Lirik tur va janrlari Reja: Lirikaning kichik janrlari


A.Lirikaning kichik janrlari



Yüklə 36,03 Kb.
səhifə2/5
tarix28.02.2022
ölçüsü36,03 Kb.
#114714
1   2   3   4   5
Lirikaning janrlari sher janrlari

A.Lirikaning kichik janrlari

Fard(arabcha so’z bo’lib, yakka, yolg’iz, toq ma’nolarini beradi) “shoir tomonidan ma’lum mavzu va g’oyaviy maqsadda ijod qilingan mustaqil she’riy baytdir. Fard bir bayt hajmidagi, shaklidagi she’riy asardir. Unga berilgan janr atamasi ham baytning yakkaligiga asoslanadi. Binobarin, baytning yakkaligi uning janriy belgisini ham anglatadi. Shu nomning lug’aviy, istiholiy ma’nosida uning ixcham, o’ta mo’jaz she’r shakli ekanligi ham anglashib turiladi: qisqalik va siqiqlik unda chuqur mazmunni, pandu hikmat va donolikni ifodalashni taqozo etadi” (R.Orzibekov. O’zbek she’riyati janrlari va poetikasi, II kitob, Samarqand, SamDU nashri, 1999, 4-bet):
Haq yo’linda kim senga bir harf o’qitdi ranj ila,

Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila.

(Alisher Navoiy)

Fardni “mufradot”, “fardiyot” deb ham yuritadilar. Turkiyalik olim Tohirul Mavlaviy, bir bayt qofiyadosh bo’lsa (yuqoridagidek) “musarra’”, qofiyadosh bo’lmasa (pastdagidek) “fard” deb yuritadi.

Xalq og’zaki ijodida bu shakl “maqol”, “matal”, “hikmat”, “otalar so’zi” nomlari bilan yuritilgan:
Dunyo chamanining bulbulisen,

Gul shoxida oshiyon etib ket.

(Nodira)
Ikki nafarning ovqati uch nafarga yetadi.

Yaxshi odamning mehmoni ko’p bo’ladi.

(“Otalar so’zi”)
Bo’lar odam yoshida bosh bo’lar,

Bo’lmas odam qirqida ham yosh bo’lar

(“Amir Temur o’gitlari”)
Bilagi zo’r birni yiqar,

Bilimi zo’r mingni yiqar.

(Maqol)


Yüklə 36,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin