.remove(qiymat)
metodidan
foydalanamiz. Buning uchun qavs ichida o'chirib tashlash kerak bo'lgan qiymatni
yozamiz
mevalar = ['olma', 'anjir', 'shaftoli', "o'rik", 'anor']
mevalar.remove('shaftoli') # Ro'yxatdan shaftolini o'chirdik
print(mevalar)
Natija: ['olma', 'anjir', "o'rik", 'anor']
.remove(qiymat)
metodi ro'yxatda uchragan birinchi mos keluvchi qiymatni
o'chiradi. Agar ro'yxatning ichida 2 va undan ko'p bir
hil qiymatli elementlar
bo'lsa, ulardan eng birinchisi o'chadi.
hayvonlar = ['it', 'mushuk', 'sigir', 'qo\'y', 'quyon', 'mushuk']
hayvonlar.remove("mushuk") # Ro'yxatda 2 ta
mushuk bor, ulardan birinchisi
o'chadi
print(hayvonlar)
Natija: ['it', 'sigir', "qo'y", 'quyon', 'mushuk']
Elementni sug'urib olish
Ba'zida biror elementni butunlay o'chirib tashlash emas, balki uni ro'yxatdan
sug'urib olish va undan foydalanish talab qilinishi mumkin. Buning uchun
Pythonda
.pop(indeks)
metodidan foydalanmiz.
bozorlik = ["yog'", 'un', 'piyoz', 'banan', "go'sht"]
mahsulot = bozorlik.pop(3) # Ro'yxatdan banan ni sug'urib olamiz
print("Men " + mahsulot + " sotib oldim")
print("Olinmagan mahsulotlar: ", bozorlik)
Natija:
Men banan sotib oldim
Olinmagan mahsulotlar: ["yog'", 'un', 'piyoz', "go'sht"]
Agar
.pop()
metodida indeks berilmasa, ro'yxatdan o'xirgi qiymat sug'urib olinadi.
AMALIYOT
Quyidagi mashqlarni bajaring:
ismlar degan ro'yxat yarating va kamida 3 ta yaqin do'stingizning ismini
kiriting
Ro'yxatdagi har bir do'stingizga qisqa xabar yozib konsolga chiqaring:
sonlar deb nomlangan ro'yxat yarating va ichiga turli sonlarni yuklang
(musbat, manfiy, butun, o'nlik).
Yuqoridagi ro'yxatdagi sonlar ustida turli arifmetik amallar bajarib ko'ring.
Ro'yxatdagi ba'zi sonlarning qiymatini o'zgartiring, ba'zilarini esa
almashtiring.
t_shaxslarva z_shaxslar degan 2 ta ro'yxat yarating va biriga o'zingiz eng
ko'p hurmat qilgan tarixiy shaxslarning, ikkinchisiga
esa zamonamizdagi
tirik bo'lgan shaxslarning ismini kiriting.
Yuqoridagi ro'yxatlarning har biridan bittadan qiymatni sug'urib olib
(
.pop()
), quyidagi ko'rinishda chiqaring:
friendsnomli bo'sh ro'yxat tuzing va unga .append() yordamida 5-6 ta
mehmonga chaqirmoqchi bo'lgan do'stlaringizni kiriting.
Yuqoridagi ro'yxatdan mehmonga kela olmaydigan odamlarni .remove()
metodi yordamida o'chrib tashlang.
Ro'yxatning oxiriga, boshiga va o'rtasiga yangi ismlar qo'shing.
Yangi mehmonlardeb nomlangan bo'sh ro'yxat yarating. .pop() va .append()
metodlari yordamida mehmonga kelgan do'stlaringizning ismini friends
ro'yxatidan sug'urib olib, mehmonlar ro'yxatiga qo'shing.