O‘quv fanlari bloki
— o‘quv rejalari va fanlar dasturlarining kadrlar
tayyorlash jarayonida aniq maqsad va vazifalarga erishish uchun muayyan bilim
102
sohasi yoki faoliyatning o‘zlashtirilishini ta’minlaydigan o‘quv fanlarini
birlashtiruvchi tarkibiy qismi.
O‘quv rejasi
— oliy ta’limning muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki
magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari va
kurslarining tarkibi, ularni o‘rganishning izchilligi va soatlardagi hajmini
belgilaydigan hujjat.
O
‘z-o‘zini nazorat qilish shakli -
ta’lim jarayonida
ichki aks aloqaning
bo‘lishini ta’minlaydi. Nazoratning bu shakli psixologik mezonlarga asoslanadi.
Uning samaradorligi o‘qituvchining kasbiy mahoratiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘qitish –
qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan pedagog bilan
talabalarning tartiblangan o‘zaro harakati;
O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma
— darslikdagi har bir mavzuni
samarali o‘qitish metodikasi, qo‘shimcha sinov topshiriqlari va o‘qituvchining
darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik ko‘rsatmalar berilgan, har bir
darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish
usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va
boshqalar haqida metodik ko‘rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi o‘quv
nashri.
O‘rganish –
anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar asosida xulq-
atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, oldin egallanganlari
o‘zgaradi;
O‘rgatish –
o‘qitish maqsadini amalga oshirish bo‘yicha pedagogning
tartiblangan faoliyati;
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetentsiyasi
— doimiy ravishda o‘z-o‘zini
jismoniy, ma'naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish,
hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy
tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil
baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda
tutadi.
|