1.00. TABIIY VA ILMIY FANLAR 1.01. Umumiy o‘rta ta'limning me'yoriy asoslari
№
Mavzular
Jami
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlarida ta’lim-tarbiya masalalari.
1
Ta’lim sifati boshqaruvi masalalari
1
Barkamol, mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish.
1
Pedagoglar kasbiy mahoratini oshirishga zamonaviy yondashuvlar. Uzluksiz metodik xizmat tizimi.
1
JAMI
5
1-mavzu. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari. Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, tamoyillari. O‘quv-tarbiya jarayonida milliy g‘oya, asosiy pedagogik qonuniyatlar va tamoyillarga tayanish. Ta’lim sohasidagi islohotlar, modernizatsiyalash va integratsiyalash jarayonlari.
2-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlarida ta’lim-tarbiya masalalari. Ta’limni tubdan isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari. Ta’limga zamonaviy yondashuvlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan demokratik islohotlarni izchil davom ettirilishi.
Mustaqil demokratik taraqqiyot va jamiyat rivoji. Jamiyat rivoji, barqarorligi va tahdidbardoshligini ta’minlashda ta’lim-tarbiyaning o‘rni. Ta’lim tizimi xodimlarining mafkuraviy kompetentliligini shakllantirish: muammo va yechimlar. Yuksak ma’naviyatlilik va mafkuraviy kompetentlilikni baholashning o‘lchov mezonlari.
Prezident asarlari va ma’ruzalarida yoshlarni ma’naviy va mafkuraviy xurujlardan himoya qilish masalalari.
3-mavzu: Ta’lim sifati boshqaruvi masalalari. Ta’lim sifati menejmenti tushunchasi, unsurlari, asosiy g‘oyasi va tamoyillari. Ta’lim sifatining, tavsiflari, boshqarish funksiyalari va bosqichlari. Sifatni ta’minlashning zamonaviy yondoshuvlari. Ta’lim sifatini ta’minlash tizimining indikatorlari. Ta’lim sifatini yuksaltirish vositalari. Xalq ta’limi tizimining sifatiga ta’sir etuvchi omillar. Ta’lim sifatini ta’minlashda xalqaro tajribalar.
4-mavzu. Barkamol, mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish. Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning jamiyat rivojlanishida, komil insonni shakllantirishdagi ahamiyati. Shaxsning tarkib topishida irsiyat, muhit va kamolot jarayonlarining tutgan o‘rni. Shaxs kamoloti, barkamol shaxs – tarbiyaning maqsadi ekanligi. Milliy ta’lim-tarbiya tizimining xususiyatlari. Ta’lim va tarbiyaning mushtarakligi. Prezident asarlarida ta’lim-tarbiyaning ma’naviy-axloqiy negizlari haqida. Shaxs madaniyatining asosiy jihatlari.