Ligi farg‘ona davlat universiteti tarix o’qitish metodikasi fani bo’yicha



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə7/79
tarix07.06.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#116719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   79
2 5262727284392987390

O’qitish metodimurakkab, ko’p qirrali, ko’p sifatlarga ega bo’lgan ta’limdir. O’qitish metodida o’qitishning ob’ektiv qonuniyatlari, maqsadlari, mazmuni, tamoyillari, shakllari o’z aksini topadi. Metodlar boshqa didaktik kategoriyalarga dialektik bog’liq va biri bshqalarini taqozo qiladi, ya’ni o’qitishning maqsadi, mazmuni, shakli hosilasi sifatida metodlar didaktik kategoriyalarga aks ta’sir ko’rsatadi.
Metodlar tuzilmasida ob’ektiv va sub’ketiv jihatlar ajralib turadi.
Metodlarning ob’ektiv jihatlarida barcha didaktik qoidalar, qonunlar va qonuniyatlar, tamoyillar va ta’riflar, shuningdek, mazmun butunligining doimiy komponentlari, o’quv faoliyatining shakllariga xos bo’lgan umumiy jihatlar aks etadi.
Metodlarning sub’ektiv jihati pedagog shaxsi, ta’lim oluvchilarning o’ziga xosligiga va konkret sharoitga bog’liq bo’ladi.
O’qitish metodlarining ko’p o’lchovliligi ularning ko’plab tasnifini keltirib chiqardi. O’qitish metodlari tasnifi - bu muayyan belgilar asosida tartibga solingan tizimdir.
Didaktik tadqiqotlar o’qitishni dialektik jarayon sifatida o’rganadi. Bunga ko’ra o’qitish metodlari tizimi dinamikada, harakatda, ta’lim mazmunida yuz berayotgan barcha o’zgarishlarni hisobga olingan holda deb qaraladi.
Eng asoslangan o’qitish metodlari tasniflariga quyidagilar kiradi:

  1. An’anaviy metodlar. Bu metodlarning ibtidosini ilk falsafiy va pedagogik tizimlar tashkil etadi. Hozirgi davrda ulardan beshtasi inobatga olinadi: amaliy, ko’rgazmali, ifodali, kitob bilan ishlash, video metodlar.

  2. Maqsadiga ko’ra metodlar tasnifi: (M.A. Danilov, B.P. Esinov)

bilimlarni egallash;
malaka va ko’nikmalarni shakllantirish;
bilimlarni qo’llash;
ijodiy faoliyat;
mustahkamlash metodlari;
bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirish metodlari.
Idrok etish-bilish faoliyati xarakteriga ko’ra metodlar tasnifi:

  1. tushuntirish – illyustrativ (axborot – resteptiv). Ularning xarakterli xususiyatlari; bilimlar “tayyor holda” tavsiya etiladi; bu bilimlarni idrok qilish tashkil etiladi; bilimlar idrok (restepstiya) qilinadi va tushunib olinadi, xotiraga joylashtiriladi;

  2. reproduktiv metod: bilimlar tayyor holda tavsiya etiladi, bilim nafaqat bayon qilinadi, balki tushuntiriladi; bilimlar ongli o’zlashtiriladi, ularning tushunilishi va eslab qolinishiga erishiladi, bilimlarning mustahkamligi tez-tez takrorlash yo’li bilan ta’minlanadi.

  3. muammoli bayon qilish metodi;

  4. qisman ijodiy (evristik) metod. Bilim tayyor holda tavsiya etilmaydi, balki u mustaqil ravishda egallanadi; yangi bilimlarni qidirish, izlash tashkil etiladi; bilish vazifalari bo’yicha mustaqil fikr yuritiladi, muammoli vaziyatlar yaratiladi va hal qilinadi;

  5. tadqiqiy metod. Bunda muammo belgilab olinadi, muammoning tadqiqoti jarayonida bilim egallanadi.

Didaktik maqsadi bo’yicha (T.I. Щukina, I.T. Ogorodnikov va boshqa) quyidagilar farqlanadi:
ilk bor bilimlarni o’zlashtirish metodlari;
egallangan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish metodlari.
O’qitish metodlarining binar (qo’sh) va polinar (ko’pqirrali) tasnifi. M.I. Mahmutovning binar tizimi dars berish metodi va o’rgatish metodi majmuidan iborat:



Dars berish metodi



O’rganish metodi

Axborot berish – bayon qilish


Tushuntirish
Ko’rsatma berish – amaliy
Tushuntirish – ishontirish
Ishontirish

Ijro etish


Reproduktiv
Produktiv – amaliy
Qisman ijodiy
Ijodiy



O’qitishning polinar tasnifi V.F. Palamarchuk va V.I. Palamarchuk tomonidan ishlab chiqilgan. Bu tasnif bilimlar manbai, bilish faolligi darajasi, o’quv bilimlarining mantiqiy yo’llari yig’indisidan tarkib topadi. Didaktika bo’yicha nemis mutaxassisi L. Klinberg tasnifida metodlarni o’qitishdagi hamkorlik shakllari bilan birga olib qaraydi:





Monologik metodlar



Hamkorlik shakllari

Dialogik metodlar

Lekstiya
Hikoya
namoyish qilish

Individual
Guruh
Frontal
Kollektiv

Suhbat

Akademik Yu.K. Babanskiy o’qitish metodlarining uch guruhini belgilaydi:


o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari:



Ifodali
Ko’rgazmali
Amaliy

Induktiv va deduktiv

Reproduktiv va muammoli – ijodiy

O’qituvchi rahbarligida mustaqil ish metodlari

Manbalari

Mantiq

Tafakkur

Boshqaruv



o’quv-bilish faoliyatini motivastiyalash va stimullash metodlari:

O’rganishga qiziqish uyg’otishni stimullash va motivastiyalash metodlari

O’rganishda burch va mas’uliyatni stimullash va motivastiyalash metodlari

o’quv-bilish faoliyatining samaradorligini nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilish:

Og’zaki nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilish metodlari

Yozma nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilish

O’z-o’zini nazorat qilishning laboratoriya-amaliy metodlari

Didaktikada ishlab chiqilgan funkstional yondashuv metodlar tizimini yaratish uchun asos bo’lgan bo’lib, unda metodlar didaktik maqsadlarga erishishning nisbatan alohida yo’llari va usullari sifatida namoyon bo’ladi.


Shunday qilib, tarixiy meros, pedagogik hayot, chet el va o’z tadqiqotchilarimizning ilmiy mahsulotlari o’qitishning quyidagi metodlarini belgilash mumkinligini ko’rsatadi: Oliy maktabdagi o’qitish metodlari muammosi ko’p sonli tadqiqotlarining mavjudligiga qaramasdan hali to’la hal etilganicha yo’q. Bu o’qitish metodlarining dialektikligi, oliy maktabdagi ta’lim mazmunining takomillashuvi, ilmiy-texnik taraqqiyotning o’sib borishi bilan izohlanadi.
Oliy maktabdagi o’qitish metodlari muammosini hal qilishdan avval oliy maktabdagi o’qitish metodlarining o’ziga xosligini asoslash o’rinli bo’ladi. I.T. Ogorodnikov o’z tadqiqotlarida oliy maktabdagi o’qitish metodlarining o’ziga xosligi deganda, uning ilm o’rganish metodlari bilan yaqinlashuvidadir deb biladi. S.I. Arxangelskiyning fikricha, oliy maktabdagi o’qitish metodlari nafaqat dars berish usullari va uslublarini birlashtiradi, balki bilishning o’quv va ilmiy faoliyatga yo’naltirilgan tizimi ekanligini qayd qiladi. Shunday qilib, oliy maktabdagi o’qitish metodlari o’ziga xos xususiyatlarga ega. Endi shunday savol tug’iladi: Oliy maktab metodlari maktab metodlaridan qay jihatlari bilan farqlanadi?
Maktabda, akademik listey va kasb xunar kollejlarda fan asoslari o’rganiladi, umumiy ta’lim beriladi. Oliy maktabda talaba zamonaviy fanni o’rganadi va ixtisoslik bo’yicha ta’lim oladi. Shuning uchun ham oliy maktab metodlari bilimlarni etkazish va anglashning usullarigina emas, balki fan taraqqiyoti jarayoniga tobora kirib borish, uning metodologik va g’oyaviy asosini ochish metodi hamdir.
O’rta maxsus ta’lim tizimida o’qitish metodlarini asoslashda didaktika bilan shug’ullanuvchi olimlar o’quv jarayonining xususiyatlari va talabalarning bilish faoliyatini qamrab oladilar, talabalarning kasbiy va shaxsiy tayyorgarligi masalalariga katta ahamiyat beradilar. Talabalarning faol ijodiy bilish faoliyati, ularning mustaqil ishlaridan ibor jarayoni ikki guruh o’qitish metodlarining farqlanishini taqozo qiladi: o’qitish metodlari va o’rganish metodlari.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin