Lisoniy vaziyat. Til siyosati. Reja: Lisoniy vaziyat



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix02.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#137226
1   2   3   4   5
umk, sotsiolingvistika

Kasb 
tiliga
Koreyadagi 
jenshen 
terrorchilarining 
Arabistonda— 
xunarmandlar tili kiradi.
4.
Marosimlar tili
. Diniy tillarga o‗lik eski yozuv va xozirgi zamon tillari 
kiradi. Lotin – katalizmda; eski slovyan – provaslav cherkov tili; sanskrit – 
hinduizmda (va xozirga vaqtdagi induslar madaniyati); Pali – buddizmda (xozirgi 
vaqtda Seylonda an'anaviy fan tili); Mumtoz arab – yaqin va o‗rta sharqdagi islom 
tili.
Til siyosati
 
deganda, davlat, sinf, ijtimoiy guruhlarning mavjud tillar yoki til osti 
tizimlari vazifalarini o‗zgartirish yoki saqlab qolish, yangi lingvistik me‘yorlarni 
joriy qilish yoki eski me‘yorlarni saqlab qolishga qaratilgan tadbirlar majmuyi 
tushuniladi.
Til siyosatini ichki va tashqi til siyosatiga ajratish mumkin. 
Ichki til siyosati
 
deganda, muayyan davlat doirasida bir yoki bir qancha tillarga nisbatan qo‗llanilgan 
chora-tadbirlar majmuyi ko‗zda tutiladi. Ko‗p millatli davlatlarda bir qancha tillar 
faoliyat ko‗rsatadi, shuning uchun ham bunday davlatlarning til siyosati milliy 
siyosatning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Masalan, Ispaniyada ispan 
(kastil), katalon, galisiy va bask tillari rasmiy tillar hisoblanadi. Yoki Fransiyani 
oladigan bo‗lsak, uning ichki til siyosati birinchi galda fransuz tilini unifikatsiya 
qilish, yoyish va mashhur qilishga qaratilgan. Fransuz hukumatining 1989-yil 2-
iyundagi dekreti bilan Fransuz tili boshqarmasi (DGLF) tashkil qilingan. Mazkur 
tashkilotning vazifasi fransuz tilini to‗g‗ri qo‗llash va uni yoyishga ko‗maklashadigan 
boshqarmalar, davlat va nodavlat tashkilotlarini nazorat qilish, til masalalari bilan 
shug‗ullanishdan iborat. Fransuz tili boshqarmasi davlat til siyosatini uch tamoyil 
asosida hayotga tatbiq qilish vakolatini olgan: 1) Respublika tili bo‗lgan fransuz tili 
obro‗yini oshirish; 2) fransuz tilining xalqaro muloqotdagi rolini mustahkamlash; 3) 
turli til va madaniyatlarni hurmat qilish hamda plurilingvizmni qo‗llab-quvvatlash. 
O‗zbekistonning ichki til siyosatiga 1989-yildagi ―O‗zbekiston Respublikasining 
Davlat tili to‗g‗risida‖gi Qonuni, 1995-yildagi mazkur qonunning yangi tahriri, 1993-
yildagi ―Lotin yozuviga asoslangan o‗zbek alifbosini joriy etish to‗g‗risidagi‖, 1997-
yildagi ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‗g‗risida‖gi qonunlarning qabul qilinishi 
va h.k.ni misol qilib keltirish mumkin.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin