Videodarslarni olish muddati - 30 kun. Videodars o‘tuvchi pedagog kadr qo‘yiladigan talablar:
Videodars mashg‘ulotining ssenariyasi bo‘lishi;
Ssenariya bo‘yicha taqdimot (slayd)larni PPT format (Microsoft Power Point dasturi)da tayyorlash hamda animatsion shakllarni o‘zida aks ettirish, infografika (har bir mavzu bo‘yicha);
Barcha vizualizatsiya vositalaridan foydalanish: video, animatsiya, rasm, jadvallar, diagrammalar va boshqalar.
Mavzuning reja va dastur talablari asosida qisqa, aniq va intereaktiv usulda ochib berish (Kursning o‘quv reja va dasturi 1-Ilovada);
Dars jarayonida bo‘rli va markerli doskalardan foydalanish;
Video kontentning kattalar uchun mo‘ljallanganligi;
Videodars mavzusi bo‘yicha matn (6-8 bet), slayd-taqdimot (15-20 ta), test (4-5 ta), amaliy topshiriq (3-4 ta)lari bo‘lishi;
Videosyomka qilinadigan har bir mavzuning kamida 15 daqiqa davom etishi (montajdan keyingi qismi):
Test topshiriqlari, ma’ruzalar kursi, amaliy mashg‘ulot materiallari va taqdimot (prezentatsiya) tayyorlashga qo‘yiladigan talablar 2-Ilovada keltirilgan.