiz kerak? Shu chaqiriq o’sha davrdagi «Vatan» tushunchasi bugungi kunda ham o’z mohiyatini saqlab turibdimi? Buning uchun dars jarayonida 4) faqatgina darslik materiali bilan kifoyalanib qolmasdan, mavzuga dior qo’shimcha adabiyotlar, turli metodik vositalardan, jumladan ekran qo’llanmalari, magnitofon yozuvlari, teledarslar, mavzuning mazmuniga qarab muzey darslari yoki seminar darslaridan maqsadga muvofiq foydalanmog’i kerak.
Bugungi kunda mamlakatimizning bozor iqtisodiga o’tishi munosabati bilan o’quvchilarni o’qishga qiziqishlari borasida turlicha yondashish, qiziqishlarini bir xil emasliklari yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Ularni o’rab turgan ijtimoiy muhit o’quvchi yoshlarimiz dunyoqarashlarida o’z tamg’alarini qoldirmoqda. Bunday sharoitda tarix o’qituvchisining vazifasi sinfda mavjud bo’lgan barcha o’quvchilar diqqat – e’tiborlarini ularga nisbatan diferensiatsiya usulini qo’llab, bir vaqtda ularning hammalari uchun maqbul bo’lgan tarixiy materilni bayon qilish bilan, ikkinchi tomondan har bir o’quvchining qiziqishlarini hisobga olgan holda unga individual yondashmoqqa harakat qilmog’i kerak.
Dars jaryonida o’quvchilar faoliyatiga differensial yondashuv qanday nazorat etilsa, ularning uy vazifalarini bajarishlarini nazorat etish ham shunday amalga oshirib borilmog’i kerak.
Shuni aloxida takidlab o’tish lozimki, tarix darsining mazmuni mustaqil O’zbekiston Respublikasining yoshlar orasida olib boriladigan mafkuraviy ishlar vaznfalariga mos kelishi, tarix o’rganishning turmush bilan aloqasini bog’langanligida, O’zbekiston kelajagi buyuk davlat bo’lishini nazariy va amaliy ishlar bilan bog’lab olib borishga yo’naltirilgan bo’lmog’i kerak.
Tarix darslar o’quvchi yoshlarda shunday qat'iy tushunchani mustahkam shakllantirmog’i kerakki, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi XV sessiyasida alohida qayd etib o’tganidek, «Kelajak o’z — o’zidan kelmaydi. U bugungi mashaqqatli mehnat bilan yaratiladi. Bugun yaratgan ishlarimiz kelajakka ham o’tadi. Agar bugun shoshilib nimanidir unutsak, kelajak avlodlar o’sha narsadan mahrum bo’ladilar. Jamiyat madaniyatsiz, ma'naviy – axloqiy qadriyatlarsiz yashay olmaydi. Ularni pisand qilmagan jamiyat pirovardi – oqibatda tanazzulga yuz tutadi» degan konsepsiya bilan yo’g’rilgan bo’lmog’i kerak.
Tarix darslari samaradorligini oshirib borish uchun o’qituvchi tarix fanining rivojlanib borishini doimiy ravishda kuzatib bormog’i lozim. Ayniqsa, yuqori sinf o’quvchilarini tarixdan chop etilayotgan yangi asarlar mazmuni bilan tanishtirib borishlari o’quvchi yoshlarda tarixni o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini yanada o’sishiga olib keladi.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin