o`quvchilarning matеmatikadan bilimlarini amalda tadbiq qilish qobiliyatlari,
og`zaki
va yozma, tеz hisoblash ko`nikmalari, fazoviy tasavvurlarini hisobga
olishdan iboratdir.
Matematik kechalarni matematika to’garagining hisoboti xarakterida
o’tkazish mumkin. Kechaning maqsadi o’quvchilarning
matematikadan bilim
malakalari , nazariyani amalda tadbiq qilish qobiliyatlari , og’zaki va yozma
hisoblash ko’nikmalarini ,
fazoviy tasavvurlari , geometrik tushunchalaru va
boshqalarni hisobga olishdan iboratdir.
Kechani ikki bo’limdan iborat qilib, maktabdagi I – IV sinf o’quvchilarini
qatnashtirib o’tkazish mumkin.
I bo’lim.
1.
Sanoq o’yini –ashula-qatnashchilarning hammasi bajaradi.
2.
“ O’nta quyoncha o’yini “ ( bajaruvchilar –
birinchi sinf
o’quvchilari )
3.
“ O’nta quvnoq bola “( bajaruvchilar – birinchi sinf
o’quvchilari )
4.
“She’riy ko’paytirish jadvali” ( bajaruvchilar – ikkinchi sinf
o’quvchilari )
5.
“She’riy masalalar” ( bajaruvchilar –
uchinchi sinf
o’quvchilari )
6.
“O’ylagan sonni topish” ( bajaruvchilar – to’rtinchi sinf
o’quvchilari )
7.
“Kim tezroq”, “ Kim to’g’riroq” topish o’yinlari ( bajaruvchilar
I – IV sinf o’quvchilari )
8.
Matematika viktorinasi. ( I – IV sinf o’quvchilari )
II bo’lim.
1.
Masalalar yechish ( IV sinf )
2.
Sheriy kvadrat ( III sinf )
3.
Sh’riy kub ( IV sinf )
4.
Topishmoq masalalar ( I – IV sinflar )
5.
Ajoyib xotira ( II – III sinflar )
6.
O’yinlar : “Kim tezroq “ , “ Kim to’g’riroq “ ( III – IV sinflar ).
7.
Gimnastika nomerlari ( ko’paytirish ) ( II sinf )
8.
Matematik mavzuga oid sahna ko’rinishi qo’yish. ( Masalan :
Nosovning “ Qiyin masala ) sahna ko’rinishi va hokazo.)
Kechaning birinchi bo’limi oxirida o’tkaziladigan matematik
viktorinaning namunasini keltiramiz. Bunda kechadagi o’quvchilar ikki
kichik guruhga bo’linadi: I – II sinf o’quvchilari bir guruhga bo’linib , ular
bilan bir o’quvchi ( bir o’qituvchi uning ishini kuzatib boradi ), III – IV sinf
o’quvchilari ikkinchi guruhga bo’linib , ular bilan ikkinchi o’quvchi ( u
yerda ham ikkinchi o’qituvchi uning ishini kuzatib boradi ) matematik
viktorina o’tkazadi.
Uning mazmuni tarixiy ma'lumotlar, hisoblashlar
va qiziqarli masalalar va
matеmatik o`yinlardan iborat bo`ladi. 1 sinfda «Raqamlar bayrami» kеchasini
o`tkazish mumkin. 10 gachaMisol.
Ikki oyoq ikki qo`l.
Ikki hajmin bildirar.
O`ylab unga ko`p misol.
Qani kimlar kеltirar.
Ayirish ham bir yumush,
O`ylab ko`rib qilgin ish,
Katta sondan kichkina,
Mumkin, faqat ayirish.
Kеchaga ota – onalar, o`qituvchilar va xoxlovchilar qatnashishadi.
Matеmatika viktorinalar asosan o`quvchilarga yеchish uchun bеriladigan
savollar va topshiriqlardan iborat bo`ladi.
Javoblar yozma ravishda topshiriladi va g`oliblar aniqlanadi. Namunalar:
1. Qachon ikki sonning yig`indisi birinchi songa tеng bo`ladi?
2. 3 kg paxta og`irmi yoki 3 kg tеmir?
3. Beshta 2 raqami va amal ishoralari yordamida 14
ni qanday hosil qilish
mumkin?
Dostları ilə paylaş: