Tanlangan tillar miqdoriga ko‘ra lug‘at turlari. Tanlangan tillar miqdoriga ko‘ra lug‘atlar bir tilli, ikki tilli va ko‘p tilli bo‘ladi: «Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati» (H.Homidiy, Sh.Abdullayeva, S.Ibrohimova, 1967) bir tilli; «Ruscha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-ruscha geografiya terminlari lug‘ati» (H.H.Hasanov, 1964), «Adabiyotshunoslikdan qisqacha ruscha-o‘zbekcha terminologik lug‘at» (N.T.Hotamov, 1969), «Ruscha-o‘zbekcha botanika terminlarining qisqacha izohli lug‘ati» (Q.Z.Zokirov, M.N.Nabiyev, O‘.Pratov, H.A.Jamolxonov, 1963), «Ruscha-o‘zbekcha lug‘at» (V.V.Reshetovning umumiy rahbarligida, 1972) kabilar ikki tilli; «Lotincha-o‘zbekcha-ruscha normal anatomiya lug‘ati» (A.A.Asqarov, H.Z.Zohidov, 1964). «Botanikadan ruscha-o‘zbekcha ensikopedik lug‘at»ga (Q.Z.Zokirov, H.A.Jamolxonov) ilova qilingan «Botanik nom va terminlarning o‘zbekcha-ruscha-lotincha so‘zligi» (201 — 254- betlar) hamda «Botanik nom va terminlarning lotincha-ruscha- o‘zbekcha so‘zligi» (255-294- betlar), «Zoologiya ensiklopediyasi»ga (T.Z.Zohidov) ilova qilingan «Sutemizuvchiiaming o‘zbekcha-lotincha- ruscha nomlari» (1960, 210—228-betlar) hamda «Suvda va quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilaming o‘zbekcha-lotincha-ruscha nomlari» (1969, 195-226- betlar) esa ko‘p tilli lug‘atlardir.
Ikki tilli va ko‘p tilli lug‘atlardan asosan tarjimachilikda foydalaniladi. Shu sababli ular tarjima lug‘atlari deb ham yuritiladi.
So‘z yoki atama ma’nolarining yoritilishiga ko‘ra lug‘at turlari So‘z yoki atama ma’nolarining yoritilishiga ko‘ra lug‘atlar izohli va izohsiz turlarga bo‘linadi: so‘z yoki terminlarning imlosini, tushunchalaming ruscha-o‘zbekcha yoki o‘zbekcha-ruscha nomlarini berish bilan cheklangan lug‘atlar izohsiz lug‘atlar deb, shunday so‘z yoki terminlarning ma’nolariga izoh beradigan lug‘atlar izohli lug‘atlar deb ataladi. Chunonchi: «O‘zbek tilining qisqacha imlo lug‘ati» (F.Kamolov va Z.M a’rufov tahriri ostida, 1962), «O‘zbek tilining chappa lug‘ati» (R.Qo‘ng‘irov, A.Tixonov, 1968) kabilar izohsiz lug‘atlar, «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» (Azim Hojiyev, 1974), «O‘zbekcha-ruscha lug‘at» (Bosh muharrir — prof.A.K.Borovkov, 1959), «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», ikki tomli (1981) kabilar izohli lug‘atlardir.