Lug`at turlari va ularning xususiyatlari Reja



Yüklə 31,07 Kb.
səhifə5/5
tarix22.06.2023
ölçüsü31,07 Kb.
#128366
1   2   3   4   5
Lug`at turlari va ularning xususiyatlari Reja

Tarjima lug‘ati lug‘at turlari ichida eng uzoq tarixga egadir. Bunday lug‘atlarning taraqqiyoti boshqa turdagi lug‘atlar yaratilishiga asos bo‘lgan2. Tarjima lug‘atlarning taraqqiyoti, faqat boshqa tur lug‘atlar kelib chiqishiga emas, balki mazkur lug‘atga xos bo‘lgan tillarning grammatikasi, leksikasi, fonetikasi kabilarga e’tibor berilishiga ham sabab bo‘lgan.
Tarjima lug‘atlari ikki turga bo‘linadi: 1) ikki tilli, 2) ko‘p tilli.
Ikki tilli lug‘at o‘zbek lug‘atchiligida eng ko‘p tarqalgan lug‘at bo‘lib, u o‘zbek tili bilan arab, fors, rus, nemis, ingliz, fransuz kabi tillarning biridan ikkinchisiga tarjimasi asosida yaratilgan. Ilgari asosan fors tili bilan o‘zbek tili bo‘yicha, XX asrda esa asosan rus tili bilan o‘zbek tili bo‘yicha tarjima lug‘atlar yaratildi. Arab tili bilan o‘zbek tili bo‘yicha tarixda ikkita ikki tilli lug‘at yaratilgan. Nemis, ingliz va fransuz tili bilan o‘zbek tili bo‘yicha lug‘at yaratilishi o‘zbek lug‘atchiligining so‘nggi davrlariga to‘g‘ri keladi.
Tarjima lug‘atlar ikki maqsadni ko‘zda tutadi. Birinchidan, ona tili bo‘lmagan tildagi matnni o‘qib tushunish uchun yordam berish maqsadida bo‘lsa, ikkinchidan, ona tili bo‘lmagan tilda gaplashish uchun yordam berish maqsadida.
So‘zligi ma’lum bir fan va texnika tarmog‘i, ijtimoiy yoki xo‘jalik hayotining biror sohasiga oid so‘z-terminlardan iborat bo‘ladigan terminologik lug‘atlar. Bunday lug‘atlar so‘zlikning berilishi va izohlanishiga ko‘ra ensiklopedik lug‘atlar bilan lingvistik lug‘atlar belgilariga ega bo‘ladi. Ular bir, ikki va undan ortiq tilli, izohsiz (ekvivalent lug‘aviy birliklarni yonma-yon keltirishdan iborat), izohli hamda ensiklopedik xarakterda bo‘lishi mumkin. Terminlar va ularning izohi qadimgi lug‘atlar – “Devonu lug‘otit turk”, “Muqaddimatul adab”da, Muhammad Yoqub Chingiyning “Kelurnoma”, Is’hoqxon Ibratning “Lug‘oti sitta alsina” asarlarida uchrasa-da, ular universal lug‘atlar hisoblanib, maxsus sohani ko‘zlab tuzilmagan. XX asrdagi dastlabki terminologik lug‘at – Nazir To‘raqulovning “Rus-o‘zbek tillarining ijtimoiy-siyosiy atamalari lug‘ati” 1922-yilda nashr etilgan. Shundan keying 95 yil ichida O‘zbekistonda fan va texnikaing deyarli barcha soha v abo‘limlari bo‘yicha 300dan ortiq turli hajm va turli xarakterdagi terminologik lug‘atlar nashr etildiki, ular ma’lum darajada soha terminologiyalarini tartibga solishga xizmat qildi va xizmat qilib kelmoqda.



1 Bu haqda qarang: Madvaliyev A. O‘zbek teminologiyasi va leksikografiyasi masalalari. To‘plam. – Toshkent: ―O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi‖ Davlat ilmiy nashriѐti, 2017. 128-b.



2 O’zbek tili leksikologiyasi. 305-bet.

Yüklə 31,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin